O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə6/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur dissertatsiya tadqiqotlari natijalari 5 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Ish mavzusi bo‘yicha jami 13 ta ilmiy ish nashr qilingan, ulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini nashr etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 2 ta respublika va 4 ta xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, besh bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 114 betni tashkil etadi.
I BOB. QASHQADARYO HAVZASINING SUV TIPLARI IKKI PALLALI MOLLYUSKALARI FAUNASINING O‘RGANILISHI
1.2-§. Ikki pallali mollyuskalarning o‘rganilish tarixi
Jahonda ikki pallali mollyuskalar biologiyasi, morfologiyasi, zoogeografiyasi va tarqalishi bo‘yicha tadqiqotlarni xorijlik olimlar B.K.Harvey (1989), I.Anderson (1991), P.Bouchet (2007) tomonidan tahlil qilingan. Mollyuskalarning zichligi va tarqalish qonuniyatlarini G.P.Alyokhina, I.A.Misetov, M.V.Puzakova (2007), H.Markus (2010), A.E.Bogan (2010), Annabelle Cuttelod (2011) lar o’rganishgan [117;P.181-185; 118;P.35-43; 119;P.59-97; 120; P.154-215; 122;P.138-149; 136;P.1931; 137;P.12-23.].
Ikki pallali mollyuskalarning sun’iy suv havzalarida tarqalishi ulardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar K.Nagel, G.Badinolar tomonidan Yevropa chuchuk suvlarida Unionidae va Margaritiferidae oilasi turlarining tarqalishi, taksonomiyasi va sistematikasi ularning chig‘anoqlari morfologiyasiga ekologik omillar ta’siri o‘rganilgan [150; P.51-79.]. A.V.Korniyushin Shimoliy Amerikadagi Unionid, Sphriidae, Corbiculidae, Dreissenidae oilasi ikki pallali mollyuskalari faunasi, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi Bivalvia sinfining Corbiculidae oilasi chuchuk suv mollyuskalarining tarqalishi bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Bivalvia sinfi oilalarining morfologik belgilari, guruhlararo filogenetik munosabatlari va mumkin bo'lgan tashqi guruhlari tahlili ko’rib chiqilgan [138;P.13-22;140;P.3-22.]. E.A.Moorkens, M.J.Costellolar tomonidan daryolar va ular irmoqlaridagi chuchuk suvli marvarid midiyasi Margaritifera margaritiferaning tarqalishi holati tahlil qilingan [149; P.127-131.]. P.Momir, C.Bela, S.Vladica o’z ishlarida Anodonta (Sinanodonta) woodianani Serbiyaning ichki suvlarida tarqalishi, zichligi, ularga suv muhitining ta’siri, o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini yoritgan [148; P.154-160.].
R.N.Mamangkey, H.A.Salmon, P.C.Southgate, V.E.Panov, B.Aleksandrov ishlarida Yevropaning ichki suv tiplarida gidrobiontlarning tarqalishi, turlarning ichki suv yo‘llari orqali kirib kelishi va atrof-muhit ko‘rsatkichlari baholangan [146; P.288-289; 151; P.110-126.]. H.Dan, Gu Ruobo tadqiqotlarida Xitoyning deyarli barcha chuchuk suvli hududlarida marvarid ishlab chiqarish madaniyati va Hyriopsis cumingii chig'anoqlaridan (midiya) marvarid ishlab chiqarilish xususiyatlarini yoritgan. S.Yoshida S.Rahayu et al., Y.Sata tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Anodonta woodiana (Unionidae) chuchuk suv midiyasi yadrosini marvarid bilan qoplash jarayoni haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil qilingan [152; P.208-209.]. G.P.Alyoxina, I.A.Misetov, M.V.Puzakovalar tomonidan olib borilgan ishlarida Uralning o'rtacha suv oqimida mollyuskalar populyatsiyasining o'lchov va yosh tarkibi haqidagi ma’lumotlar o‘rganilgan [117; P.181-185.]. V.E.Panov va boshqalar tomonidan Yevropaning ichki suv yo'llari orqali turlarning tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan [151; P.110-126.]. Ikki pallali mollyuskalarning indikatorlik ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlarni A.L.Rijinashvili (2008,2009), A.B.Sintyurina, A.B.Bigaliyev (2009) tomonidan olib borilgan [81; S.45-52; 82; S.138-141; 88; S.246-250.].
MDH mamlakatlarida ikki pallali mollyuskalarning daryolarda tarqalishi, zichligi, morfologiyasini o‘rganish bo‘yicha S.I.Andreeva, M.V.Vinarskiy, A.V.Karimov, A.N.Krasnogorova, E.A.Lazutkina (2006), N.I.Andreev, S.I.Andreeva, A.N.Krasnogorova (2008, 2009) tadqiqotlar olib borgan [11; S.67-69; 12;S.35-36; 14; S.44-48.].
A.F.Alimovning “Chuchuk suv ikki pallali mollyuskalarining funksional ekologiyasi” monografiyasida mollyuskalarning ayrim turlarining o’sishi, metobolizm tezligi, oziqlanishi, ko’payishi, populyatsiya dinamikasi, yosh tarkibi, ularning o’sish jarayonida individlarning energiya balanslari bo’yicha miqdoriy dala va eksperimental tadqiqotlar materiallari taqdim etilgan va tahlil qilingan. Metabolizm va fil’tratsiya tezligining chuchuk suv va dengiz mollyuskalariga xos bo’lgan hayvonlarning vazniga bog’liqligi, shuningdek atrof-muhit omillarining mollyuskalarning o’sish, metabolism va fil’tratsiya jarayonlariga ta’siri aniqlangan [9; S.145-218.]. A.Yu.Varigin o’z ishlarida ikki pallali mollyuska Abra ovata qobig'idagi yosh elementlarini o’rgangan. Turli darajadagi antropogen bosimga duchor bo'lgan quruq estuarining ikkita hududida yashovchi ikki pallali mollyuska Abra ovata (Filippi, 1836) ning chiziqli va vaznli o'sishi uchun tenglamalarni keltirgan. Mollyuskalarning massa ko'rsatkichlarida yoshga bog'liq o'zgaruvchanlikning xususiyatlarini (umumiy umr, qobiq, nam va quruq yumshoq to'qimalar) aniqlagan. Bunday sharoitlarda A. ovata maksimal umr ko'rish muddati uch yil ekanligini ta’kidlagan [39; S.44-46; 40; S.78-81].
Mollyuskalar chig‘anoqlari o‘lchamlari, tarqalishi, ularning xo‘jalikdagi ahamiyati bo’yicha tadqiqotlar Ya.I.Starobogatov, V.V.Pirogov (1971), Y.Popov (2009) lar tomonidan o‘tkazilgan [78; S.596-604; 91; S.226-248].
R.A. Mixaylov O'rta va quyi Volga mintaqasidagi suv havzalarida chuchuk suv mollyuskalarining turlar tarkibini o’rgangan. M.O.Son 2009 yil o’z tadqiqotlarida Ukraina hududida tarqalgan invazion ikki pallali mollyuska turlari va ularning tarqalish manbalari haqida fikr yuritgan. Ya.I. Starobogatov, V.V. Pirogov Volga deltasining Unionidae oilasiga mansub mollyuskalari ustida tadqiqotlar olib borgan. 2004 yilda R.K.Melnichenko, L.N.Yanovich, A.V.Kornyushinlar ikki pallali mollyuska chig'anoqlarini morfometrik xususiyatlarining o'zgaruvchanligi, Ukraina faunasining Unio crassus (Bivalvia, Unionidae) turdagi mollyuskalarining ko'payishi, ekologiyasi va biologiyasining xususiyatlari haqida ma’lumotlar bergan [73; S.11-19; 76; S.176-177; 89; S. 37-48; 91; S.226-248. 172; B.21-32; 174; B.32-41. 173; B.29-35.].
N.V.Maksimovich, A.V.Gerasimova Chupa ko'rfazidagi (Kandalaksha ko'rfazi, Oq dengiz) ikki pallali mollyuskalarning (Mollusca, Bivalvia) qirg'oq bo'yidagi turar-joylarining uzoq muddatli monitoringini hamda tarqalish manbalari to’g’risida tadqiqotlar olib borgan. G.Roman Yuqori Dnestr havzasi gidrobiontlaridan chuchuk suv ikki pallali mollyuska unio pictorum (linnaeus,1758) (bivalvia: unionidae) populyatsiyalarining yosh tarkibini o’rgangan [69; S.95-120; 70; S.570-579; 83; S.107-109.171; B.29-32; 175; B.39-41.].
D.D.Danilinning “Kamchatkaning janubi-g'arbiy qismida ikki pallali mollyuskalarning (Bivalvia) tarqalishi to'g'risida” gi ilmiy ishida turlar tarqalishi, zichligi haqida ma’lumotlar keltirilgan [41; S.35-37.]. Ya.I.Starobogatov, Z.I.Izzatullayev “O‘rta Osiyoning Unionidae oilasi ikki pallali mollyuskalari” maqolasida Unionidae oilasi turlarining O‘rta Osiyo suv tiplarida tarqalishi haqidagi ma’lumotlar berilgan [90; S.74-81.]. L.N.Yanovich, M.M.Pampura “Ukrainaning Dunay havzasida Sinanodonta woodiana (Bivalvia, Unionidae) ning yangi topilmasi” ishida Sinanodonta woodiana tarqalishi haqida ma’lumotlar berilgan [113; S.145-149.]. A.L.Rijinashvili Rossiyaning yevropa qismida Bivalvia, Unionidae oilasi turlarini o‘rganish bo‘yicha tahlillar o‘tkazgan.
O‘zbekiston hududida Rossiyalik olimlardan P.P. Semyonov - Tyanshanskiy (1856 - 1872), N.A.Seversov (1864 - 1878), A.P.Fedchenko (1868 - 1878), L.S.Berg (1940 - 1949) va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilib, respublika faunasi va florasi o‘rganilgan. Ushbu olimlar quruqlik va suv tiplaridan materiallar yig‘ishgan [9; B.125-2108; 18; B.129-154; 31; B.38-41; 35; B.219-221.].
O‘zbekistonning janubiy qismi hisoblangan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mollyuskalari faunasini o‘rganishda 1868-1871 yillarda A.P.Fedchenkoning ushbu hududdan yig‘ilgan materiallari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi [59; B.21-39.]. Olimlar tomonidan yig‘ilgan materiallar Germaniyalik mutaxassislarga o‘rganish uchun yuborilgan va mollyuskalarni E.Martens (Martens, 1873, 1884) va Z.Klessin (Clessin, 1886,1887) lar tahlil qilib ikki pallali mollyuskalarni aniqlashgan. E.Martensning (1873, 1884) Markaziy Osiyo suv ekotizimlarida uchraydigan mollyuskalar bo‘yicha tadqiqot ishlari muhim bo‘lib 4 tur haqida ma’lumotlar bergan. Mollyuskalar sistematik tarkibi, chig‘anoq o‘lchamlari va tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1886, 1889 yilgi Z.Klessinning ishlarida ham o‘z aksini topgan [71; S.50-66. 170; B.29-32; 176; B.39-41.].
O‘rta Osiyo suv havzalarida tarqalgan Anadonta avlodiga kiruvchi: A.sogdiana, A.samarkandensis, A.retteri, A.bactriana turlarini malakologlar V.Kobelt, N.Rolle, N.Dryue tadqiq qilishgan. Keyingi tadqiqotlarda Ya.I.Starobogatov va Z.I.Izzatullayevlar ushbu avlodga mansub O‘rta Osiyo va qisman Yevropa vakillari chig‘anoqlarining morfologiyasini o‘rganib, ularni avlodning tipik vakillari chig‘anoqlaridan farq qilishini aniqladilar. V.I.Jadinning “Семейство Unionidae фауны СССР” (1938) monografiyasi O‘rta Osiyo ikki pallali mollyuskalarini o‘rganishda katta o‘rin tutadi. Monografiyada O‘rta Osiyo va O‘zbekiston suv havzalari gidrobiontlari yoritilgan [44; S.56-78; 45; S.147-268; 90; S.74-81; 144; P.11-62; 156; S.16-45.].
Z.I.Izzatullayev (1987) O‘rta Osiyo suv ekotizimlarida mollyuskalarning uchrashini o‘rganishda Rossiya FA Zoologiya institutidagi kolleksiyalardan ham foydalangan. Zarafshon havzasidan mollyuskalarni 14 turi o‘rganilgan [58; B.63-66; 59; B.14-65; 60; B.86-87; 63; B.21-23.].
O‘zbekiston suv ekotizimlarida keyingi yillarda Z.I.Izzatullayev (2015, 2016, 2019, 2020, 2021), Z.I.Izzatullayev, X.T.Boymurodov (2010, 2014, 2016, 2017, 2019, 2021), B.N.Otaqulov (2021) lar ikki pallali mollyuskalarni o‘rganishgan [32; B.65-67; 34; B.43-45; 36; B.39-41; 156; B.22-42; 160; B.26-40].
Z.Izzatullayevning “O‘rta Osiyo va unga yondosh hududlar suv mollyuskalari” nomli ishida O‘rta Osiyoning suv mollyuskalari tur tarkibi va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati o‘rganilgan [54; B.133-137. 167; B.1118; 169; B.44-45.].
Z.Izzatullayevning 2001-2002 yillardagi ishlarida O‘zbekiston mollyuskalarida marvarid o‘stirish, O‘zbekistonning kam tarqalgan endemik umurtqasiz hayvonlari faunasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan [49; B. 164-165.; 50; B. 93-95.].
Z.Izzatullayevning ishlarida G‘arbiy Tyan-Shan mollyuskalari bioxilma-xilligi, O‘rta Osiyoning suv mollyuskalari faunasini o‘rganilishi holati, qo‘riqxonalar hududlarida tarqalgan mollyuskalar va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan [51; B. 98-101; 52; B. 35-38; 53; B.45-48; 54; B. 133-137; 55; B.130-131; 56; B. 105-110.].
2009 yilda nashr qilingan Z.I.Izzatullayev, X.T.Boymurodovlarning “Zarafshon daryosi havzasi ikki pallali mollyuskalari” monografiyasida Zarafshon daryosi baliqchilik xo‘jaliklari malakofaunasi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Ishda Chelak baliqchilik xo‘jaligida 10 tur, Darg‘om baliqchilik xo‘jaligida 6 tur ikki pallali mollyuskalar tarqalganligi tahlil qilingan. Baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarni iqlimlashtirish ikki pallali mollyuskalarni tarqalishiga olib kelganligi, xitoy kompleks baliqlari bilan Sinanodonta avlodining turlari tarqalganligi o‘rganilgan. Zarafshon daryosi o‘rta oqimi baliqchilik xo‘jaliklaridan Sinanodonta gibba, S.orbicularis va S.puerorum turlari birinchi bor ko‘rsatilgan. Qoratepa va Tusinsoy suv omborlari tog‘oldi suv soylari oldini to‘sishdan hosil bo‘lganligi, Zarafshon va uning boshqa suv tiplaridan ajralib turganligi sababli ikki pallali mollyuskalarining turlar soni nisbatan kam bo‘lishi tahlil qilingan [59; B.43-78. 165; B.16-19; 166; B.15-19.].
Z.Izzatullayev, X.Boymurodov 2010 yilgi “Orololdi suv tiplari mollyuskalarining biologik xilma-xilligi, ekologik xususiyatlari va tarqalishi” ishida Orol hududida mollyuskalarning biologik xilma-xilligi, zichligi, tarqalishi tahlil qilingan [60; B.86-87. 163; B.12-20; 164; B.29-31.].
2000-2010 yillardagi Z.I.Izzatullayev, X.T.Boymurodov tadqiqotlari asosida Zarafshon daryosi irmoqlaridan hosil bo‘lgan Bulung‘ur, Eski Anhor, Tuyatortar, Narpay, Shohrud irrigatsiya sistemasi, Darg‘om kanallari malakofaunasi o‘rganilgan [59; B.33-52. 161; B.29-32; 162; P.39-41.].
Monografiyada gidrobiontlardan foydalanish, turlar xilma-xilligini saqlab qolish chora-tadbirlar haqida ham ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Daryolar, suv omborlari suvlarining ifloslanish darajasi bo‘yicha suv ekotizimlarida mollyuskalarning tarqalishi o‘rganilgan. Buloqlarda katarobli turlar: Euglesa hissariica, E.turkestanica, Odhneripiisidium polytimeticium, O.teriekense, O.sogdianum, O.issykkuliense, O.behningi uchrashi va suvlar eng toza suvlar ekanligi ko‘rsatilgan. Buloqlar ariqlarida katarobli va oligosaprobli Euglesa hiissarica, E.turkestanica, E.helidireichi, Odihneripisidium polytimeticum, O.terekense, O.issykkulense va -mezosaprobli Euglesa obliquata turlar qayd qilingan [59; B.44-62. 157; B.3-24; 158; B.15-19.].
Z.Izzatullayev Markaziy Osiyoda suv mollyuskalari xususida olib borgan ko‘p yillik (1967-2016) izlanishlari natijasida “O‘rta Osiyo suv ekosistemalari mollyuskalari” (2018) va “O‘rta Osiyo va uning yondosh hududlari suv ekosistemalari mollyuskalar faunasi” (2019) kabi fundamental monografiyalarni chop etgan. Uning ilmiy ishlari natijalari mollyuskalar bo‘yicha fundamental kitoblarga: Sobiq Ittifoq faunalari (1978,1980,1984), Rossiya va uning yondosh hududlari (2004), O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari “Qizil kitoblari” (1988, 1997, 2003, 2006, 2009, 2017, 2019), o‘quv qo‘llanmalari (1981-1990) kiritilgan [59; B.23-72. 147; P.29-32; 155; B.19-21.].
2018 yilgi X.Boymurodov, A.Egamqulov “Surxondaryo suv ekotizimlarida ikki pallali mollyuskalar bioxilma-xilligi va ekologik guruhlari” ishida Surxondaryo sohili daryolarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirib o‘tilgan. Surxondaryoda gidrobiontlarning 10 turi, Sherobod va Xo‘jaipokda 7 turi, Sangardakda 6 ta turi va Tupolang daryosida 4 tur va bir kenja turining tarqalganligi ishda bayon etilgan. Surxondaryoning turli qismlarida, Tupolangdaryo, Sangardak va Xo‘jaipok daryolarining o‘rta oqimida mollyuskalarning peloreofil, reofil va pelolimnofil guruhlar tarqalganligi tahlil qilingan. Surxondaryoda Sinanodonta gibba, S.orbicularis turlarining kam tarqalganligi aniqlangan va bunga sabab qilib daryo suvining tez oqishi va o‘zgarib turishi o‘z ta’sirini ko‘rsatishi keltirilgan [20; B.73-74; 159; B.26-41.].
Ishda daryoning yuqori qismida soylar suvlari qo‘shilgan hududlarida Pisididae oilasi Odhneripisidium avlodidan Odhneripisidium terekense, O. issykkulense, O.sogdianum, O. polutimeticum, O. Behningi va Corbiculidae oilasi Corbicula avlodidan Coribicula cor, C.fluminalis, C.puirpurea, Corbiculina avlodidan Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlari tarqalganligi aniqlangan. Ushbu turlar daryoning yuqori qismidagi buloq va chashmalarda tarqalgan bo‘lib, ularning suvlari bilan daryoga tushganligi aniqlangan. Corbicula cor, C.fluminalis, C.purpurea turlari esa, daryoning o‘zida qumoq, loy bosgan biotoplarda tarqalganligi, daryo atrofidagi hovuz va suv omborida nisbatan ko‘p uchrashi 1m2 joyda o‘rtacha 2,1-2,4, suv omborining qirg‘oqlarida va hovuzlarda ko‘p tarqalgan [20; B.73-74. 92; B.154-158; 93; S.39-41.].
Daryo suvining sekin oqar o‘rta qismida Corbiculina tibetensis va C.ferghanensis 0,5-1 m chuqurliklarda tarqalganligi tahlil qilingan. Surxondaryoda suv osti biotoplarida – peloreofil guruhning 8 turi – (Sinanodanta orbicularis, S.gibba, Euglesa heldreiichi, Corbicula fluminalis, C.cor, C.purpuriea, Corbiculina tibetensis, C. ferghonensis) mavjud turlarning 80%, oqar suvlarida reofil guruhning 1 turi (C.cyreum sogdionum) 10 % va oqmas suvlarning loylarida pelolemnofil 1 turi (Euglesa hissarica) 10 % tashkil etishi aniqlangan. Sherobod daryosida suv osti biotoplarida peloreofillarning 6 turi (Sinanodonta gibba, S.orbiculoris, Corbicula fluminalis,C.cor, C.purpurea, Corbiculino ferghaninsis), oqar suvlarda reofil 1 kenja tur (Colletopterum cyreum sogdianum) yashaydi. Peloreofil guruhga mansub turlar 86 %, reofil turlar esa 14 % i ni tashkil etishi tahlil qilingan [20; B.73-74.].
2013 yilgi X.Boymurodovning “Suv omborlar suvlarida ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi va biologik xilma-xilligi” ishida suv omborlarida Unionidae va Corbiculidae oilasi turlarining tarqalishi, zichligi va ekologiyasi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Qorovultepa suv ombori biotoplarida 19 turi va 2 kenja tur gidrobiontlarning tarqalganligi aniqlangan [36; B.39-41; 37; B.40-42.].
Suv ombori gidrobiontlarining biologik xilma-xilligiga Zarafshon daryosi suvining quyilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Sun’iy suv havzalarida gidrobiontlar faunasining shakllanishida kanallar muhim rol o‘ynaydi. Suv omborida tarqalgan 5 tur Corbicula cor, C.fliminalis, C.purpurea, Corbiculina tibetensis va C.ferghanensis lar tarqalish zichligi katta keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi va qolgan 16 ta turlar tarqalishi kam bo‘lgan stenobiont turlar ekanligi aniqlangan[36; B.39-41; 37; B.40-42.].
Z.Bobomurodov (2022) Sangzor daryosi gidrobiontlari populyasiyalari haqida tadqiqotlar olib borgan. B.Otaqulov (2021) Qashqadaryo sohili suv tiplarida (Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbiculidae) ikki pallali mollyuskalar tarqalishiga abiotik omillar ta’sirini o‘rgangan [160; B.39-41.].

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin