Corbicula cor, C.purpurea va C.fluminalislar tarqalganligi aniqlandi. [155; B.44-45.]. Ushbu turlarning zichligi sun’iy suv tiplarida kichik bo‘lib stenobiontlardir. Tadqiqot jarayonida Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan, “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalar populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri ham tahlil qilindi. Chimqo’rg’on suv omborida suv harorati 14-22 0S, tiniqligi 0,46-0,56 m., xlorid (Cl) 262±23 mg/l, suvning minerallashuvi 870±68 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,2±1,2 bo‘lib,
5.1.3-jadval
“Qizil kitob” ga kiritilgan Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalar populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri (n=10)
№
|
Suv omborlar
|
Suvning tarkibi
|
Mollyuskalar turlari
|
Yoshi va zichligi m2
|
Suv harorati (0S)
|
Tiniqligi (m)
|
Xlorid (Cl)
|
Suvning minerallashuvi
|
O2
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Chimqo’rg’on suv ombori
|
14-22
|
0,46-0,56
|
262±23
|
870±68
|
5,2±1,2
|
Corbicula cor
|
1,6±0,6
|
1,4±0,4
|
1,2±0,2
|
1,1±0,1
|
Corbicula purpurea
|
1,8±0,7
|
1,6±0,4
|
1,3±0,2
|
0,9±0,2
|
2
|
Pachkamar suv ombori
|
12-20
|
0,48-0,58
|
224±12
|
881±69
|
5,1±1,0
|
Corbicula cor
|
2,1±0,8
|
1,7±0,6
|
1,3±0,3
|
1,1±0,2
|
Corbicula purpurea
|
2,4±0,8
|
1,8±0,7
|
1,5±0,3
|
1,2±0,2
|
3
|
Qamashi suv ombori
|
15-24
|
0,45-0,54
|
298±21
|
976±62
|
4,9±0,8
|
Corbicula cor
|
1,1±0,3
|
1,6±0,2
|
1,8±0,1
|
1,7±0,1
|
Corbicula purpurea
|
1,4±0,5
|
1,7±0,4
|
1,9±0,3
|
1,8±0,2
|
|
REM
|
|
|
300
|
1000
|
Q-4
Yo-6
|
|
|
|
|
|
ushbu suv omborida Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 1,6±0,6, 2 yoshdagilari 1,4±0,4, 3 yoshdagilari 1,2±0,2 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,1, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 1,8±0,7, 2 yoshdagilari 1,6±0,4, 3 yoshdagilari 1,3±0,2 va 4 yoshda 0,9±0,2 tashkil etishi o‘rganildi (5.1.3- jadval, 5.1.2-rasm, 5.1.4-rasm).
5.1.4-rasm. Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbiculidae oilasi Corbicula purpurea ning populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri
Pachkamar suv omborida suv harorati 12-20 0S, tiniqligi 0,48-0,58 m., xlorid (Cl) 224±12 mg/l, suvning minerallashuvi 881±69 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,1±1,0 bo‘lib Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 2,1±0,8, 2 yoshdagilari 1,7±0,6, 3 yoshdagilari 1,3±0,3 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,2, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 2,4±0,8, 2 yoshdagilari 1,8±0,7, 3 yoshdagilari 1,5±0,3 va 4 yoshda 1,2±0,2 bo‘lishi aniqlandi.
Qamashi suv omborida o‘rtacha suv harorati 15-24 0S, tiniqligi 0,45-0,54 m., xlorid (Cl) 298±21 mg/l, suvning minerallashuvi 976±62 mg/l, O2 kislorod miqdori 4,9±0,84 bo‘lib Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,3, 2 yoshdagilari 1,6±0,2, 3 yoshdagilari 1,8±0,1 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,7±0,1, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 1,4±0,5, 2 yoshdagilari 1,7±0,4, 3 yoshdagilari 1,9±0,3 va 4 yoshda 1,8±0,2 bo‘lishi tahlil qilindi. O‘rganishlarimiz natijasida Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborlarida suv muhiti omillarining ta’siri optimal darajada bo‘lganligi, Corbicula cor va Corbicula purpurea larning yoshi va zichligiga ta’sir ko‘rsatib populyatsiyalari o‘suvchi populyatsiyalar ekanligi aniqlandi. Sababi yosh mollyuskalar tez ko‘payadi va populyatsiyada o‘zini tiklaydi. Qamashi suv ombori hududida suv muhiti omillarining Corbicula cor va Corbicula purpurea larga ta’siri maksimal darajada bo‘lishi bu yerda populyatsiyalarning kamayuvchi populyatsiyalar ekanligini ko‘rsatdi.
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida mollyuskalarni muhofaza qilish, tabiatdagi bioxilma-xilligini saqlab qolish, turlari va populyatsiyalari kamayib ketayotganlarini qayta tiklash uchun muhofaza qilish chora-tadbirlarini joriy qilishda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Qashqadaryo sun’iy suv ekotizimlarida baliq tutish qoidalariga e’tibor qaratish, ularning ko‘payish vaqtida (Qashqadaryo daryosi havzasida 1 apreldan 31 maygacha) ov qilishni to‘xtatish, ushbu vaqt ikki pallali mollyuskalarning ham urchish vaqtiga mos keladi. Ikki pallali mollyuskalar tarqalishida baliqlarning ahamiyati katta ekanligi inobatga olish;
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida baliqchilik xo‘jaliklari, suv omborlar va kanallarda ikki pallali mollyuskalar tarqalgan joylarni muhofaza qilish, daryolar, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, suvlarni ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida uchraydigan “Qizil kitob”ga kiritilgan Unionidae va Corbiculidae oilalariga mansub Colletopterium boctrianum, C.cyreum sogdianum, Corbicula cor, C.purpurea va C.fluminalislarni populyasiyalarini muhofaza qilishdan iborat.
Sun’iy suv havzalari bo‘lib hisoblangan Chimqo’rg’on, Pachkamar va Qamashi suv omborlarining barpo etilishi turlarning keng hududlarga tarqalishiga va areallarining kengayishiga olib kelgan. Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborida ikki pallali mollyuskalar tarqalishi, oziqlanishi, ko‘payishi, ekologik guruhlarining hosil bo‘lishi uchun qulay bo‘lgan suv havzasi bo‘lib, ularda turlar soni va zichligi katta. Qamashi suv ombori suv muhiti omillarining mollyuskalar tarqalishiga cheklovchi omil sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi sababli turlar soni nisbatan kam uchraydi.
Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborlarida Corbicula cor va Corbicula purpurea turlari populyatsiyalari o‘suvchi populyatsiyalar ekanligi aniqlandi. Sababi yosh mollyuskalar tez ko‘payadi va populyatsiyada o‘zini tiklaydi. Qamashi suv omborida Corbicula cor va Corbicula purpurea lar populyatsiyalari kamayuvchi populyatsiyalar ekanligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |