О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə13/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

tuturiqsiz va g„arazli maqsadlarni ko„zlab, kim qanday




bo„yoq bermasin, tarix, albatta, o„zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo„stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o„zbek xalqiga xos fazilat bo„lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo„lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko„pgina misollar bilan isbotlangan”
deya fikr bildiradi.

1989-yil 3-sentabr

Xalqaro Qo‗shilmaslik harakatining Belgrad shahrida bо‗lib о‗tadigan konferensiyasida ishtirok etish uchun borayotgan Afg‗oniston Respublikasining Prezidenti Najibullo
Toshkentda to‗xtab o‗tdi.

1989-yil 8-sentabr

Qirg‗iziston poytaxti Frunze (Bishkek) shahrida O‗rta Osiyo va Qozog‗iston respublikalarining oziq-ovqat masalalariga bag‗ishlangan seminar-kengashi bo‗lib o‗tdi. Unda
respublikalar Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretarlarining axborotlari tinglandi.

1989-yil sentabr

Islom Karimov tashabbusi bilan ―paxta ishi‖ni chuqur o‗rganish bo‗yicha O‗zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. Qamoqqa olingan kishilarning ming jilddan ortiq ―ish‖lari qayta ko‗rila boshlandi. Komissiya faoliyatiga Ministrlar kabineti raisining birinchi o‗rinbosari I.H.Jo‗rabekov raislik qildi. O‗zSSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi A.A.Polvonzoda unga o‗rinbosar bo‗ldi. Komissiya tomonidan ―paxta ishi‖da nohaq
jabrlangan minglab kishilar avf etildi va oqlandi.

1989-yil 2-noyabr

SSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov
ishtirok etib nutq so‗zladi.

1989-yil 21-noyabr

I.A.Karimov O‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg‗ona oblastida ro‗y bergan qonli fojealar sabablarini atroflchia o‗rganishga bag‗ishlab o‗tkazilgan yig‗ilishda ishtirok etib
nutq so‗zladi.

1989-yil
12-24-dekabr

Moskvada SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdi bо‗lib о‗tdi.

1989-yil 23-dekabr

SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti tinglandi. Xisobotda tergov gruppasining jinoyatda ayblangan kishilarning oila a‘zolarini, qarindoshlarini, jumladan, betoblarni, keksa yoshdagi kishilarni, ko‗p bolali onalarni qamab qo‗yish amaliyoti keng qo‗llanilganligi ochiq aytildi. Sudlanganlardan, ayblanuvchilardan va ularning
qarindoshlaridan tushgan shikoyatlarda tergovchilarning g‗ayriqonuniy harakatlari, ―otib tashlayman‖, deb dag‗dag‗a




qilishgani va boshqa yo‗sundagi qo‗rqitishlari, grajdanlarning haqoratlanishi, ularning sha‘ni va qadr- qimmati yerga urilgani, jismoniy kuch ishlatilgani o‗z
tasdiqini topganligi e‘tirof etildi.

1990-yil boshlari

Markaz rahbariyati tomonidan bozor iqtisodiyotiga о‗tish zarariyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bо‗lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bо‗lib qolgan edi. SSSR ich-
ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.

1990-yil 19-fevral

Toshkent oblastining Bo„ka rayonidagi ―Oktabr 40-yilligi‖ kolxozida o‗zbek va mesxeti turklari vakillarining guruhlari o‗rtasida to‗qnashuv bo‗ldi. Voqea yuz bergan joyga
respublika rahbarlari borishdi.

1990-yil 26-fevral

O‗zSSR Oliy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Sovetining
mesxeti turklari vakillari ishtirokida majlisi bo‗lib o‗tdi.

1990-yil 3-mart

Toshkent viloyati Parkent tumani markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli qurbonlar bo‗ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta‘sir etib, noroziliklarni yanada
kuchaytirdi.

1990-yil 19-aprel

Gdlan va Ivanov SSSR prokuraturasidagi o‗z vazifasidan chetlashtirildi. Biroq SSSR prokuraturasining mas‘ul xodimi 2-darajali adliya maslahatchisi V.Ilyuxin rahbarligidagi Gdlyan-Ivanov guruhiga qarshi qo‗zg‗atilgan ish ham to‗xtatib qo‗yildi. Chunki V.Ilyuxin xujjatlarni puxta o‗rganib, nafaqat bu ikki tergovchiga qarshi, balki SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevga qarshi ham ish qo‗zg‗atib, uni
jinoiy javobgarlikka tortish masalasini qo‗ygan edi.

1990-yil 4-iyun

O‗zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida nutq sо‗zlagan I.A.Karimov O‗zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy maxsulot ishlab chiqarish bo‗yicha Ittifoqda 12- o‗rinda, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‗yicha Ittifoqdagi o‗rtacha darajadan ikki hissa past ekanligini, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‗jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada ekanligini, aholi jon boshiga xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish o‗rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etishini, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste‘mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng
oxirgi o‗rinlardan birida turganligimizni qayd qildi.

1990-yil 4-iyul

I.A.Karimov KPSS XXVIII syezdida so‗zlagan nutqida
O„zbeklar ishi” degan haqoratli gapga chek qo‗yishni talab qiladi.

1990-yil
avgust-sentabr

Toshkent viloyatining Bo„ka tumanida tartibsizliklar bo‗lib
o‗tdi.

1990-yil
2-5-dekabr

Namangan shahrida ichki qo‗shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar o‗rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 fuqaro halok bo‗ldi,
25 kishi jarohatlandi. O‗zbekiston hukumat rahbarlari Namanganda bo‗lishdi.





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin