K I R I SH
Talabalarning mustaqil ishi – bu talabalarning auditoriyada yoki auditoriyadan tashqari maxsus ajratilgan vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida, ammo uning bevosita ishtirokisiz, ko‘p qirrali ko‘rinishdagi yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib faoliyat olib borishidir.
Bu ta’limning maxsus shakli bo‘lib, o‘qituvchining topshiriqlarini bajarish jarayonida talabadan faol fikrlash faoliyatini va yuksak tafakkurga intilishni talab qiladi.
Talabalar mustaqil ishining metodologik asosi – bu talabalarning an’anaviy va noan’anaviy masalalarni yechishni uddalay bilishini, ya’ni haqiqatda mavjud holatlarda talabalar aniq bir fandan bilimlarini namoyish qila bilishini shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadga serg‘ayratlik bilan yondashuvini tashkil qilishdir.
Talabalar mustaqil ishining uslubiy ta’minoti – bu mustaqil ishlar shakli va mavzulari ro‘yxatini tuzish, ularning har biri uchun maqsad va muammolarni shakllantirish, ularga yo‘l-yo‘riq va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, foydalanish uchun o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni, turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarni va Internet saytlarini tanlashdan iborat.
Birinchi kurs talabalari bilan mustaqil ishni tashkil etish va uni ba- jarish yuzasidan albatta uslubiy seminar tashkil etish lozim.
Quyida dastlab mustaqil ishni tashkil etish va bajarish uchun ba'zi tavsiyalar keltirilib, keyin mavzular bo'yicha namunaviy variantlar, ularning yechimlari hamda topshiriqlar keltirildi, keyin esa nazorat turlari bo'yicha sinov savollari va test topshiriqlaridan namunalar berildi.
TENG BOSIMLAR TEKISLIGI
Nisbiy tinch holatdagi bir xil suyuqlikdan o‘tkazilgan gorizontal tekislikning hamma nuqtalarida bosim bir xil bo‘ladi. Bunday tekislik teng bosimlar tekisligi deb ataladi. Bu tekislik tenglamasini (2.19) tenglamada gidrostatik bosimni o‘zgarmas deb qabul qilish orqali yozishimiz mumkin:
p=const yoki dp=0,
demak,
yoki
dp ф dx ф dy ф dz
х у z
U (x ,y, z) =const.
Shunday qilib, bu teng bosimlar tekisligidagi barcha zarrachalar massa kuchlariga mos keluvchi bir xil solishtirma potentsial energiyaga teng ega bo‘ladi.
Bunday teng bosimlar tekisligiga suyuqlikning erkin sirti misol bo‘la olishi mumkin. Bu sirt gidrotexnika amaliyotida havo bilan chegaralangan bo‘ladi. Yuqoridagi tenglamaga asosan xulosa qilish mumkinki, teng bosimlar tekisligidagi nisbiy tinch holatdagi suyuqlikning ixtiyoriy nuqtasiga ta’sir etuvchi massa kuchlarining yo‘nalishi, shu tekislikka tik yo‘nalgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |