O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə5/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
saproblik indekslari asosida ikki pallali mollyuskalardan suvning organik ifloslanishini baholashda foydalanishi ochib berilgan;
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv ekotizimlarida tarqalgan “Qizil kitob”ga kiritilgan Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurea, Colletopterium bactrianum, Colletopterium cyreum sogdianum turlarining populyasiyalari aniqlangan va ularni muhofaza qilish choralari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Ishda zamonaviy tadqiqot usullaridan faydalanilganligi hamda ilmiy yondashuvlar, tahlillar natijasida olingan ma’lumotlarni nazariy ma’lumotlarga mos kelishi, natijalarning yetakchi ilmiy nashrlarda chop etilganligi, davlat amaliy loyihalarini bajarish davrida tan olinganligi, morfometrik ma’lumotlar Biostat dasturida statistik tahlil qilinganligi va amaliy natijalar tasdiqlanganligi shu bilan birga amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati suv ekotizimlarida tarqalgan Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae ikki pallali mollyuskalarining tur tarkibini aniqlanganligi; ikki pallali mollyuskalarning sun’iy suv tiplarida tarqalishi, zichligi va bioekologik xususiyatlari ochib berilganligi bilan izohlanadi.
Izlanishlar natijalarining amaliy ahamiyati ikki pallali mollyuskalarning indikator turlaridan suv sifatini baholashda foydalanish, endemik va noyob turlar xilma-xilligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari faunasi va ekologik guruhlari” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qashqadaryo havzasi suv tiplarida tarqalgan endem va noyob tur sifatida “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbicula cor, Corbicula fluminalis, Corbicula purpurea, Colletopterium bactrianum, Colletopterium cyreum sogdianum lar populyasiyalarda tarqalishi va ularni muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududi Yakkabog‘ va Qamashi tumanlar bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 fevraldagi 03-02/8-317-son ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy suv havzalaridagi suv rejimlarini mavsumiy o‘zgarishlari orqali noyob turlar tarqalgan biotoplarni muhofaza qilish va populyasiyalarda turlarni saqlab qolish imkonini bergan;
Ikki pallali mollyuskalarning saproblik xususiyati asosida chuchuk suv havzalarining tozalik darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar I-OT-2019-21-raqamli "Tovar baliq chavaklarini yetishtirishda tabiiy ozuqa bazasi- plankton organizmlarni yetishtirish usullari va amaliy ahamiyati" mavzusidagi loyihada baliq yetishtiriluvchi havzalarning organik ifloslanish darajasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 24 noyabr 704-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlar intensiv ko‘paytiriluvchi havzalarning saproblik darajasini tezkor aniqlash va suv sifatini baholash imkonini bergan;
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida tarqalgan Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini rDNK ning ITS-2 sohasi 5.8S. uchastkasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NSBI) bazasiga (https://www.ncbi.nlm.nih.gov) joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining (NCBI) 2023 yil 30 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Euglesa turkistanica (OR616539) turining identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ikki pallali mollyuskalarni aniqlash hamda filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin