O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


XULOSALAR......................................................................................................115



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə2/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

XULOSALAR......................................................................................................115
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.......................................117
ILOVALAR..........................................................................................................136
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda qurg‘oqchil mintaqalardagi daryolarning gidrologik rejimi va yillik va mavsumiy xarakterining doimiy o‘zgarib borayotganligi suv havzalaridagi gidrobiontlarning biologik xilma-xilligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik, suv omborlari va baliqchilik xo‘jaliklarining ko‘plab tashkil etilishi natijasida gidrobiontlar faunasining transformatsiyalashuviga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘rinda, arid hududlari suv havzalari uchun xos bo‘lgan gidrobiontlarning zamonaviy holatini o‘rganish va kamyob turlarini muhofazalash choralarini ishlab chiqish muhim va ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Jahonda tabiiy ekotizimlar xavf ostida bo‘lgan va iqlim o‘zgarishiga moyil hududlardagi malakofauna vakillarini inventarizatsiyalash, zamonaviy usullar asosida endem, kamyob turlar populyatsiyalarini baholash, muhofazaga muxtoj turlarni saqlab qolish yuzasidan ko’plab tadqiqotlarni amalga oshirish va ularga katta e’tibor qaratish zarurati mavjud. Qolaversa, ushbu tadqiqotlar, Markaziy Osiyoda, tabiiy landshafti qisqarib borayotgan geografik hududlardagi malakofauna tarkibini aniqlash, antropogen omillar ta’sirini monitoring qilish, tahdid ostida bo‘lgan kamyob turlarning ekologiyasi va muhofazasi yuzasidan amalga oshirilayotgan izlanishlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Ta’kidlash lozimki, bir tomondan, Qashqadaryo havzasi Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil mintaqalaridagi biologik xilma-xilligi eng yuqori bo‘lgan, ikkinchi tomondan, suv ekotizimlari qisqarib borayotgan hududlardan biridir.
Mazkur holat chuchuk suv ekotizimlari bioxilma-xilligining muhim indikatori bo‘lgan mollyuskalar, jumladan, ikki pallali mollyuskalar turlar xilma-xilligini, bundan tashqari, tabiiy suv landshaftlarini saqlash masalasining dolzarbligini belgilaydi. Ayni paytda, aholi punktlari va sug‘oriladigan yerlarning kengayishi, sanoat zonalarining ko‘payishi, baliqchilik xo‘jaliklarining tashkil etilishi Qashqadaryo havzasidagi ikki pallali mollyuska turlari populyatsiyasini zaiflashishi, turli suv tiplaridagi faunasining transformatsiyasiga olib keldi. Shu nuqtai nazardan, Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari zamonaviy tur tarkibini aniqlash va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarblik kasb etali.
Hozirgi kunda respublikamizda tabiiy suv ekotizimlari barqarorligini ta’minlash, gidrobiontlari tarkibini aniqlash, bioresurslaridan foydalanish, zaif va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlariga antropogen omillarning ta’sirlarini baholashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, jumladan, alohida ahamiyatga ega suv ekotizimlarini muhofazalash, bioresurslarini monitoring qilish, kamyob va endem turlari populyatsiyalari holatini baholash bo‘yicha muayyan natijalarga erishildi. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida1 “Markaziy Osiyoda ekologiya, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va tabiatni muhofaza qilish borasida hamkorlikni yangi bosqichiga olib chiqish” bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, Qashqadaryo havzasi ikki pallali mollyuskalarining zamonaviy tarkibini aniqlash, turlarning turli suv havzalaridagi holatiga abiotik, biotik va antropogen omillar ta’sirini baholash, suvlarning sanitariya holatini saprob-indikator turlar yordamida o‘rganish muhim. ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” va 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-sonli “2019–2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin