О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:
AFG„ON URUSHI ―Sovuq urush‖ davri munosabatlari yuzaga keltirgan mintaqaviy muammolardan biri. Sobiq Sovet Ittifoqining Afg‗oniston milliy- tarixiy an‘analari va shart-sharoitlarini hisobga olmasdan 1978-yilda hokimiyatga kelgan Afg‗oniston Xalq demokratik partiyasini qо‗llab-quvvatlash bahonasida ushbu mamlakat ichki ishlariga qо‗pol ravishda aralashuvidan kelib chiqqan urush. SSSR qо‗shinlarining 1979-yil 25-dekabrda Afg‗onistonga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar kuchlar tomonidan keskin qoralandi. Kо‗p yillik urush mamlakat xо‗jaligiga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afg‗on halok bо‗ldi. 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib chiqib ketdi. Xalqaro hamjamiyat talabi bilan Sovet Ittifoqi о‗z qо‗shinlarini 1989-yil 15-fevraldan Afg‗onistondan olib chiqib ketishga majbur bо‗ldi. 1990-yil SSSR Xalq Deputatlari sezdi Afg‗on
urushini jinoiy va noqonuniy deb e‘lon qilgan.
Rasmiy ma‘lumotlarga kо‗ra Sovet Ittifoqidan bu urushda 543 ming 255 askar va ofitser ishtirok etib, ulardan, 14 ming nafari vafot etgan, 312 ta harbiy asirga tushgan, 50 ming askar yarador bо‗lgan. Bu askar-jangchilarning kо‗pchiligi asosan О‗rta Osiyo respublikalari va О‗zbekiston farzandlari edi.
AGITATSIYA (lotincha ―agitatio‖ – harakatga keltirish) – og‗zaki, yozma, matbuot yoki boshqa faoliyat orqali ommaning siyosiy faolligini uyg‗otish. О‗zaro muloqotlar, namoyishlar, gazeta va jurnallarda ommaviy nashrlar, radio va televidenieda chiqishlar agitatsiya (propaganda) vositasi bо‗lishi mumkin.
AGRESSIYA (lotincha ―agressio‖ – hujum) – bir davlatning ikkinchi davlat suvereniteti va chegara dahlsizligini noqonuniy ravishda buzib, uning hududiga bostirib kirishi. Agressiya aksariyat hollarda qurolli harakat tarzida uyushtiriladi. Bir davlatning ikkinchi davlatga qurolli hujumi tinchlik va xavfsizlikka qarshi eng og‗ir xalqaro jinoyatchilik hisoblanadi.
ANARXIYA (yunoncha ―anarchia‖ – boshliqsiz, hokimiyatsiz) – bir yoki bir necha shaxslar guruhining hokimiyatga boysunmasligi natijasida kelib chiqadigan tartibsizlik. Sobiq Shо‗rolar davlatida 80-yillarning oxirida ijtimoiy-siyosiy inqiroz natijasida xuddi shunga о‗xshash hokimiyatsizlik va boshboshdoqlik vujudga kelgan edi. 1989-yil iyul oyidan I.A. Karimov О‗zbekiston rahbari etib tayinlangach jamiyatimizdagi ana shu illatlarga asta-sekin barham berila boshlandi. BYUROKRATIYA (fransuzcha ―bureau‖ – kanselyariya, devonxona, yunoncha ―kratos‖ – hukmronlik) – davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan ma‘muriy buyruqbozlik yо‗li bilan boshqarish usuli.
Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan va‘dalar faqat qog‗ozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog‗ozbozlik va tо‗rachilik ma‘muriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-kо‗rsatmalari amalda bajarilmagan bо‗lsa ham qog‗ozda bajarilgan qilib kо‗rsatiladi. Qog‗ozda aks ettirilgan kо‗rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.
Sobiq Shо‗rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yо‗l qoyilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan bо‗lsada buyurokratiyaning asl kо‗rinishlari aynan shо‗rolar jamiyatida gullab yashnadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin