О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

2-MAVZU:

MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDA
О„ZBEKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLI



Reja.

  1. Qayta qurish” siyosati va uning barbod bо„lishi.

  2. Mustaqillik arafasida O„zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.

  3. Farg„ona, Bo„ka, Parkent va Namangan voqealari.

  4. O„zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari.



Tayanch tushunchalar: “Afg„on urushi”, “Qayta qurish”, “Kadrlar tо„dasi”, “Paxta ishi” (“О„zbek ishi”), Inflayatsiya, Oshkoralik, Fargona voqealari, Milliy munosabatlar, Milliy uyg„onish.

Ma‘lumki, XX-asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi, murakkab ijtimoy- iqtisodiy о‗zgarishlar, kо‗lami jihatidan misli kо‗rilmagan jahon urushlari asri bо‗lib kirdi. XX-asr shuningdek, murkakkab g‗oyaviy-mafkuraviy kurashlar davri sifatida jahon siyosatida tub burilishlar rо‗y bergan davr bо‗ldi. Ushbu asrning muhim voqeligidan biri jahon tarixida ―Qizil imperiya‖ nomi bilan yuritilgan mustabid Sovet ittifoqining tashkil topishi va о‗tmish tarixdagi imperiyalar singari barbod bо‗lishi davri bо‗ldi. 1922-yilda jahon siyosiy xaritasida paydo bо‗lgan Shо‗rolar davlati 30-yillar qatag‗oni, 1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi, 50-60-yillardagi urush vayronalarini bartaraf etish, 70-yillar turg‗unlik yillarini boshidan о‗tkazib, 1991-yilgacha jahonning hududiy jihatdan eng katta davlati sifatida yashab keldi.


1925-yilda Moskvadagi bolsheviklar yо‗riqnomasi va andozasi asosida tashkil etilgan О‗zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi esa Sobiq Ittifoqning 15 ta ittifoqdosh respublikasidan biri sifatida qog‗ozda mustaqil, amalda qaram respublika sifatida mavjud bо‗ldi. О‗zbekiston tarixining 1917-1991-yillari esa tarixshunoslikda о‗z mazmun-mohiyatiga mos ravishda ―qaramlik‖ yilllari deb nomlandi.
О‗tgan asrning 70-80-yillarda sovet rahbariyatining notо‗g‗ri yuritilgan ichki va tashqi siyosati, oxir oqibat ushbu ulkan imperiyaning davlat sifatida barham topishiga zamin tayyorladi.
Iqtisodiy-xо‗jalik yuritilishining ekstensiv xarakteri, mamlakat iqtisodiyotining energoresurslar eksportiga tamomila bog‗lanib qolganligi 70-yillar sovet iqtisodiyotining juda nozik bо‗g‗ini bо‗lgan edi.
1979-yilda Sovet qо‗shinlarining Afg‗onistonga kiritilishi, kreml siyosatdonlarining tashqi siyosatda qimmatga tushgan navbatdagi xatolaridan biri bо‗lgan edi. Butun xalqaro hamjamiyat SSSRni tajovuzkor (agressor) mamlakat deb e‘lon qildi va 1980-yilda AQSH boshchiligidagi G‗arb mamlakatlari Moskva olimpiadasini boykot qildi. Ikkinchi jahon urushida ulkan ma‘naviy obrо‗ bilan chiqqan Sovet ittifoqi 80-yillarga kelib xalqaro maydonda yakkalanib qoldi.
―Sovuq urush‖ munosabatlari davom etayotgan ushbu davrda Sovet ittifoqining
azaliy harbiy-siyosiy va iqtisodiy raqobatchisi bо‗lgan G‗arb mamlakatlari Sovet ittifoqiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni joriy eta boshladilar. 80-yillarda jahon yoqilg‗i-energetika bozorida neft narxining keskin tushib ketishi, SSSRning yagona daromad manbaida mosuvo qildi. Keng xalq iste‘moli va oziq-ovqat maxsulotlari taqchilligi yuzaga keldi.
1985-yilda hokimiyatga kelgan M.S.Gorbochev hukumati mamlakat iqtisodiy jihatdan tang ahvolda ekanligini tushunib yetdi va mamlakatni inqirozdan olib chiqishga qaratilgan ―Qayta qurish‖ dasturini joriy eta boshladi. Ammo, puxta о‗ylab chiqilmagan islohotlar dasturi yarim asrlik chuqur ildiz otgan ma‘muriy buyruqbozlik tizimi, yakkapartiyaviy boshqaruv tizimi hamda eski nomenklatura sarqitlari islohtlar yо‗liga tо‗g‗anoq bо‗ldi. ―Qayta qurish‖ siyosati tamomila teskari natija berdi. 80-yillar oxiriga kelib butun Ittifoq respublikalarida mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimdan norozilik kayfiyatini yuzaga keltirdi.
1988-1990-yillarda О‗zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kо‗rsatkichlar bо‗yicha sobiq Ittifoqdagi о‗rtacha darajadan ancha orqada bо‗lib, oxirgi о‗rinlardan birini egallar edi. Markaz bosim о‗tkazayotgan tahlikali sharoitda о‗sha davrning og‗ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga tо‗g‗ri va xolis baho bergan inson Islom Karimov bо‗ldi. Shu о‗rinda Prezidentning 1990-yil 4-iyunda bо‗lib о‗tgan О‗zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‗zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq:
Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kо„rsatkichlar bо„yicha Ittifoqdagi о„rtacha darajadan ham ancha orqada bо„lib, mamlakatda oxirgi о„rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. О„zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bо„yicha mamlakatda 12-о„rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bо„yicha kо„rsatkich esa Ittifoqdagi о„rtacha darajadan ikki hissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xо„jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste‟moli mollari ishlab chiqarish о„rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste‟mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi о„rinlardan birida turibmiz.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin