Harorat suyuqlik, gaz va qattiq jismlarning turli xil termometrik xossalaridan foydalanuvchi asboblar yordamida o'lchanadi. Sanoatda, ilmiy tekshirishlarda maxsus maqsadlar uchun ishlatiladigan o'nlab asboblar mavjud.
Ishlash prinsipiga ko'ra haroratni o'lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo'linadi.
Kengayish termometrlari. Bu termometrlar harorat o'zgarishidagi suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmi yohud chiziqli o'lchovlarining o'zgarishiga asoslangan.
Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o'zgarmas bo'lganda harorat o'zgarishida bosimning o'zgarishiga asoslangan.
Harorat ta'sirida o'zgargan termoelektr yurituvchi kuchning o'zgarishiga asoslangan termoelektr termometrlar.
O'tkazgich va yarim o'tkazgichlarning harorati o'zgarishi sababli elektr qarshilikning o'zgarishiga asoslangan qarshilik termometrlari.
Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko'p tarqalganlari:
optik pirometrlar issiq jismning ravshanligini o'lchash;