О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

RafiqNishonovichNoshonov O‗zbekiston Kommunistik
partiyasi Markaziy komitetining birinchi sekretari qilib saylandi.

1988-yil 15-may

Sovet qo‗shinlarini Afg‗onistondan olib chiqish boshlandi. Ular Amudaryo orqali Termizga olib o‗tilib, dastlab
Toshkent oblastining Chirchiq shahriga joylashtirildi.

1988-yil 16-noyabr

Birlik” xalq harakati tashkil topdi.

1988-yil noyabr

О‗zbekiston yoshlarining erkin uyushmasi tashkil topdi.

1989-yil
12-19-yanvar

O‗zbekistonda butun ittifoqda bo‗lgani kabi aholini ro‗yxatga olish tadbiri o‗tkazildi. Bu paytda O‗zbekistonda
19.906.000 kishi yashagan.

1989-yil 15-fevral

Afg‗onistondan so‗nggi sovet jangchilar olib chiqib ketildi.

1989-yil 26-mart

SSSR Xalq deputatligiga saylovlar bo‗lib o‗tdi.

1989-yil may

KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya qisqa muddatda xulosalar chiqarib, Gdlyan va Ivanov guruxi sotsialistik qonunchilikni qo‗pol tarzda buzdilar, deb so‗zsiz
tasdiqladilar.

1989-yil 20-24-may

Quvasoy (Farg‗ona oblasti)da tub aholi bilan shu yerda istiqomat qiladigan mesxeti turklari yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‗ona voqealarining
boshlanishiga turki bо‗ldi.

1989-yil 25-may

Quvasoy shahriga O‗zSSR Ichki ishlar qo‗shimcha kuchlari olib kelindi. Voqealar haqidagi axborotning yetishmovchiligidan aholi orasida har xil talqinlarning
paydo bо‗lishi ko‗p o‗tmay viloyatning boshqa tumanlarida to‗qnashuvlarning kelib chiqishishga sabab bo‗ldi.

1989-yil 25-may –
10-iyun

Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdi bo‗lib
o‗tdi.

1989-yil 25-may

SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qo‗zg‗atildi. Ammo T.X.Gdlan va N.V.Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda
qolishdi.

1989-yil 3-iyun

Marg‗ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq
rayonida katta qonli to‗qnashuv yuz berdi.

1989-yil 3-iyun

Farg‗ona viloyatining Oxunboboyev rayonidagi Surxtepa qishlog‗ida xunrezliklar sodir bо‗ldi. Natijada jami 20 kishi xalok bo‗ldi. Mesxeti turklarining uylari, shuningdek, 5
nafar o‗zbeklarning hovlisi ham yoqib yuborildi.

1989-yil 3-iyun

O‗zSSR Ministrlar Sovetining raisi G‗.Q.Qodirov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining to‗liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‗ona
viloyatining boshqar rayonlariga ham tarqalib ulgurgan edi.

1989-yil 4-iyun

Qo‗qon shahridan militsiya xodimlari Toshloqqa tashlandi. Bu paytda rayonda vaziyat boshqarib bo‗lmaydigan darajada izdan chiqib ketdi. Toshloqdagi fojealar oqibatida 5-iyunga
qadar tumanda 16 nafar kishi (11 nafari mesxeti turklari va 5




nafar o‗zbek), keyinroq yana 2 nafar kishi xalok bo‗ldi. 46 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan, 57 ta uy yondirildi va 121 ta uyga shikast yetkazildi. Tuman
xo‗jaligiga 0,5 mln. rubl zarar yetkazildi.

1989-yil 4-iyun

O‗zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‗ona viloyatining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida kommendantlik soati joriy qilinadi.
Markaz butun bunyo nigohi Moskvada o‗tayotgan SSSR xalq deputatlari 1-syezdiga qaratilgan paytda Farg‗onada harbiy holat joriy etishga jur‘at qilmagan bo‗lsada, SSSR Ichki ishlar ministrligiga bo‗ysunuvchi general-polkovnik Y.Shatalin boshchiligida IIVning ichki qo‗shinlarini Farg‗onaga jo‗natdi. Iyun oyi davomida Farg‗onaga
ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi.

1989-yil 5-iyun

Marg‗ilon shahrida O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari R.N.Nishonov, O‗zR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.Ibrohimov, O‗zSSR Ministrlar Soveti raisi G‗.Qodirov, SSSR Ichki ishlar ministri V.Bakatin, O‗zSSR Ichki ishlar ministri U.Raximov, Farg‗ona obkomi Sh.Yo‗ldoshev ishtirokida yig‗ilish bo‗lib o‗tdi.
Yig‗ilishda R.N.Nishonov quyidagi ma‘lumotlarni keltiradi:
―Fojealar natijasida 93 kishi xalok bo‗ldi. Shundan 64 kishi mesxeti turklari, 17 nafar o‗zbek, qolganlari millati aniqlanmoqda. Iichki ishlar ichki qo‗shinlarining 178 harbiy xizmatchisi, 57 nafar militsiya xodimi yarador bo‗ldi. 1 ta militsiya xodimi vafot etdi. Viloyatda 700 dan ko‗proq uy
va boshqa imoratlarga, 168 ta transport vositasiga o‗t quyildi‖.

1989-yil 6-iyun

Marg‗ilon shahrida ruxsat berilmagan 2 ta miting bo‗ldi. Miting qatnashchilari mesxeti turklarini tarixiy vatanlariga qaytarilishini hamda hibsga olingan namoyishchilarni ozod qilishni talab qildilar. Shu kuni Quvasoyda ham shunday
talablar bilan miting bo‗lib o‗tdi.

1989-yil 6-iyun

Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdida R.N.Nishonov SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi
qilib saylandi.

1989-yil 7-iyun

Farg‗ona oblastining Oxunboboyev, Toshloq, Oltiariq, Rishton, Bog‗dod, Buvayda rayonlari va Marg‗ilon shahridan xar xil narsalar bilan qurollangan asosan 16-25 yoshlardagi yigitlar avtobus va yuk mashinalarda Qo‗qon shahriga kirib kela boshladilar. Ular Qo‗qon shahri yoshlarini o‗zlariga qo‗shilishni talab qildilar.
Ular Qo‗qon shahri markazidagi maydoniga to‗planib, bir




kun avval hibsga olingan yoshlarni ozod qilishni talab qildilar. Militsiya xodimlari va askarlar maydonda to‗plangan aholini o‗qqa tutadi. Rasmiy ma‘lumotlarga
ko‗ra shu yerning o‗zida 20 kishi xalok bo‗ldi, 77 nafar kishi yaralandi.

1989-yil 8-iyun

Namoyishchilarning o‗qqa tutilishidan g‗azablanib tinch namoyishga chiqqan Qо‗qonliklarning sobiq Ittifoq Ichki ishlar vazirligining ichki qo‗shinlari tomonidan o‗qqa
tutilishi narijasida rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra 8 kishi xalok bo‗lgan. 10 dan ziyod kishi yaralangan.

1989-yil 9-iyun

O‗zbekistonda yashovchi mesxeti turklarini RSFSRga evakuatsiya qilish boshlanadi. Farg‗ona oblastidan jami
16.289 nafar mesxeti turklari ko‗chirildi. Evakuatsiya qilish 18-iyunga kelib yakunlandi.

1989-yil 11-iyun

O‗zbekistonda motam kuni deb e‘lon qilindi. Shu kuni Farg‗ona oblastining butun hududida osoyishtalik saqlanib
turdi.

1989-yil 12-iyun

Namangan shahrida 16-30 yoshlardagi 300 dan ortiq yoshlar
tartibsizlik uyushtirishdi.

1989-yil
12-13-iyun

SSSR Ministrlar Sovetining raisi N.I.Rijkov, KPSS MK sekretari V.M.Chebrikov va O‗zSSR KM MK birinchi sekretari, SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi
R.Nishonovlar Farg‗ona oblastida bo‗lib, joylardagi avholni o‗z ko‗zlari bilan ko‗rishdi.

1989-yil 15-iyun

Toshkentda respublika partiya-xo‗jalik faollarining yig‗ilishi bo‗lib o‗tdi. Ushbu yig‗ilishda Farg‗ona fojealariga siyosiy jihatdan to‗g‗ri baho berilmadi. Mahalliy aholining harakatlari ―millatchilik va buzg‗unchilik‖ sifatida qoralandi. O‗zbekiston SSR rahbariyati ham Markazdan kelgan ―nufuzli rahbarlar‖ning barcha fikrlariga qo‗shilib, o‗zbek xalqi manfaatlariga hamda tarixiy adolat va
haqiqatga zid qarorlar qabul qilishdi.

1989-yil 23-iyun

O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo‗lib o‗tdi. Unda Qashqadaryo oblasti partiya komitetining birinchi sekretari bo‗lib ishlab kelgan Islom Abdug„aniyevich Karimov O‗zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Qo‗mitetining birinchi sekretari va Byuro a‘zosi etib saylandi.

1989-yil 24-iyun

O‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg‗ona vodiysidagi oblastlarni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishni jadallashtirish masalalariga bag‗ishlangan katta majlis bo‗lib o‗tdi. Kengashda Islom Karimov O‗zbekiston rahbari sifatida
birinchi tarixiy nutq so‗zladi. Ushbu nutqda Farg‗ona vodiysi oblastlarida vujudga kelgan keskin ijtimoiy-iqtisodiy




vaziyat misolida butun respublikamizdagi o‗tkir va dolzarb
muammolar atroflicha tahlil etilib, ularni hal etish yo‗llari ko‗rsatib berildi.

1989-yil 25-iyun

Islom Karimov Farg‗ona oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan tanishish maqsadida ushbu oblastda bo‗ldi. Janjal- to‗polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‗onada odamlar bilan ochiq gaplashib, mavjud ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‗yicha mahalliy rahbarlarga aniq ko‗rsatmalar
berildi.

1989-yil 30-iyun

Islom Karimov Namangan oblastiga keldi. Ikki kun davomida oblastdagi vaziyat bilan tanishib, mehnatkashlar va shu jumladan mesxeti turklari vakillari bilan uchrashuv o‗tkazildi. Oblastdagi vaziyatni tezroq izga tushirish bilan
bog‗liq masalalar muhokama qilindi.

1989-yil
iyun-dekabr

KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus
komissiyasi Gidlyan-Ivanov guruxi faoliyati bo‘yicha jamoatchilik fikrini eshtib, sud-tergov xujjatlarini o‗rgandi.

1989-yil 21-iyul

Farg‗ona oblast partiya komitetining plenumi bo‗lib o‗tdi. Unda Farg‗ona oblastidagi fojeali voqealar hamda partiya, sovet, huquqni muhofaza qilish organlarining mas‘uliyati to‗g‗risidagi masalalar muhokama qilindi. Plenum ishida
I.A.Karimov qatnashib nutq so‗zladi.

1989-yil 23-iyul

Sirdaryo oblast Guliston rayonidagi Lenin nomli kolxozda
bir gurux yoshlar mesxeti turklarining xonadonlariga shikast yetkazadilar.

1989-yil 23-iyul

O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Sovetining respublika aholisiga Farg‗ona fojealari
bilan bog‗liq murojaatnomasi e‘lon qilindi.

1989-yil
24-26-27-iyul

Islom Karimov Sirdaryo, Qoraqalpog‗iston va Qashqadaryo
oblastlari partiya komiteti plenumlarida ishtirok etib nutq so‗zladi.

1989-yil 29-iyul

O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XV plenumi bо‗lib о‗tdi. Unda O‗zSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.I.Ibrohimovning Farg‗ona oblastidagi voqealar tafsilotlarini o‗rganish yuzasidan tuzilgan komissiyaning ishi to‗g‗risidagi hisoboti eshtildi. Plenumda O‗zMKning
ikkinchi sekretari qilib V.P.Anishchev o‗rniga A.S.Yefimov saylandi.

1989-yil 19-avgust

O‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi. Unda I.A.Karimov Farg‗ona fojealariga tо‗xtalib: “O„zbek xalqining vijdoni pok. Farg„ona voqealari o„zbek xalqining irodasi bilan sodir bo„lmadi. Bu voqealarga

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin