О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

О„zbekiston aholisi о„rta hisobda gо„sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste‟mol qilmoqda. Oyiga о„rta hisobda 75 sо„mdan kamroq yalpi daromad oladi- gan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal kо„proq bо„lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millinoga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda о„zining qо„lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog„liqni saqlash, xalq ta‟limi, maktabgacha ta‟lim muassasalari juda og„ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning о„zi kifoya. Juda о„tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar rо„yxatini yana davom ettirish
mumkin. Buni, avvalo, shundan kо„rsa bо„ladiki, insonning har tomonlama uyg„un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma‟naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kо„pincha yashash uchun kerak bо„lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.
Bunday ahvol vujudga kelganining boisi nimada?
Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bо„lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijti- moiy kо„rsatkichlar bо„yicha mamlakatda oxirgi о„rinlardan biriga haqli ravishda inqiroz holati, deb ataltan ahvolga tushib qolganining sababi nimada?
Respublikaning taqdiri, uning kelajagi uchun qayg„urayotgan, yosh avlod taqdiri uchun kuyunayotgan sog„lom fikrli har bir kishi hozir о„ziga о„zi shu savolni bermoqda.
Nazarimda, buning javobi shunday bо„lmog„i kerak: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma‟muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g„alaba qozonib, О„zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Xо„sh, bu illatlar nimalarda namoyon bо„ldi? Avvalo shundaki, bizning respublikamiz, asosan, xom ashyo bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining mо„may xom ashyo manbai deb hisoblanar edi. О„lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba‟zan yetarlicha, ba‟zan mutlaqo baho berilmadi, ba‟zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida О„zbekiston SSRning mavqei va о„rnini о„zgartirishning muqobil yо„llari e‟tiborga olinmadi”1.
Yuqoridagi ma‘lumotlarni asoslash uchun davlatimiz I.Karimovning
―О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ kitobi asosida shakllantirilgan ushbu jadvalni keltirish joiz.
Boltiqbо‗yi respublikalarida о‗sha davrda yiliga aholi jon boshiga gо‗sht va gо‗sht mahsulotlari iste‘mol qilish 110 kilogrammni tashkil qilganligini ham misol tariqasida keltirish mumkin.
Bunday holni keltirib chiqargan asosiy sabab barcha mahsulotlarni taqsimlashning о‗ta markazlashganligi edi. Shu yerda bir holat kishi e‘tiborini о‗ziga jalb qiladi. О‗zbekiston aholi jon boshiga 64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste‘moli Ittifoq bо‗yicha 41 kilogrammga, О‗zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‗lgan. О‗sha davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik О‗zbekiston aholisining haqli e‘tirozini keltirib chiqargan.
Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‗oriladigan maydonlarning kattagina qismi paxta bilan band bо‗lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam yetishtirilishi natijasida aholi iste‘mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan.
Respublikamiz uchun о‗sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham chigallashgan davr bо‗ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin edi. Mamlakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat girdobida qolgan edi.


1 Karimov I.A. О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: ―О‗zbekiston‖. 2011. 166-168 b.
Shu о‗rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish о‗rinli: “... Juda og„ir ahvolga tushib, naqd ocharchilik ostonasida turibmiz ... Xalqimizni, iqtisodiyotimizni ta‟minlash masalasida juda katta xavf tug„ildi...”1.
Bu gaplar ortida Vatan, xalq taqdiri yotardi.
Ana shunday murakkab sharoitda Islom Karimov oziq-ovqat ta‘minotida uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora-tadbirlarni kо‗rdi. Xorijdan sotib olingan g‗alla mamlakatimizga yetib kelishi uchun ma‘lum vaqt talab qilinar edi.
Vaziyat juda qaltis, ya‘ni mamlakatimiz g‗alla zahirasining ―tagi‖ kо‗rinib qolgan ana shu yillarda Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini о‗zimizda yetishtirilgan don bilan ta‘minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar о‗z yechimini topdi. Jumladan:

  • aholini kafolatlangan tarzda don mahsulotlari bilan ta‘minlash imkoniyati yuzaga keldi;

  • dehqonlar uchun yangi ish joylari va qо‗shimcha daromad manbai yaratildi;

  • paxta maydonlarining bir qismi qisqartirilib, bu maydonlarga g‗alla ekilishi hisobiga ekinlarni almashib ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati yaratildi;

  • g‗alladan bо‗shagan yerlarga takroriy ekin ekish hisobiga sabzavot yetishtirish hajmi kо‗paydi, bu ham dehqonlarga qо‗shimcha daromad olish imkonini berdi;

  • chetdan g‗alla sotib olish uchun sarflanadigan valyuta tejab qolindi;

  • О‗zbekiston don va don mahsulotlari bо‗yicha о‗zga davlatlarga qaramlikdan qutuldi va uni eksport qiladigan mamlakatga aylandi;

  • chorva mollarining ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi.

Kezi kelganda, о‗sha vaqtlarda bildirilgan ba‘zi fikr-mulohazalarni ham eslash joiz. Bir qator iqtisodchi olimlar va xorijiy davlatlar vakillari
―О‗zbekistonning о‗zida g‗alla yetishtirish shartmi? Undan kо‗ra, kо‗proq paxta yetishtirib, tolani eksport qilish hisobiga g‗allani arzon narxlarda chetdan sotib olgan ma‘qul emasmi? Axir, paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori- ku‖, deya e‘tiroz ham bildirishgan edi. Ammo ularning da‘volari asossiz ekanligini ijtimoiy hayotning о‗zi kо‗rsatdi, endilikda mustaqil yurtimiz о‗z g‗allasiga ega bо‗ldi.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlari bilan barqaror ta‘minlangan. Bunga esa don mustaqilligi dasturini izchillik bilan bosqichma- bosqich amalga oshirish evaziga erishildi. Bular nimalardan iborat edi? Avvalo, dehqonlarimizni g‗alla yetishtirishdagi moddiy manfaatdorlik yuqori darajaga qо‗yilganligi yutuqlarning bosh omili bо‗ldi.
Ma‘lumki, 1960-1990-yillarda mamlakatimizda о‗tkir ijtimoiy muammolar tufayli millatimizning genofondi yomonlashib, ayniqsa, nimjon va kasalmand bolalar soni ortib ketgani xalqimizda qattiq tashvish uyg‗otar edi. I.A.Karimov О‗zbekistonning kо‗plab hayotiy muhim manfaatlariga yetkazilgan ziyon haqida afsus va nadomat bilan О‗zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‗zlagan


1 Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: ―О‗zbekiston‖. 1996. 3-4 b.
ma‘ruzasida quyidagilarni bayon etgan edi: "Paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangai almashlab ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xо„jaligiga halokatli ta‟sir kо„rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qо„yildi va aholini shu mahsulotlar bilan ta‟minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengizining falokati Qoraqalpog„iston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat bо„ldi, endi Orolni qutqarib qolish uchun zudlik bilan favqulodda chora- tadbirlar kо„rilishi kerak” 1
Inson taqdiri, uning hayotiga daxldor bо‗lgan, uning munosib turmush sharoitiga ega bо‗lish bilan bog‗liq talablar aynan Islom Karimovning rahbarlik faoliyatining ilk kunlaridan qat‘iy qо‗yildi. Kremlning jazavalariga qaramasdan, haqiqiy mustaqillikka qaratilgan yо‗lni mardonavor turib himoya qildi. KPSS MQning 1989-yil sentabrida Moskvada bо‗lib о‗tgan plenumida Islom Karimov dadillik bilan “Biz markaz bilan respublikaning xuquqlari va vazifalarini belgilab olish va chegaralashni qat‟iy yoqlaymiz, biz respublika mustaqilligining har tomonlama mustahkamlanishi tarafdorimiz”2 deganini О‗zbekiston taraqqiyotining mustaqil yо‗li tamoyillari ishlab chiqish borasidagi tashlangan qat‘iy qadamning amaliy ifodasi, deb aytish shart.
80-yillarning oxirida butun Ittifoqda kuzatilganidek, О‗zbekistonda ham sо‗z erkinligi, inson huquqlari uchun demokratik harakatlar, mavjud og‗ir ahvoldan qiynalgan oddiy mehnatkash xalqning norozilik chiqishlari yuzaga keldi. Bu esa 1989-1990-yillarda Farg‗ona, Bо‗ka, Parkent va Namangan voqealari (fojealari)ga sabab bо‗ldi.
Farg‗ona vodiysida XX-asrning 80-yillarida о‗ziga xos murakkab demografik vaziyat hukm surardi. Aholining tabiiy о‗sish darajasining tezlashuvi natijasida mintaqada siyosiy-iqtisodiy va etnodemografik muammolar keskinlashuvi ma‘lum darajada о‗ziga xos chigal ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik sharoitni yuzaga keltirdi.
Farg‗ona voqealari etnik va maishiy asosda (turli millat vakillarining restoranlarda о‗zaro mushtlashuvi) bilan boshlangan bо‗lishiga qaramasdan, fojeaning chuqur ildizlari vodiyda yashayotgan aholining og‗ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‗liq edi. Markazning О‗zbekistonda olib borayotgan siyosati, bu siyosatni izchil amalga oshirgan mahalliy partiya, sovet va xо‗jalik organlarining tub aholi manfaatlariga pisandsiz qarashi, hokimiyatning boshqaruv organlarida poraxо‗rlik va korrupsiyaning avj olishi, jinoyatchilikning kuchayishi о‗n yillar davomida tо‗plangan muammolarni yana ham keskinlashtirgan edi.
Ma‘lumki, Ikkinchi jahon urushi davrida I.V.Stalinning 1944-yil 14- noyabrdagi qaroriga kо‗ra, 120 ming nafar mesxeti turklari Gruziyadan О‗rta Osiyo respublikalariga kо‗chirilgan edi. Deportyatsiya qilingan mesxeti turklarining eng kо‗p qismi (106 ming 700 kishi) О‗zbekistonga joylashtirilgan. Shulardan 17 ming nafari Farg‗ona oblastiga joylashtiriladi. Ular viloyatning asosan, Quvasoy, Komsomolsk (hozirgi Yangi Marg‗ilon) posyolkalarida,


1 Karimov I.A. О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‗zbekiston, 2011. 172 b.
2 Tarix shohidligi va saboqlari // Mas‘ul muharrir D.A Alimova. -T.: ―Sharq‖. 2001. 130 b.
Oxunboboyev, Quva, Rishton, Farg‗ona, Kirov (hozirgi Beshariq) rayonlarida yashar edilar.
1989-yilda Quvasoy rayonida 58 400 kishi yashagan bо‗lsa, boshqa 47 ta millatlar orasida mesxeti turklarining soni 4340 tani tashkil qilgan. Quvasoyda 1989-yil may oyida bо‗lgan bir qancha bezoriliklar, ayniqsa mesxeti turk yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‗ona voqealarining boshlanishiga turki vazifasini о‗tadi. Bu xolatdan mesxeti tuklari vaziyatni keskinlashtirib, о‗z tarixiy vatanlariga qaytishni tezlashtirish yо‗lida foydalanmoqchi bо‗lishadi.
Quvasoyda yashovchi mesxeti turklarining aksariyati savdo muassasalarida, maishiy xizmat va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat olib borishar, shaharda kо‗pgina daromadli jabhalarda ham ushbu xalq vakillari xizmat qilar, natidaja bu yerda juda kо‗p yer uchastkalari va qurilish obyektlari ularning xissasiga tо‗g‗ri kelar edi. Quvasoyda mesxeti turklarining iqtisodiy ahvoli boshqa millatlarnikiga qaraganda yaxshi edi. Xullas, ―tadbirkor va uddaburon‖ mesxeti turklari mahalliy hokimiyat organlari bilan yaxshi munosabatda bо‗lib, iqtisodiy jihatdan ularni
―ta‘minlab‖ ham turishgan.
Quvasoyda hukm surgan ijtimoiy tanglik bu yerda yashovchi turli millatlar, jumladan о‗zbeklar va mesxeti turklari о‗rtasida janjalni yuzaga keltirib, jiddiy tо‗qnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu qarama-qarshilik butun may oyi davom etgan. Lekin bunga mahalliy sovet va partiya idoralari yetarli darajada e‘tibor qaratishmagan. Mayda bezorilar о‗z vaqtida jazolanmagan. Voqealar tafsiloti sovet hokimiyati tomonidan odatdagidek xalqdan sir tutilgan. Voqealardan bir oy о‗tib matbuotda e‘lon qilingan materiallarda esa mesxeti turklari jabrdiyda qilib kо‗rsatilgan va markaziy gazetalarda ayb о‗zbek xalqiga yuklanib ularga nisbatan notо‗g‗ri qarash shakllantirilgan.
Rasmiy ma‘lumotlarga kо‗ra birinchi bо‗lib mesxeti turklari mahalliy aholiga nisbatan sovuq qurol ishlatganlar. Xatto militsiya xodimlari mesxeti turklariga murojaat qilib, ―о‗zbeklarga tegmanglar, ularni о‗tqazib yuboringlar‖ deyishlariga qaramay, ular katta tо‗qnashuvlarni keltirib chiqarishgan. Natijada 72 nafar о‗zbek, tojik, qirg‗iz millatiga mansub kishilar, bir necha militsiya xodimlari og‗ir yarador holatda shifoxonaga keltirilgan. Vaziyat 1989-yilning 24-may kuni kechqurun nihoyatda keskinlashgan.
25-may kuni Quvasoy shahriga О‗zSSR Ichki ishlar qо‗shimcha kuchlari olib kelinadi, Respublika Ichki ishlar ministri Uchqun Raximov, DXQning о‗rinbosari va respublika prokurorlari kelishdi. Voqealar haqidagi axborotning yetishmovchiligidan har xil talqinlar paydo bо‗ladi. Tartibsizliklarning tashkilotchilari vaziyatni sun‘iy ravishda keskinlashtirishdan ustalik bilan foydalandilar. Quvasoydagi ―vahshiylar‖ haqida ―noma‘lum kishilar‖ tomonidan maxsus laboratoriyalarda ataylab tayyorlangan fotomontajlardan, turli vahimali mish-mishlar va bо‗htonlardan foydalanildiki, bularning hammasi kо‗p о‗tmay oblastning boshqa tumanlarida tо‗qnashuvlarning kelib chiqishishga sabab bо‗ldi.
Farg‗ona oblastidagi birinchi katta qonli tо‗qnashuv Marg‗ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq rayonida yuz berdi. Toshloqda 20 ga yaqin
millat yashagan bо‗lsa ular orasida mesxeti turklari 2300 nafarni tashkil qilgan. Fojealar 3-iyunda boshlangan. Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda bir guruh mahalliy yoshlar Internatsional kо‗chasi bо‗ylab yurib, yо‗llarida uchragan mesxeti turklarini ura boshlashgan, uylarining deraza-eshiklarini sindirishgan. 3000 nafar yoshlarning bezoriligi о‗z vaqtida bartaraf etilmadi. Tо‗qnashuvda 10 kishi (ulardan 4 nafari mesxeti turklari) о‗lgan.

  1. iyunda О‗zSSR Ministrlar Sovetining raisi G‗.Q.Qodirov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining tо‗liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‗ona viloyatining boshqar rayonlariga ham tarqalib ulgargan edi.

  2. iyun kuni Qо‗qon shahridan militsiya xodimlari Toshloqqa tashlandi. Bu paytda rayonda vaziyat boshqarib bо‗lmaydigan darajada izdan chiqib ketdi. Turli xil narsalar bilan qurollangan bezorilar kо‗chalarda faollik qilishardi. Raykom binosi oldida tо‗plangan 1000 nafar odam raykomga 2 qismdan iborat quyidagi talabnomani topshirishgan:

1.Ushlanganlar ozod qilinsin. 2. Mesxeti turklari Farg‗onadan zudlik bilan kо‗chirilsin.
Talabnoma rad qilingach, olomon raykom binosiga hujum qiladi. Militsiya xodimi olomonga qarata avtomatdan о‗q uzadi. 2 kishi xalok bо‗lgan 5-6 kishi yaralangan va olomon chekingan. Lekin olomon shaharning boshqa joylarida tо‗palonlarni davom ettirishgan.
Toshloqdagi fojealar oqibatida 5-iyunga qadar tumanda 16 nafar kishi (11 nafari mesxeti turklari va 5 nafar о‗zbek), keyinroq yana 2 nafar kishi xalok bо‗ldi. 46 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan, 57 ta uy yondirildi va 121 ta uyga shikast yetkazildi. Rayon xо‗jaligiga 0,5 mln. rubl zarar yetkazildi.

  1. iyunda О‗zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‗ona oblastining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida kommendantlik soati joriy qilinadi. Hukumat komissiyasinig raisi G‗.Qodirov komissiya a‘zolari bilan maslahatlashmasdan Farg‗ona viloyatida harbiy holat joriy qilish tо‗g‗risida iltimosnoma bilan Markazga murojaat qiladi. U о‗zining bu qarorini ekstremistlarning Farg‗ona oblastidagi harakatlari sovet hokimiyatini qulatishga qaratilgan deb asoslamoqchi bо‗ldi. Markaz butun bunyo nigohi Moskvada о‗tayotgan SSSR xalq deputatlari 1-syezdiga qaratilgan paytda Farg‗onada harbiy holat joriy etishga jur‘at qilmagan bо‗lsada, SSSR Ichki ishlar ministrligiga bо‗ysunuvchi general-polkovnik Y.Shatalin boshchiligida IIVning ichki qо‗shinlarini Farg‗onaga jо‗natdi. Iyun oyi davomida Farg‗onaga ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi.

  2. iyunda Marg‗ilon shahrida О‗z KP MK birinchi sekretari R.Nishonov, О‗zR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.Ibrohimov, О‗zSSR Ministrlar Soveti raisi G‗.Qodirov, SSSR Ichki ishlar ministri V.Bakatin, О‗zSSR Ichki ishlar ministri U.Raximov, Farg‗ona obkomi SH.Yо‗ldoshev ishtirokida yig‗ilish bо‗lib о‗tdi.

Yig‗ilishda R.Nishonov quyidagi ma‘lumotlarni keltiradi: ―Fojealar natijasida
93 kishi xalok bо‗ldi. Shundan 64 kishi mesxeti turklari, 17 nafar о‗zbek, qolganlari millati aniqlanmoqda. Ichki ishlar ichki qо‗shinlarining 178 harbiy
xizmatchisi, 57 nafar militsiya xodimi yarador bо‗ldi. 1 ta militsiya xodimi vafot etdi. Oblastda 700 dan kо‗proq uy va boshqa imoratlarga, 168 ta transport vositasiga о‗t quyildi‖.

  1. iyunda Marg‗ilon shahrida ruxsat berilmagan 2 ta miting bо‗ldi. Bu mitingda ―Birlik‖ harakati raisi Abduraxmon Pо‗latov, О‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi Muhammad Solih va diniy ulamolar qatnashib aholini tinchlantirishga harakat qilishdi. Miting qatnashchilari mesxeti turklarini tarixiy vatanlariga qaytishini hamda hibsga olingan namoyishchilarni ozod qilishni talab qildilar. Shu kuni Quvasoyda ham shu talablar bilan miting bо‗lib о‗tdi.

  2. iyunda Oxunboboyev, Toshloq, Oltiariq, Rishton, Bog‗dod, Buvayda tumanlari va Marg‗ilon shahridan xar xil narsalar bilan qurollangan asosan 16-25 yoshlardagi yigitlar avtobus va yuk mashinalarda Qо‗qon shahriga kirib kela boshladilar. Ular Qо‗qon shahri yoshlarini о‗zlariga qо‗shilishni talab qildilar. Qо‗qon shahri markazidagi Lenin maydoniga tо‗planib, bir kun avval hibsga olingan yoshlarni ozod qilishni talab qildilar. Shu payt militsiya xodimlaridan biri tо‗pponchadan о‗q uzib 16 yashar о‗smirni о‗ldirdi. Tо‗qnashuv boshlanib ketadi. Militsiya xodimlari va askarlar maydonda tо‗plangan aholini о‗qqa tutadi. Rasmiy ma‘lumotlarga kо‗ra shu yerning о‗zida 20 kishi xalok bо‗ldi, 77 nafar kishi yaralandi.

Namoyishchilarning о‗qqa tutilishi barcha qо‗qonliklarning g‗azabini keltirdi. 8-iyun kuni Qо‗qonda 5000 nafardan ziyod mahalliy aholi shahar rahbarlariga о‗z noroziliklarini bildirish uchun shahar partiya komiteti binosi oldiga tо‗planishib, 6 banddan iborat quyidagi talabnoma bilan chiqishadi:
1. Yangi Qо‗qon ximiya kombinati yopilsin. 2. Ishsizlar ish bilan ta‘minlansin. 3. Yosh oilalar alohida uy bilan ta‘minlansin. 4. Oylik maoshlar oshirilsin. 5. 7-iyunda aholiga о‗q uzganlar javobgarlikka tortilsin. 6. Paxta plani kamaytirilsin va xarid narxi oshirilsin.
Shahar obkomi X.Xojimatov va partkom X.Musabekovlar namoyishchilar oldiga chiqib 6 ta talabnomani tushuntirayotgan paytida katta leytinant Maksimovich avtomatlardan о‗q uzishni buyuradi. X.Musabekov va uning yonidagilar hech narsa demasdan gorkom binosiga kirib ketishadi. Askarlar yig‗ilganlarni о‗qqa tutishda davom etadi. Osmondan turib 2 ta harbiy vertolyot olomonga о‗q yog‗diradi. Rasmiy ma‘lumotlarga kо‗ra bu yerda 8 kishi xalok bо‗lgan. 10 dan ziyod kishi yaralangan.
О‗zbekistonda 11-iyun motam kuni deb e‘lon qilindi. Shu kuni Farg‗ona viloyatining butun hududida osoyishtalik saqlanib turdi.
Biroq tadbirlarga qaramay fojeali voqealar Farg‗onadan qо‗shni hududlarga ham tarqaldi. 12-iyunga о‗tar kechasi Namangan shahrida 16-30 yoshlardagi 300 dan ortiq yshlar tartibsizlik uyushtirishdi.
О‗zbekistonda mesxeti turklarini RSFSRga evakuatsiya qilish 9-iyundan boshlanadi. Farg‗ona oblastidan jami 16. 289 nafar mesxeti turklari kо‗chirildi. Evakuatsiya qilish 18-iyunga kelib yakunlandi. Lekin mesxeti turklari Rossiyada qolishni istamadilar va о‗zlarining tarixiy vatanlariga qaytirilishlarini talab qildilar. Ammo bu talablar sovet rahbariyati tomonidan turli bahonalar bilan bajarilmadi.
Ma‘lumotlarga kо‗ra Farg‗onadan kо‗chirilgan mesxeti turklarining kо‗pchiligi keyinchalik О‗zbekistonga qaytib kelgan.
15-iyun kuni Toshkentda О‗z KP respublika partiya-xо‗jalik faollarining yig‗ilishi bо‗lib о‗tdi. Unda R.Nishonov ―Farg‗ona oblastidagi millatchilik kо‗rinishlari va partiya, sovet, ma‘muriy organlarning respublikadagi vaziyatni barqarorlashtirish vazifalari tо‗g‗risida‖ ma‘ruza qilib, unda Farg‗onada bо‗lib о‗tgan yoshlarning harakatini ―millatchilik‖ kayfiyatlari bilan quyidagicha bog‗laydi: ―Boshboshdoqlik millatlararo tusda bо‗libgina qolmay, tobora sovetlarga qarshi tus ola boshlaydi‖. Ushbu yig‗ilishda Farg‗ona fojealariga siyosiy jihatdan tо‗g‗ri baho berilmadi. Mahalliy aholining harakatlari
―millatchilik va buzg‗unchilik‖ sifatida qoralandi. О‗zbekiston SSR rahbariyati ham Markazdan kelgan ―nufuzli rahbarlar‖ning barcha fikrlariga qо‗shilib, о‗zbek xalqi manfaatlariga hamda tarixiy adolat va haqiqatga zid qarorlar qabul qilishdi.
1989-yil 23-iyunda respublika rahbari etib saylangan Islom Karimov 24-iyun kuni О‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis о‗tkazdi va unda nutq sо‗zladi. Ushbu nutq Islom Karimovning О‗zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi edi. Islom Karimovning mazkur chiqishida siyosiy yetakchiga xos xarakteri namoyon bо‗ldi.
Islom Karimov 1989-yilning 25-iyun kuni Farg‗onaga yо‗l oladi. Оdaмlar bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan oxu nolalarini tinglab, yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy sо‗zlari bilan bamisoli ularning qalbidagi jarohatlarga malham qо‗ygandek bо‗ladi, kо‗ngillarida yaxshi kunlarga umid uchqunlarini uyg‗otadi. Tartibsizliklar, qon tо‗kilishining oldini olish bо‗yicha butun mas‘uliyatni о‗z zimmasiga olib, aniq chora-tadbirlar kо‗radi.
Islom Karimov lavozimga kirishganiga ikki kun bо‗lar-bо‗lmas og‗ir muammo bilan tо‗qnashadi. 1989-yil 25-iyunda Farg‗onada vaziyat keskinlashadi. О‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisi tо‗polon bо‗layotgan joyga desantchilarni tashlash tо‗g‗risida kо‗rsatma bergani bois, kо‗chalarda BTRlar turgan, avtomatchilar odamlarni tekshirib о‗tkazayotgan bir paytda Islom Karimov о‗sha yerga yetib boradi. Bunday sharoitda, avvalo, odamlarni tinchlantirish, buning uchun ular kо‗ngliga vahima solib turgan qurolli kuchlarni olib ketish zarurligini tushungan Islom Karimov desantchilarni joyiga qaytarish haqida topshiriq beradi. Shu kuni xavfsizlik xizmatining qattiq qarshiligiga qaramay, Qо‗qonga yetib keladi. Yо‗l yо‗lakay bir-ikki joyda odamlarning rо‗y berayotgan voqealar haqidagi fikrini о‗rganadi.
Natijada shu narsa ayon bо‗ladiki, odamlar hech kimga va hech narsaga davlatga ham, adolatga ham ishonmay qо‗ygan, nihoyatda alamzada ahvolda edi. Shunda Islom Karimov ularga: “Men sizlar bilan birgaman, muammolarni birgaliqda hal etamiz, lekin sizlardan iltimosim, faqat hamma joyda tinchlik, tartib-qoida bо„lishi kerak”, deydi.
Farg‗ona vodiysi oblastlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, mintaqadagi ijtimoiy muammolar haqida ochiq-oydin va oshkora gapiradi, mavjud keskin ahvoldan chiqish yо‗li sifatida aholining turmushini yaxshilash, jumladan,
odamlarni ish bilan, tomorqa va uy-joy uchun yer uchastkalari, chorva mollari bilan ta‘minlash masalalarini birinchi bor amaliy nuqtai-nazardan kun tartibiga jiddiy qо‗yib, tegishli vazirlik va idoralar, oblast va rayon rahbarlariga aniq topshiriqlar beradi.
Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida Vatanidan quvib chiqarilgan qator xalqlarga о‗z yurtiga qaytishlarida yordam berish tо‗g‗risida Deklaratsiya qabul qilindi va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi. Aytish mumkinki, о‗z vaqtida katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bо‗lgan bunday hujjat (u qanday hal etilganidan qat‘i nazar) faqat О‗zbekistonda qabul qilindi1. Bu harakat respublika rahbariyatining jonkuyarligi va adolatparvarligidan dalolat berardi.
Davlatimiz rahbarining turli chiqishlarida aytgan, millionlab kishilar kо‗ngliga ishonch, bilagiga kuch baxsh etgan sо‗zlari, ya‘ni ―О‗zbekistonda millatlar о‗rtasida qon tо‗kilmaydi‖, ―Farg‗ona voqealari boshqa qaytarilmaydi‖, deya bergan va‘dasi uning ham lafzi qat‘iy rahbar, ham ulkan shaxs ekanini namoyon etdi. Hayotda inson uchun oilasi, umr yо‗ldoshi, farzandlari, uy-joyi, mol-mulki, obrо‗-e‘tibori, sog‗lig‗i qanchalar qadrli bо‗lsa, shularning barchasidan u millatlararo janjal, qon tо‗kishlar sabab ayrilib qolishi mumkin.
Agar о‗sha yillar tarixiga e‘tibor beradigan bо‗lsak, Farg‗ona voqealari haqida shov-shuv kо‗targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obrо‗ topish, о‗z g‗arazli manfaatlariga erishish, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar kо‗p bо‗lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.
Islom Karimov Farg‗ona oblastida ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqargan sabablar haqida quyidagilarni bayon etgan edi: “Boz ustiga, keyinchalik ma‟lum bо„lishicha, kо„pgina amaldor shaxslar, jumladan voqealar о„t-olovdek chaqnab ketgan Toshloq rayonidagi ana shunday shaxslar qonun-qoidalarni buzishgan, poraxо„rlik qilishgan. Ular, avvalo, о„zlari va qarindosh-urug„lariga yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari ajratib berishgan, ssudalar olishgan, holbuki, yer va qarz olishga muhtoj bо„lgan 400 nafar oddiy mehnatkashga rad javobi berilgan edi.
Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilarga g„ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо„pol tarzda buzilgan, gazlashtirish, suv ta‟minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal bо„lmay qolavergan”2 .
I.A.Karimov О‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‗mitasining 1989-yil 19- avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‗lib о‗tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat‘iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta‘kidlaydi: “О„zbek xalqining vijdoni pok. Farg„ona voqealari о„zbek xalqining irodasi bilan sodir bо„lmadi. Bu


1 Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиѐсий эссе. -Т.: ―Ёзувчи‖. 1998. 25 б.
2 Karimov I. A. О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‗zbekiston, 2011. 179-180 b.
voqealarga tuturiqsiz va g„arazli maqsadlarni kо„zlab, kim qanday bо„yoq bermasin, tarix, albatta, о„zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondо„stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha о„zbek xalqiga xos fazilat bо„lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bо„lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan kо„pgina misollar bilan isbotlangan” (O‗sha joyda).
I.A.Karimov Farg‗ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg„ona voqealari, shuningdek, keyingi paytlarda rо„y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо„lishiga kim sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma‟qulchiliklar respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”.
Farg‗onadagi voqealar tugaganidan sо‗ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bо‗ka tumanlarida ba‘zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‗ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta‘sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi.
1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо„ka tumanida janjal-tо‗polonlar bо‗lib о‗tadi. Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bо‗ladi yо‗l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar tо‗polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‗zini tanishtiradi. Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо„lsa, menga aytinglar, hammasiga e‟tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi. Markaz haqida о‗zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bо‗shashib qoladi.
1990-yil 3-5-dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‗shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‗rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‗ldi.
О‗tgan asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi siyosiy tizimi va xо‗jalik yuritish usullarining rivojlanish imkoniyatlari kamayib bordi.
О‗zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan kompaniyalarning eng oxirgisi ―Paxta ishi‖ sifatida tarixga kirdi. ―Paxta ishi‖ (―О‗zbek ishi‖) mustabid sovet hokimiyati tomonidan 1983-1990-yillarda о‗zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan navbatdagi qatag‗on siyosati bо‗lgan edi.
Sovet Ittifoqining yangi rahbari Y.V.Andropov tashabbusi bilan 1983-yil fevral oyida KPSS MK Siyosiy byurosi О‗zbekistonda paxtachilik sohasidagi kо‗zbо‗yamachilik bо‗yicha tekshirishlar о‗tkazish tо‗g‗risida qaror qabul qilib, bu vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus tergov komissiyasi tuzishni topshirdi. 1983-yil aprelda T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida ana shunday maxsus tergov guruhi tuzildi. T.X.Gdlyan-N.V.Ivanov guruhi 1983-yil avgustida ish boshladi. Ular keyinchalik Markazdan respublikamizga kelgan ―desantchilar‖ (―kadrlar tо‗dasi‖): partiya, sovet va xо‗jalik rahbarlariga tayanib, О‗zbekistonda keng miqyosli sud-tergovni amalga oshirishga kirishdilar.
Ulkan mamlakatni qamrab olgan inqiroziy holatlarni sovet rejimi mavjud tizim negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb hisoblagan Markaz
bu davrda О‗zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab oldi. Respublikada
―tozalash ishlari‖ni olib borishdan kо‗zlangan maqsadni faqat iqtisodiy jinoyatchilikni fosh etish emas, balki mamlakat hayotidagi umumiy salbiy xolatlarni tо‗xtatish, ―temir partiyaviy intizom‖ bilan milliy kadrlarni jilovlab, erkin fikrlaydigan ziyolilar va boshqa mutaxassis kadrlarni jilovlash, ittifoqdosh respublikalarda yuzaga kelayotgan milliy ijtimoiy-siyosiy unsurlarni bо‗g‗ib tashlash, milliy ong va kishilarning faoliyatini ham mahkam ushlab turishdan iborat edi.
Hisob-kitoblarga kо‗ra, SSSR miqyosida xom ashyo yetkazish sohasida qо‗shib yozish 2-25 % atrofida bо‗lgan. Bu xolat О‗zbekistonga nisbatan boshqa respublikalarda avvaldan mavjud bо‗lib, kо‗lami ham ancha katta bо‗lgan. Biroq Markazning yangi rahbariyati tomonidan 1983-yili О‗zbekiston SSRda qatag‗onning yangi bosqichi boshlanib, gо‗yoki Sovet Ittifoqidagi barcha jinoyatlar faqat О‗zbekistonda sodir qilindi, uni faqat о‗zbeklar amalga oshirdi, degan fikr jamoatchilik ongiga singdirish maqsad qilindi.
О‗zbekistonda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‗liq jarayonlardagi qо‗shib yozish, о‗g‗irlik, poraxо‗rlik aybi bilan respublikadagi jamoa xо‗jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 %, qishloq xо‗jaligi yetakchi mutaxassislarining 45 %, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 %, shuningdek О‗zbekiston paxta tozalash sanoati vazirligi tizimidagi kо‗plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xо‗jalik rahbarlari о‗z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qо‗zg‗atildi. Ayrim rahbarlar qamoqqa tushmaslik uchun о‗z jonlariga qasd qilishdi.
1983-1986-yillarda sovet jamoatchiligi T.X.Gdlyan rahbarligidagi gurux faoliyatidan butunlay bexabar edi. Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi. Ammo 1987-yildan boshlab OAV guruh ishini keng kо‗lamda va ayni vaqtda bir xil ijobiy yorita boshladi. Gdlyan-Ivanovlarning nomlari, ayniqsa, 1988-yildan butun SSSRda va chet ellarda mashxur bо‗lib ketdi.
Gdlyan gruppasining g‗ayriqonuniy hatti-harakatlari tо‗g‗risida birinchi shikoyat Moskvaga 1983-yildayoq yuborilgan edi. 1987-yildan bu shikoyatlar tobora kо‗payib boraverdi. 1989-yil 25-aprelda ―Xint ishi‖ bо‗yicha T.X.Gdlyan faoliyati keskin tanqid ostiga olinganidan sо‗ng shikoyatlar avj oldi. 1989-yil may oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya qisqa muddatda xulosalar chiqarib, Gdlyan va Ivanov sotsialistik qonunchilikni qо‗pol tarzda buzdilar, deb sо‗zsiz tasdiqladilar. 1989-yil 25-mayda SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qо‗zg‗atildi. Ammo Gdlyan bilan Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi.
Maxsus komissiya 1989-yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar jamoatchilik fikrini eshtib va sud-tergov xujjatlarini о‗rgandi. 1989-yilning 12-24-dekabrda bо‗lib о‗tgan SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida 23-dekabr kuni ―SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan
bog‗liq bо‗lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti‖ tinglandi. Xisobotda tergov gruppasining jinoyatda ayblangan kishilarning oila a‘zolarini, qarindoshlarini, jumladan, betoblarni, keksa yoshdagi kishilarni, kо‗p bolali onalarni qamab qо‗yish amaliyoti keng qо‗llanilganligi ochiq aytildi. Sudlanganlardan, ayblanuvchilardan va ularning qarindoshlaridan tushgan shikoyatlarda tergovchilarning g‗ayriqonuniy harakatlari, ―otib tashlayman‖, deb dag‗dag‗a qilishgani va boshqa yо‗sundagi qо‗rqitishlari, grajdanlarning haqoratlanishi, ularning sha‘ni va qadr-qimmati yerga urilgani, jismoniy kuch ishlatilgani о‗z tasdiqini topganligi e‘tirof etildi.
Gdlan-Ivanovlar 1990-yil 19-aprelda SSSR prokuraturasidagi о‗z vazifasidan chetlashtirildi. Biroq SSSR prokuraturasining mas‘ul xodimi 2-darajali adliya maslahatchisi V.Ilyuxin rahbarligidagi Gdlyan-Ivanov guruhiga qarshi qо‗zg‗atilgan ish ham tо‗xtatib qо‗yildi. Chunki V.Ilyuxin xujjatlarni puxta о‗rganib, nafaqat bu ikki tegovchiga qarshi, balki SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevga qarshi ham ish qо‗zg‗atib, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini qо‗ygan edi.
Islom Karimov respublika rahbarligiga kelgach, 1989-yil sentabrda ―paxta ishi‖ni chuqur о‗rganish bо‗yicha О‗zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. Qamoqqa olingan kishilarning ming jilddan ortiq ―ish‖lari qayta kо‗rila boshlandi. Komissiya faoliyatiga Ministrlar kabineti raisining birinchi о‗rinbosari I.H.Jо‗rabekov raislik qildi. О‗zSSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi A.A.Polvonzoda unga о‗rinbosar bо‗ldi. Komissiya tomonidan ―paxta ishi‖da nohaq jabrlangan minglab kishilar avf etildi va oqlandi.
1990-yilda О‗zbekiston SSR Oliy sudi raisining birinchi о‗rinbosari (A.Polvonzoda), respublika prokurori о‗rinbosari (Rashid Qodirov), О‗zbekistondan saylangan SSSR Xalq deputatlari (Erkin Yusupov, Axmadjon Muxtorov va boshq.) Markazdan Gdlyan-Ivanov ishini kо‗rib chiqishni О‗zbekistonga kо‗chirishni talab qilishdi. Biroq SSSR Bosh prokurori N.Trubin ayrim siyosiy kuchlarning tazyiqi bilan 1991-yil 30-avgustda ―Gdlan va Ivanov harakatlarida jinoyat alomatlari yо‗qligi hamda siyosiy vaziyatning о‗zgarganligi uchun jinoiy ishni tо‗xtatish tо‗g‗risida‖ qaror qabul qildi. Xolbuki, Gdlyan- Ivanov ustidan maxsus tekshirish ishini olib borayotgan tergovchilar hali ishni tugatmagan edilar.
Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda О‗zbekistonda ―Paxta ishi‖ (―О‗zbek ishi‖)
―jinoyat‖ ishi bo‘yicha 1983-1990-yillarda jami 40 000 kishi tergovga tortilgan. Ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz о‗tirdi. 4018 kishi noqonuniy sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
O‗zbekistonda ―paxta ishi‖ degan soxta kompaniya qatag‗on siyosati ta‘sirida nohaqlik va adolatsizlik avjiga chiqqan, partiya, sovet va davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida aynish boshlangan, turli buzg‗unchi kuchlar, diniy niqobdagi radikal oqimlar bosh ko‗targan, bu ham yetmaganidek, hukmron sobiq Markazdagi ikkiyuzlamachi matbuot tomonidan xalqimizning boshiga yog‗dirilgan bo‗hton va tuxmatlar odamlarimizning ruhi va kayfiyatini tushirgan. Xalq o‗rtasida ertangi kun ishonchiga jiddiy putur yetgan edi.
О‗zbekistonning yangi rahbari I.A.Karimov (1938-2016) 1990-yil 4-iyul kuni KPSS XXVIII syezdida sо‗zlagan nutqida ―О‗zbeklar ishi‖ degan haqoratli gapga chek qо‗yishni talab qiladi. 1990-1991-yillarda ―Paxta ishi‖ bilan nohaq qamalganlar ichida afv etilganlar soni 1600 kishidan oshib ketdi.
Yaqin o‗tmishda boshimizdan kechirgan ana shunday mash‘um kunlarni eslar ekanmiz, bugungi erkin va ozod hayotimizni asrash, uning qadriga yetish, hozirgi o‗ta notinch va tahlikali zamonda doimo hushyor, ogoh va sergak bo‗lib yashash zarurligini yanada chuqur anglaymiz.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin