О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

QAYTA QURISH – XX asrning 80-yillari о‗rtalarida keng iste‘molga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh qilish yо‗li bilan о‗zgartirishga qaratilgan harakat. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda tо‗planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni ―qayta qurish‖ yо‗li bilan hal etishdan iborat bо‗lgan. M.S.Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayotida va umuman, jahonda ma‘lum о‗zgarishlarga sabab bо‗ldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, ―sovuq urush‖ning tugashi, Germaniyaning birlashuvi va b.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bо‗htonlar kuchayib ketdi.
Qayta qurish sobiq SSSRda tо‗planib qolgan muammolarni tо‗la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‗oyalariga tо‗g‗ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir-oqibat KPSSning halokati va SSSRning parchalanishiga turtki bо‗ldi.
QIZIL IMPERIYA” – 1917-1991-yillarda mavjud bo‘lgan sobiq Sovet Ittifoqiga nisbatan tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. Sho‘rolar davlatining bayrog‘i qizil rangda bo‘lganligi uchun shunday nomni olgan. G‘arb ommaviy axborot vositalarida bu davlat ―xalqlar turmasi‖ deb ta‘riflangan bo‘lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini ―Yovuzlik imperiyasi‖ deb atagan edi. ―Imperiya‖ so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.


Mavzuga oid muhim sanalar:



1983-1990-yillar

O‗zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi qatag‗on siyosati – “Paxta ishi” (―О‗zbek ishi‖). O‗zbekistonda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‗liq jarayonlardagi qo‗shib yozish, o‗g‗irlik, poraxo‗rlik aybi bilan respublikadagi jamoa xo‗jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xo‗jaligi yetakchi
mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada




boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, O‗zbekiston paxta tozalash sanoati ministrligi tizimidagi ko‗plab rahbarlar, oblast va rayon partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xo‗jalik rahbarlari o‗z vazifalaridan olib tashlandi. Jami 40 000 kishi tergovga tortildi. Ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‗tirdi. 4018 kishi noqonuniy sud qilinib, turli
muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

1983-yil fevral

Y.V.Andropov tashabbusi bilan KPSS MK Siyosiy byurosi O‗zbekistonda paxtachilik sohasidagi ko‗zbo‗yamachilik bo‗yicha tekshirishlar o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul qilib, bu vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus
tergov komissiyasi tuzishni topshirdi.

1983-yil aprel

O‗zbekistonda paxtachilik sohasidagi ko‗zbo‗yamachilik bo‗yicha tekshirishlar o‗tkazish maqsadida T.X.Gdlyan va
N.V.Ivanov rahbarligida maxsus tergov guruhi tuzildi.

1983-yil avgust

T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida maxsus tergov
guruhi О‗zbekistonda о‗z jinoiy faoliyatlarini boshlashdi.

1983-1986-yillar

Sovet jamoatchiligi О‗zbekistonda T.X.Gdlyan rahbarligidagi gurux faoliyatidan butunlay bexabar edi.
Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi.

1985-yil 23-aprel

KPSS Markaziy Komitetining plenumida noxush tendensiyalar yig‗ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e‘tirof etildi. Mazkur plenum jamiyatni
―qayta qurish‖ orqali iqtisodiyotni kо‗tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi.

1985-1991-yillar

M.S.Gorbachev tomonidan inqirozdan chiqish uchun ishlab chiqilgan “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berib, butun ittifoq, jumladan O‗zbekistonda ham ijtimoiy
muammolar battar chuqurlashib bordi.

1985-1986-yillar

Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy о‗zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi
hali tо‗la idrok etilmagan edi.

1987-yil

Mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xо‗jalik mexanizmini isloh qilish yо‗lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy
islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bо‗ldi.

1988-yil 12-yanvar


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin