O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-§. Tadqiqot materiallari va metodlari



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə8/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

2.2-§. Tadqiqot materiallari va metodlari
Tadqiqot ishlari 2014-2023 yillar davomida olib borildi va Qashqadaryo havzasi sun’iy suv havzalaridan ikki pallali mollyuskalar yig‘ildi [26; B.20-22; 27; B.105-107.].
Tadqiqot uchun materiallar Qashqadaryo havzasining quyidagi suv tiplaridan yig‘ildi: daryolar: Qashqadaryo, baliqchilik xo‘jaliklari: Luxliko‘l, Chimqo’rg’on, Qizilsuv, Sho‘rsoy; suv omborlari: Qamashi, Nug‘ayli, Chimqo’rg’on, Pachkamar, Hisorak, Dehqonobod va Yangiqo’rg’on; kanallar: Qarshimagistral, Pachkamar, Eski Anhor, Mirishkor va Xitoy ikki pallali mollyuska namunalari yig‘ildi (2.2.1- rasm).
Biz tadqiqotlarimizda SamDU Ekologiya kafedrasida saqlanayotgan kolleksiyalardan turlarni taqqoslashda foydalandik. Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplaridan 6457 ta namunalar olinib o‘rganildi, olingan namunalarda mollyuskalar 12252 donani tashkil etdi.

2.2.1-rasm. Qashqadaryo havzasi suv ekosistemalaridan materiallar yig‘ilgan joylar.
Daryo sohili suv tiplaridan yig‘ilgan namunalar fanda ma’lum uslublar bilan tahlil qilindi [58; B.60-66; 62; B.29-30; 66; B.147-161.].
Qashqadaryo havzasi suv ekotizimlaridan mollyuskalar namunalarini to‘r yordamida va dragalar bilan yig‘dik. Unionidae va Corbiculidae oilasi turlari mollyuskalarni yig‘ish uchun tishli yulg‘ich-dragalardan foydalanildi. Draganing yuzasi 1 / 44 m2, kichik g‘alvirining diametri 0,6 mm dan 2,1 mm gacha bo‘ladi. [60; B.86-87; 61; B.38-41; 64; B.52-53; 59; B.56-85.].
Yig‘ilgan mollyuskalar 70% spirtga fiksatsiyalandi. Olib kelingan materiallar 4% li formalinda saqlandi. Tadqiqotlar davomida biz ulardan foydalandik. Chig‘anoqlarning maxsus idishlarda saqladik. Ikki pallali mollyuskalar gloxidiylari rasmlari tayyorlandi. Umumqabul qilingan an’anaviy uslublar yordamida mollyuskalar chig‘anoqlarini guruhlarga ajratildi [47; B.58-61; 49; B.164-165; 51; B.98-101; 52; B.35-38.].
Unionidae va Corbiculidae oilasi turlarining yirik chig‘anoqlari hajmlari shtangensirkul bilan Pisididae va Euglesidae oilasiga mansub turlarning mayda chig‘anoqlari MBS-1 okulyar mikrometrlari bilan aniqlandi. Chig‘anoqni o‘rganishda ularning yuzasi bilan taglik yuzasining o‘qi parallel holatda tekshirildi. Unionidae va Corbiculidae chig‘anoqlari o‘lchami ish matnida L – chig‘anoq uzunligi, H – chig‘anoq balandligi, W – chig‘anoq qavariqligi mm larda holatda berildi (2.2.2-rasm).
Yig‘ilgan chig‘anoqlar variatsion statistika Biostat-3.8 usuli yordamida qayta tahlil qilindi (Ploxinskiy 1970, Izzatullayev, Boymurodov 2009). Qashqadaryo sohili suvlarida ikki pallali mollyuskalarning biotoplarda tarqalishi va populyasiyalarini o‘rganishda V.V.Lukanin, A.D.Naumov, V.V.Fedyakov, 1986, G.P.Alyoxina, I.A.Misetov, M.V.Puzakkova 2007 uslublaridan foydalanildi. Pantle va Bukk (1955) formulasi asosida turlarning saproblik ko‘rsatkichi o‘rganildi:

Ribalskiy (Ribalskiy va b., 1989) klassifikatsiyasi bo‘yicha mollyuskalarning saproblik indeksi o‘rganildi [54; B.133-137; 55; B.130-131; 56; B.105-110.].


Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin