Simobning kengayish koeffisientini kichikligi termometriya nuqtai nazardan uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffisienti bilan xarakterlanadi. Bu koeffisient quyidagi formula orqali aniqlanadi:
𝛽 =𝑣𝑡2−𝑣𝑡1 , 1/град, (2.1)
𝑡1𝑡2
𝑣0(𝑡2−𝑡1)
bu erda 𝑣𝑡1va 𝑣𝑡2— suyuqlikning 𝑡1va 𝑡2temperaturalardagi hajmi; v0 shu suyuqlikning 0°C dagi hajmi.
𝛽 koeffisient qancha katta bo`lsa, hajmiy kengayish temperaturasining 1°C ga o`zgarishiga shuncha ko`proq moslashadi. Termometrlarda hajmiy kengayish temperatura koeffisienti yuqori bo`lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. O`lchashning maqsadi va diapazoniga qarab termometrlar kengayish koeffisienti kichik bo`lgan turli markali shishalardan tayyorlanadi. Texnikada qo`llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi turlarga bo`linadi:
Ko`rsatishlarigatuzatishkiritilmaydigantermometrlar(keng miqyosda qo`llaniladigan termometrlar):
simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
organik suyuqlikli termometrlar (–200 dan +200°C gacha);
Ko`rsatishlarigapasportgabinoantuzatishkiritiladigantermometrlar:
aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
aniq o`lchovlarga mo`ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°C gacha);
v) organik suyuqlikli termometrlar (–80 dan +100°C gacha).
Konstruksiyalarining xilma-xilligiga qaramay barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi ichigao`rnatilgantermometrlarturiga tegishli bo`ladi. Tayoqcha shaklidagi termometr (2.1-rasm, a) qalin devorli, tashqi diametri 6 ... 8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita kapillyarning sirtida darajalanadi.
SHkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlarda (2.1- rasm, b) kapillyar naychasi ingichka devorli bo`lib, simob rezervuari kengaytirilgan. SHkala darajalari sut rang yassi shisha plastinkada joylashgan va kapillyar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda shkalasi ichiga o`rnatilgan yoki burchakli (termometrning pastki kismi 90°, 120° va 135° li burchak hosil qiladi) texnik termometrlar tayyorlanadi. Yuqori darajali termometrlarda kapillyardagi suyuqlik ustidagi bo`shliq inert gaz bilan to`ldiriladi.
Temperaturaning ma`lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda ta`minlash va uning ma`lum qiymatini signalizasiya qilish uchun kontaktli termometrlar qo`llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko`proq kontaktli bo`lib, yuqoridagi kontakt o`rni o`zgaruvchan bo`ladi. Temperaturani suyuqlikli shisha termometr bilan o`lchash aniqligidagi yo`l qo`yiladigan xatolar bir qator faktorlarga bog`liq: tekshirilmagan shkala bo`linmalari uchun kiritiladigan tuzatish qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o`zgarishi; termometrning o`lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligi, tashqi bosimning o`zgarishi;
termometr inersiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit issiqligining muvozanati.
Xatolarga sabab bo`ladigan keltirilgan faktorlardan eng ahamiyatlisi nol nuqtasining o`zgarishi hamda termometrning o`lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligidir.
Agar to`liq kiritilganda darajalangan termometrni ishlatilish sharoitlariga ko`ra o`lchanayotgan muhitga to`liq kiritib bo`lmasa, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni turli temperaturada bo`ladi. CHiqib turgan ustunga tuzatma quyidagi formula bo`yicha kiritiladi:
∆𝑡 = 𝑛𝛽𝑡1𝑡2(𝑡2− 𝑡1), (2.2)
bunda 𝑛 – chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni, 𝛽𝑡1𝑡2— shishadagi suyuqlikning kengayish koefficnenti (simob uchun 0,00016, spirt
uchun 0,001), 1 ℃:
Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o`lchanayotgandan kam bo`lsa, unda
∆𝑡 tuzatma ishorasi “+” musbat, ortiq bo`lsa, “–” manfiy bo`ladi. CHiqib turgan ustun hisobiga paydo bo`ladigan xatolik ancha katta bo`lishi mumkin va shuning uchun uni e`tiborga olmaslikning iloji yo`q.
SHuni ta`kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffisientlari qiymatining katta farq qilishiga ko`ra bir tartibga past.
Hozir shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to`g`ri chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi:
-90 ... +30; -60 … +50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0....
350, 0 450; 0…. 530 va 0….600°C.
SHkala bo`linmasining qiymati 0,5°C (shkalasi -30… +50°C) dan 5 va 10°C gacha (shkalasi 0 … 600°C).
Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari –
30 dan +600°C gacha temperaturani o`lchashga muljallangan, shkala bo`linmasining qiymati 0,1 va 2°C;
Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar tayoqli, o`lchash chegaralarini – 200 dan + 200°C gacha qilib chiqariladi. SHkala bo`linmasining qiymati 0,2 dan 5°C gacha.
Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy termometrlar o`lchash chegarasi tor (4 dan 59°C gacha) va shkala bo`linmasining qiymati 0,01 dan 0,1°C gacha qilib chiqariladi.
Simobli elektr kontaktli termometrlar –30 dan 300°C gacha o`lchashga mo`ljallab chiqariladi.
Maxsus termometrlar: medisina (maksimal), meteorologik (maksimal, minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan. Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo`yicha hisoblash noqulayligi, ko`rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo`lmasligi, issiqlik inersiyasining kattaligi (ko`rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi.