О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə17/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:
DAVLAT SUVERENITETI (fransuzcha ―souverainite‖ – oliy hokimiyat) – quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
1) Davlat suvereniteti – hozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va tashqi siyosatidagi tо‗la mustaqilligi sifatida talqin etiladi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidada davlat suvereniteti masalasiga alohida bob ajratilgan bо‗lib, uning 1-moddasida ―О‗zbekiston – suveren demokratik respublika‖ deyilgan. 2) Xalq suvereniteti – xalqning davlatni boshqarishdagi tо‗la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq boshqaruvi ma‘nolarini anglatadi.
DEKLARATSIYA (fransuzcha ―deklaration‖ – bayonot) – alohida siyosiy- yuridik hujjatlarning ularga tantanali xususiyat berish, ularning tegishli davlat taqdiri uchun katta ahamiyatini ta‘kidlash maqsadiga ega bо‗lgan nomi. Normativ- huquqiy hujjat bо‗lmish deklaratsiyaning о‗ziga xos jihati shundaki, ulardagi qoidalar umumiy va nomuayyan xususiyatga ega bо‗lib, qо‗shimcha ravishda qonun bilan tartibga solishni talab etadi.
Xalqaro huquqda esa deklaratsiya – tomonlar bilan kelishilgan qoidalar va maqsadlarni ifodalovchi tantanali hujjat. Majburiy xususiyatga ega emas. Odatga aylanganligi sababli davlatlar uchun majburiy bо‗lib qolgan 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bundan mustasno.
PREZIDENT (lotincha ―praesidens‖ – oldinda о‗tiruvchi) – Respublika boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat va hukumat rahbari. Odatda Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatida xalq nomidan ish yuritadi. Jahonda birinchi prezidentlik boshqaruvi XVIII asr oxirida AQShda joriy qilingan. О‗zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ilk bor 1990-yil 24- martda joriy qilingan bо‗lib, О‗zbekiston Prezidenti butun О‗zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng va tо‗g‗ridan tо‗g‗ri saylov prinsipi asosida saylanadi.
REFERENDUM (lotincha ―referendum‖ – e‘lon qilinishi lozim bо‗lgan xabar) – jamiyatni demokratik boshqarish jarayonida qо‗llaniladigan tadbirlardan biri. Ba‘zi muhim masalalarni umumxalq ovoziga, umumxalq sо‗roviga, xalq muhokamasiga qoyib hal etish.
О‗zbekiston Respublikasida referendum о‗tkazishning huquqiy asoslari yaratilgan bо‗lib, u 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ―О‗zbekiston Respublikasining Referendumi tо‗g‗risida‖gi qonuni bilan mustahkamlangan.
О‗zbekiston Respublikasida referendum ilk bor 1991-yil 29-dekabrda ―Davlat mustaqilligini ma‘qullaysizmi?‖, ikkinchi marotaba esa 1995-yil 26-martda
―О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatini 1997-yildan 2000-yilga qadar uzaytirishga rozimisiz?‖ va 2002-yil 27-yanvarda ―Siz kelgusi chaqiriq О‗zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali qilib belgilanishiga rozimisiz?‖, hamda ―Siz О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib о‗zgartirilishiga rozimisiz?‖ kabi mavzularda umumxalq referendumlari о‗tkazilgan.
RESPUBLIKA (lotincha ―res‖ – ish, ―publicus‖ – xalq, jamoatchilik) – davlat boshqarish usullaridan biri bо‗lib, bunda davlat organlari xalq tomonidan saylab qoyish orqali shakllantiriladi. Hozirgi vaqtda dunyoda 230 ga yaqin davlat mavjud bо‗lsa, shulardan yarmi respublika shaklida boshqariladi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin