О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Mavzuning asosiy tushunchalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari: GLOBALLASHUV (lotincha globus – yer shari) – aynan bu sо‗zni
―dumaloqlashuv‖, ―kurralashuv‖ deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining fan- texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi jarayonidir. Bu jarayon asrdan asrga, ming- ming-yillar davom etgan. Insoniyat jamiyati, ayniqsa, XVI-XX asrlarda XV


1 Qarang: Mirziyoyev SH.M. Niyati ulug‗ xalqning ishi ham ulug‗, hayoti yorug‗ va kelajagi farovon bо‗ladi. Asarlar 3-jild. -T.: ―О‗zbekiston‖. 2020. 24-25 b.)
asrgacha bо‗lgan uch million-yillik tarixida yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklarga nisbatan kо‗proq ne‘matlarni yaratdi.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundaki, u xalqlarning davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashuvini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Uning salbiy tomoni shundaki, kо‗p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bо‗ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay о‗z-о‗zidan faol ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi о‗z millatining raqobatbardoshligini kо‗rsatish, buning uchun uning faol siyosati, iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir.
Globallashuv davrida bugungi mustaqil О‗zbekiston fuqarosi hozirgi zamon amaliyoti talab qilayotgan tо‗rt sifatga ega bо‗lishi shart: 1) zamonaviy mutaxassis bо‗lishi; 2) о‗zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim о‗z bilim doirasini yangilab borishi; 4) tadbirkor-tashabbuskor bо‗lishi.
METODOLOGIYA (yun. methodos – yo‗l, usul, logos – ta‘limot) – insonning amaliy va nazariy faoliyatini to‗g‗ri uyushtirish va tuzish to‗g‗risidagi ta‘limot. Boshqacha qilib aytganda 1) ilmiy bilish metodlari va usullari to‗g‗risidagi ta‘limot; 2) inson faoliyatining biron bir sohasiga qo‗llaniladigan metod, usullar majmuasi.
SOTSIALIZM (lotincha ―socialis‖ – ijtimoiy) – xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta‘limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo‘l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur, oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi. Oqibatda inson o‘z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U ―omma‖ga aylanib, o‘z ―meni‖ni ham yo‘qotadi. Jamiyatda zo‘ravonlik, tobelik kuchayadi.
TOTALITARIZM (lotincha ―totalis‖ – butun, hammasi, to‘la) – davlatni boshqarish shakllaridan biri. Bir shaxs, ijtimoiy sinf yoki guruhning (masalan: harbiylar guruhi) yakkahokimligiga so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan, vaqtincha va o‘tkinchi siyosiy tartib. Totalitar davlat boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat hokimiyat organlari to‘liq nazorati o‘rnatiladi. Siyosiy erkinliklar bo‘g‘ilib, ommaviy axborot vositalariga senzura (davlat nazorati) o‘rnatiladi. Erkin fikr ta‘qiqlanadi va qatag‘on qilinadi.
XRONOLOGIYA (yun. xronos – vaqt, logos – fan) – 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt o‗lchovi haqidagi fan. Tarixiy X. – yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini o‗rganadi, tarixiy voqealar sodir bo‗lgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashga yordam beradi. X. taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin