О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə10/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

DEPORTATSIYA (lot. deportatio – quvg‗in qilmoq, surgun qilmoq) – majburiy kо‗chirish, badarg‗a qilish. Jinoiy yoki majburiy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. 1920-40-yillarda sobiq Ittifoqda amalga oshirilgan ommaviy qatag‗onlar davrida kо‗plab xalqlar deportatsiyaga duchor bо‗lgan edilar.
Ikkinchi jahon urushining dastlabki yilidayoq Stalin boshliq sovet rahbariyati Volgaboyi nemislarini «bosqinchilarga yordam berishi mumkin», degan gumon bilan yashab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‗istonga kо‗chirib yuboradi.
О‗zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolqarlar, о‗n minglab mesxeti turklari, greklar kо‗chirib keltirildi. О‗zbek xalqi ularni beg‗araz kutib oldi, yashash uchun uy-joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahally hokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xо‗jalik yuritish uchun mablag‗lar ajratdi.
1989-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi deportatsiya siyosatini noqonuniy deb e‘lon qildi va majburuy kо‗chirilgan xalqlarga о‗z ona Vatanlariga qaytishlariga ruxsat berildi.
KADRLAR TО„DASI” (“DESANTCHILAR”) 1980-yillarning о‗rtalari va ikkinchi yarmida О‗zbekistonga Markaz tomonidan Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga yuborilgan kadrlar. 400 ga yaqin kelgindi
―mutaxassislar‖ О‗zbekistonni о‗z bilganlaricha boshqara boshladilar. О‗zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda о‗tirgan mahalliy kadrlar ularning qо‗lida qо‗g‗irchoq bо‗lib qoldilar. Natijada respublikada shakllangan m‘muriy-xо‗jalik va davlat boshqaruv tizimi izdan chiqib chuqur inqirozli holat (anarxiya) yuzaga keldi. ―Desantchilar‖ning sо‗nggi vakillari respublikani 1990-yillar oxiri – 1991- yil boshlarida tark etishga majbur bо‗lishdi.
MONOKULTURA (yunoncha ―monos‖ – bir, ―cultura‖ – ishov bermoq, haydamoq) – yerga faqat bir turdagi ekinni ekish va xо‗jalikni faqat shu ekinni yetishtirishga ixtisoslashtirilishi. Shо‗rolar davrida О‗zbekistonda paxta monokulturasi joriy qilingan edi. Ekin maydonlariga faqat g‗о‗zaning ekilishi tuproq strukturasining buzilib, tuproq eroziyasiga, yerlarning shо‗rlanishiga, kimyoviy о‗g‗itlarni haddan oshiq ishlatilishi unumdorlikning keskin pasayib, xatto aholi orasida zaharlanishiga olib kelgan edi.
PAXTA ISHI” (“О„ZBEK ISHI”) – Mustabid sovet hokimiyati tomonidan 1984-1989-yillarda о‗zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan navbatdagi qatag‗on siyosati. ―Paxta ishi‖ (―О‗zbek ishi‖) ―jinoyat‖ ishi bo‘yicha jami 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, sо‗roq qilindi. 4018 kishi noqonuniy sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
Butun SSSRda bо‗lganidek, О‗zbekistonda ham kamchiliklar, qо‗shib yozishlar, poraxо‗rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni о‗zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin