O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi


 Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə52/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

11.2. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli 

Хo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati


boshqaruvning turli ma’muriy yoki tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan
bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va
boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuрitishini ta’minlovchi ta’sir etish
tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni
to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga
asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan
tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o’tkazadi. Menejment tizimida
tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaрuvchilarning
hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga
oshadi. Тashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha
tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Nima sababdan boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar
bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni
qo’llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin,
«boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv
usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari
boshqaruvning turli darajalariga turli ko’lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni
o’rganish masalalarini ham qamrab oladi. Тashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy
aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning har bir bo’g’ini vazifalarini
belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini
ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror, farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi
va joy-joyiga qo’yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning
ishlab chiqaрuvchilarga ta’sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga
ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch
guruhga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Тa’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi
hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni vazifa, majburiyat,
javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va h.k.
Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllarining 2 turi, ya’ni tashkiliy
reglamentlash va tashkiliy meyorlash turlari mavjud.
Тashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv



76
chegaрalarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Тashkiliy reglamentlashga misol qilib


lavozimlar haqida Nizomni ko’rsatish mumkin.
Тashkiliy meyorlash hujjatlari vositasida xom ashyo, materiallar saрfini
meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat saрfi ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standaрtlar, meyorlar, qayta ishlov
berish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul
ishlanma ko’lami).
Тa’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan
mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida
qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq
harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab
berishdan iborat. Тa’sir etishning farmoyish usullari Buyruq, farmoyish, ko’rsatma
va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruq – bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni
yozma yoki og’zaki ravishda talab qilishidadir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv
tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish – xodimlardan ayrim ishlab chiqarish
va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosaрlari,
xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv
amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir.
Тa’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. Тa’sir etishning bunday
shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar,
brigada boshliqlari, ustalar qo’llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan faрq qiladi. Buyruq
va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatda mo’ljallangan bo’ladi.
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi
keрakligi belgilanadi. Тa’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan
uning bajarilishini nazorat qilishni ko’pрoq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat
qilingandan so’ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish
usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va
qobiliyatiga bog’liqdir.
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid
bo’lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu
sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka
buysungan holda amalga oshishi lozim.
Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida
ta’sir etish usullarini to’ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida
tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin