О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Islom Abdug„aniyevich Karimov hayot



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə16/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Islom Abdug„aniyevich Karimov hayot yо„li.
1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‗ilgan. Millati – o‗zbek. Oliy ma‘lumotli, O‗rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‗jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan.
1960-yildan 1966-yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‗lib ishladi.
1966-yilda О‗zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o‗tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o
‗rinbosarigacha bo‗lgan yo‗lni bosib o‗tdi.
1983-yilda I.A.Karimov О‗zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‗zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‗rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi.
1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989-yilning iyunidan boshlab О‗zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990-yil 24-mart kuni O ‗zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.A.Karimov О‗zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991-yil 31-avgust kuni I.A.Karimov tarixiy voqea – О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qildi.
1991-yil 29-dekabridan muqobillik asosida o‗tkazilgan umumxalq saylovida I.A.Karimov О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1994-yil I.A.Karimovga ―О‗zbekiston Qahramoni‖ unvoni va ―Oltin Yulduz‖
medali berildi.
1994-yil I.A.Karimov O‗zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.
1995-yil 26-martida bo ‗lib o‗tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‗ra I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
1996-yil I.A.Karimovga ―Mustaqillik‖ ordeni berildi.
1998-yil I.A.Karimov ―Amir Temur‖ ordeni bilan mukofotlandi.
2000-yil 9-yanvarda bo‗lib o‗tgan saylovda I.A.Karimov О‗‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
2002-yil 27-yanvarda bo‗lib o‗tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5-yildan 7-yilga uzaytirildi.
2007-yil 23-dekabrda bo‗lib o‗tgan saylovda I.A.Karimov О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2015-yil 29-mart Islom Karimov to‗rtinchi marta o‗tkazilgan Prezident saylovlarida 90,39 % ovoz bilan O‗zbekiston Prezidenti etib saylandi.
2016-yil 2-sentabr Islom Karimov vafot etdi.
2017-yil 25-yanvar kuni O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‗aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-2744) qabul qilindi. O‗zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan ―Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berildi. 2017-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida, 2- sentabrda Samarqand shahrida Islom Abdug‗aniyevich Karimov haykali ochildi.
2018-yil 30-yanvar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‗aniyevich Karimov tavalludining 80-yilligi munosabati bilan Qarshi shahrida I.A.Karimov haykali, Samarqand shahrida esa I.A.Karimov maqbara majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‗lib o‗tdi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin