Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma`lumotlar. Temperaturani qarshilik termometrlari bilan o`lchash temperatura o`zgarishi bilan elektr o`tkazgich hamda yarim o`tkazgichlar elektr qarshiligining o`zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o`tkazgich yoki yarim o`tkazgichning elektr qarshiligi uning temperaturasi funksiyasidan iborat, ya`ni R = f(t). By funksiyaning ko`rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog`liq. Ko`pchilik toza metallarning elektr qarshiligi temperatura ko`tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o`tkazgichlar)ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo`llaniladi:
O`lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va ximiyaviy tarkibi o`zgarmasligi kerak.
Metallning temperatura qarshilik koeffisienti etarli darajada katta va barqarorlashgan bo`lishi lozim.
Qarshilik temperatura o`zgarishi bilan to`g`ri yoki ravon egri chiziq bo`yicha keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o`zgarishi kerak.
Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo`lishi kerak. Malum temperaturalar oralig`ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi.
Temperatura o`zgarishi bilan elektr qarshiligining o`zgarishini xarakterlovchi parametr elektr qarshilikning temperatura koeffisienti deyiladi.
Temperatura koeffisienti temperaturaga bog`liq bo`lgan metallar uchun u faqat temperaturaning har bir qiymati uchun aniqlanishi mumkin:
𝛼 = (1) (𝑑𝑅𝑡), (2.5)
𝑅0 𝑑𝑡
bunda R0va Rt— 0 va t°C temperaturadagi qarshilik. Temperatura koeffi- sienti oS-1 yoki K-1 larda ifodalanadi. Ko`pgina sof metallar uchun temperatura koeffisienti 0,0035 – 0,065 K-1, chegaralarda yotadi. Yarim o`tkazgichli metallar uchun temperatura koeffisienti manfiy va metallarnikidan bir tartibga ko`p (0,01—0,15 K-1) bo`ladi.
Hozir qarshilik termometrlarini tayerlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi.
Mis arzon material bo`lib, uning qarshiligi amalda temperaturaga chiziqli bog`liq, ya`ni
𝑅𝑡= 𝑅0(1 + 𝛼𝑡) (2.6)
bunda Rtva R0—tva 0oS temperaturada termometr qarshiligi: α— mis
simning temperatura koeffisienti: α= 4,28*10-3K—1 Mis oksidlanishi tufayli u 200°C dan ortiq bo`lmagan temperaturalarni o`lchashda qo`llaniladi. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini kiritsa bo`ladi: δ=0,17*10-7 Om*m. Solishtirma qarshilik qarshilik termometrining gabaritiga ta`sir etadi: solishtirma qarshilik kancha kam bo`lsa, sim shuncha ko`p kerak bo`ladi (shunday qarshilikni o`rash uchun), shuning uchun termometr gabariti shuncha katta bo`ladi.
Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari —200 dan +200°C gacha temperaturalarni uzoq vaqt davomila o`lchashda qo`llaniladi. Ular II va III
klasslarda chiqariladi. Nominal qarshiliklar 0°C da 10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi.
Platina — qimmatbaho material. Ximiyaviy jihatdan inert va sof holda osonlik bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari —260 dan
+ll00°C gacha temperaturalarni o`lchash uchun ko`llaniladi. Platina qarshiligining temperaturaga bog`liqligi murakkab bog`lanishdan iborat bo`lib,
—183 dan 0°C gacha temperatura oralig`ida quyidagicha yozilishi mumkin:
Rt =R0[ 1 + At+Bt2 +Ct3(t - 100)], (2.7)
0 dan +630°C gacha oraliqda esa,