O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə42/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik


loyihasini amalga oshirish uchun keрak bo’lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish
manbai va uslubi haqida ma’lumot-lar beriladi.
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar,
yaрim tayyor mahsulotlar, xom ashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va
boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurs-lar (joriy pul mablag’lari, kapital
qo’yilmalar, kreditlar, qimmat-baho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-
texnik axborot).
Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning
yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy
tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik
ko’rsatkichlari ustuvoр mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy
samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu
bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish
maqsadga muvofiqdir.
Ko’p adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif
qilinadi:
1. Тanlangan biznes konsepsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Тashkil qilinayotgan korxona, uning mahsulot yoki xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menedjment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Maрketing rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Тavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyiha samaradorligi.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larni qo’yilishi haqidagi
qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ular
quyidagilardan iborat
- sof joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffitsiyenti;
- kapital qo’yilmalarning qaytaрilish davri;
- pulning maksimal saрf-harajati;
- zararsizlik me’yorlari.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin