О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

10-MAVZU:

Mustaqillik yillarida qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat
xavfsizlik, favqulotda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi islohotlar ……………………………………………………

173

11-MAVZU:

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‗iston Respublikasi ……...

188

12-MAVZU:

O‗zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon
hamjamiyatidagi o‗rni ……………………………………...



208

13-MAVZU:

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‗zbekiston: milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari ………………………...

258




1-MAVZU:

KIRISH. “О„ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI”
FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.



Reja:

  1. О„zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. О„zbekistonning eng yangi tarixi fanini о„rganishning nazariy-uslubiy asoslari.

  3. О„zbekistonning eng yangi tarixini о„qitish va о„rganish tizimining tashkil etilishi.



Tayanch tushunchalar: О„zbekistonning eng yangi tarixi fani predmeti, О„zbekistonning eng yangi tarixi fanining о„rganish obyekti, О„zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi va vazifalari, Metodologiya, Dialektika, Xronologiya, Arxiv manbalar, Tarixni davrlashtirish, Komil inson.

Tarix fani odamzodning eng qadimgi davridan bugungi kungacha kechgan hayotini, о‗tmishdagi tarixiy jarayonlarni, turmush tarzini, avloddan-avlodga meros sifatida rivojlanib, boyib borayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy- madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, о‗z xalqiga bosh bо‗lib, ularga yetakchilik qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solib о‗rganuvchi va tasvirlovchi fandir.


Inson о‗z tarixini о‗rganish, bilish orqali kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotining bosqichlarini, jamiyatning inqirozli holatga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yо‗lidagi tajribalarini tushunib oladi, о‗tmish saboqlaridan xulosa chiqaradi va kelajakda tо‗g‗ri yо‗ldan borish lozimligini anglab yetadi. Shu jihatdan, tarix fani tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va an‘analarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni tо‗g‗ri anglab kelajakni asosli ravishda kо‗ra bilishga kо‗maklashuvchi ilm manbaidir.
Har bir mamlakat, har bir xalq о‗zining uzoq va betakror tarixiga ega. О‗zbekistonning, о‗zbek xalqining tarixi boy va sermazmun. О‗zbekiston jahon tarixining turli xalqlar, tamaddunlar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat sivilizatsiyasining takomiliga ma‘lum darajada ta‘sir etib bordi.
Xalqimizning davlatchilik tajribasi ham boy va qadimiy. О‗zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari bundan salkam 3000 yil muqaddam (mil.avv. 1-ming yillik boshlarida) paydo bо‗lib, о‗tgan ming yilliklar davomida takomillashib, dunyo davlatchiligi rivojiga munosib hissa qо‗shib keldi. Bugungi mustaqil О‗zbekiston davlati xalqimizning ming yillik davlatchiligining tarixiy vorisi – davomchisidir. О„zbekistonning eng yangi tarixi fani anashu mustaqil О‗zbekiston davlatining zarvorli tarixini о‗rganuvchi fandir.
Mamlakatimizning 1991-yildan keyingi mustaqillik davri xalqimiz qadimiy
tarixining uzviy va tadrijiy qismi hisoblanadi. Chunki aynan shu tarixiy sanadan о‗zbek xalqining davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. ―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ deb ataladigan mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub ijtimoiy- siyosiy va ma‘naviy-madaniy о‗zgarishlar, asriy orzularimizning rо‗yobi, buyuk kelajak va farovonlik jamiyatini qurish davri bо‗lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda rо‗y berayotgan о‗zgarishlarni tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan tо‗g‗ri xulosa chiqarish tarixiy zaruratga aylandi.
―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ fanining predmetini mustabid sovet tuzumining inqirozi boshlangan XX-asrning 80-yillari oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar mamlakatimizda kechgan tarixiy jarayonlar tashkil etadi.
О‗zbekistonning istiqlolga erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holati, mustaqillikni qо‗lga kiritish jarayonlari, О‗zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari, istiqlol yillarida siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy sohalardagi о‗zgarishlar, О‗zbekistonning xalqaro maydondagi о‗rni va mavqei, tashqi siyosatda, ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash borasida olib borgan siyosati, О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‗aniyevich Karimov hamda bugungi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari asosida qо‗lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur fanning о‗rganish va tahlil qilish obyekti hisoblanadi.
Milliy istiqlol о‗zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yо‗lda minglab Vatan fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qо‗lga kiritilishi katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va mas‘uliyatli vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi davlat chegaralarining daxlsizligi, о‗sha mamlakat fuqarolarining о‗z yurtiga mehr-muhabbat bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bо‗lsa jonini fido qilishga ham tayyor bо‗lishdek oliyjanob fazilatlarga ega bо‗lishlariga bog‗liq. Bu fazilatlarni xalq, yurt kelajagi – yoshlar ongida shakllantirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi.
―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar majmuasidir. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‗liq holda о‗rganiladi. Insoniyat hayotining ma‘no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqimizning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnologiya, о‗zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar eng yangi tarix falsafasini chuqur anglab yetishga kо‗maklashadi.
Bugungi globallashuv asrida ta‘lim sohasida ―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ fanini о‗qitish zamirida mamlakatimizning intellektual va ma‘naviy boyligi bо‗lgan yoshlar salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi omili yotadi. Globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning
milliy boyligini kо‗paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma‘naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, о‗zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yо‗lida foydalanish imkonini beradi. Fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi.
Mazkur fanning о‗qitilishi jarayonida talaba fan bо‗yicha mustaqillikka erishish arafasida О‗zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi о‗zgarishlarni, О‗zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi о‗rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi;
О‗zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‗rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‗oyasini qо‗llay bilish, atrofida sodir bо‗layotgan jarayonlarga о‗z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining о‗rnini anglash va bugungi kunda sodir bо‗layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‗liqligini bilish kо‗nikmalariga ega bо‗ladi.
Shuningdek, О‗zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma‘naviy- milliy va umuminsoniy masalalar bо‗yicha о‗z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‗oyalariga amal qiladigan faol zamonaviy dunyoqarash malakalarga ega bо‗ladi. Bu о‗z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurini shakllantirib, komil inson bо‗lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa О‗zbekiston tarixi fanining mantiqiy davomi bо‗lgan
―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ fani bо‗yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bо‗ladigan, yurt kelajagi uchun qayg‘urib yashaydigan komil, о‗z ona yurti bilan g‗ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat.
Istiqlol yillarida О‗zbekistonda tarix fani katta о‗zgarishlarga yuz tutdi. Sovet mafkurasi tо‗laligicha va qat‘iyan rad etilib, kо‗p omilli metodologik yondashuvlarga jiddiy e‘tibor qaratildi. Milliy istiqlol g‗oyasiga asoslangan yangi metodologik yondashuvlar paydo bо‗ldi, ilm-fanning muammoli sohalariga shu kungacha о‗rganilmagan mavzular kirib keldi, kо‗plab tarixiy voqealarga yangicha izohlar berila boshlandi, yangicha ta‘lim standartlari, dasturlar, darslik va о‗quv qо‗llanmalar ishlab chiqildi. Lekin, shunga qaramay, hali qilinishi lozim bо‗lgan ishlar juda kо‗p. О‗tgan davr mobaynida О‗zbekistonning eng yangi tarixidagi voqealar kо‗lami va о‗sish sur‘ati fan va ta‘lim oldiga ularni tizimli ravishda о‗rganish vazifasini qо‗ymoqda. Bu, bir jihatdan, mamlakatimiz keyingi 30 yil davomida iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy sohalarda erishgan ulkan yutuqlar yetarli darajada yoritilmagani bilan sharhlanadi.
Mustaqillik О‗zbekiston xalqi tarixini xolisona о‗rganish imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona yondashuvlar ta‘siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bо‗lgan bо‗lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan tо‗g‗ri xulosa chiqarish uchun asos bо‗ldi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tarix faniga bо‗lgan munosabat davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi. О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning 1998-yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi,
―О‗zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va ―О‗zbekiston tarixi konsepsiyasi‖ning ishlab chiqilishi anashu amaliy harakatlar debochasi bо‗ldi.
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q‖ (1998), ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ (2008),
―О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ (2011) kabi asarlari О‗zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda о‗rganishning nazariy- metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bо‗lib xizmat qildi.
Vatan va xalq tarixini о‗rganishda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevlarning asarlari, maqola va nutqlari, Farmon va qarorlari, 2016- 2021-yillarda qabul qilingan Qonun va meyoriy hujjatlar ham muhim nazariy- metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
E‘tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori bu – xalq. Bо‗lib о‗tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bо‗lib, о‗tmishda yо‗l qо‗yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, xushyorlik va ogohlikni targ‗ib etuvchi, buzg‗unchi g‗oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‗rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir. Shuningdek, xalq xotirasi, о‗tmish, ushbu о‗tgan tarixiylikni о‗quvchilarga haqiqiy yetkazish tarixni fan darajasiga kо‗taradi. Tarixni fan sifatida о‗qish, о‗rganish, talqin etish va chuqur anglab yetish bevosita ilmiy tadqiqotlarning samarasi hisoblanadi. Faqat ilmiy tadqiqotlar orqaligina bо‗lib о‗tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolis tahlil qilish va mantiqiy talqin etish qiyosiy va tanqidiy solishtirish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, tarixiy dunyoqarash asosida voqea-hodisalar, tarixiy jarayonlarga baho berish, tarix falsafasini anglab yetish imkoniyatlari kengayadi. Aynan shuning uchun ham tadqiqotlar natijalarini doimiy ravishda fanga joriy etib borish metodologik jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik bizga barcha imkoniyatlar bilan birgalikda haqqoniy tarixni yoritish va о‗rganish imkoniyatini ham berdi. Shu jihatdan tarixni yoritish va о‗rganishda birinchi navbatda bilish nazariyasining dialektik metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Olam yagona va yaxlit, barcha hodisa- voqealar umumiy va о‗zaro bog‗liqlikda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bо‗lishi dialektikaning asosiy tamoyillaridir. Dialektik metodologiya barcha mamlakat va xalq tarixini, shuningdek, О‗zbekistonning eng yangi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‗liq holda о‗rganishni talab etadi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixi Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, bashariyat tarixi bilan chambarchas bog‗langan. Qadimdan bugungacha О‗zbekiston Markaziy Osiyo va qо‗shni mintaqadagi kо‗pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bо‗lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug‗, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo о‗zaro ta‘sir va aloqada bо‗lgan, qо‗shilish, aralashish jarayonlarini boshdan kechirgan, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikda о‗tgan. Bu holatlar
О‗zbekistonning eng yangi tarixini qо‗shni mamlakatlar tarixi bilan bog‗liq holda о‗rganishni taqozo etadi. Qozoq, qirg‗iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg‗on, hind, arab va boshqa xalqlarning zamonaviy tarixini qanchalik yaxshi bilsak, О‗zbekistonning eng yangi tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama mukammal о‗rganish imkoniyatiga ega bо‗lamiz.
Tarixiy voqea-hodisalarni tahlil etish, yoritish va о‗rganishda xolisona, haqqoniy, adolatli va ilmiy yondoshuv muhim metodologik qoida hisoblanadi. Xolislik qoidasi tarixiy voqea-hodisalarni о‗rganayotganda, ular bilan bog‗liq barcha jarayonlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda о‗zaro aloqada va munosabatda tekshirish lozim.
Tadqiqotchilar tо‗g‗ri ta‘kidlaganlaridek, ―Tor doirada tug‗ilgan bir g‗oyani, uydirmani oqlash lozim bо‗lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish ―tajribasi‖ sir emas... Bu usulda chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bо‗lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi‖.
Tarixiy voqea-hodisalarni о‗z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda о‗rganish ham muhim ahamiyatga ega. Voqea-hodisalarni о‗rganishda tarixiy rivojlanish jarayoniga e‘tibor qaratmoq zarur. Shu jihatdan tarixni yoritish va о‗rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim о‗rin tutadi. Har bir voqea- hodisani boshqa voqea-hodisa bilan bog‗lab о‗rganilgandagina mazkur voqea- hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi о‗rnini tо‗g‗ri aniqlash, belgilash mumkin bо‗ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bо‗lagi deb qaramoq zarur. Ularning qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bо‗lganligini, о‗z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni о‗taganligini, keyinchalik u qanday bо‗lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning о‗tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, о‗tmish hozirgi zamonni yaratdi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. О‗tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqillik mazmun-mohiyati va ahamiyatini mukammal tushunamiz, kelajakni tо‗g‗ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni о‗rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga ham rioya qilmoq zarur bо‗ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda о‗rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa – kambag‗allar, yо‗qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bо‗lib, u tarixni soxtalashtiradi, tо‗g‗ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bо‗lmasligini isbot etishning hojati bо‗lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash tо‗g‗ri emas.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yо‗lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga kо‗rsatgan
ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatda u yoki bu yо‗ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda ham muhim ahamiyatga egadir. О‗zbekiston tarixini о‗rganishda milliy qadriyatlar, xalq an‘ana va urf-odatlarini, din tarixi, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularga hurmatlash, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga: ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bо‗lish va birinchisini qoralashdan iborat bolsheviklarcha yо‗riqnomaning naqadar zararli ekanligini kо‗rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondashuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyat va urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga olib kelganligini ham unutmaslik kerak.
О‗tmishning tarixiy jarayonlarini tahlil etish, yoritish va о‗rganishda Vatan manfaati nuqtai-nazaridan yondoshib, milliy istiqlol g‗oyasi tamoyillariga tayanib ish tutish juda muhim hisoblanadi.
Tarixni о‗rganishda yuqoridagi nazariy-metodologik qoidalar bilan bir qatorda, dalillarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar о‗tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
О‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ―о‗tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bо‗lishi zarur‖.
О‗zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qо‗lga kiritish va О‗zbekiston Respublikasining rivojlanish tarixidir. Shu boisdan, bu tarixning boshlanish nuqtasi sifatida sovet totalitar tuzumining sо‗nggi о‗n yilligi davrida О‗zbekiston uchun tahlikali bо‗lgan 1989-yilni kо‗rsatish mumkin. Ushbu voqealar negizida esa inqirozga yuz tutgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik siyosati va paxta yakkahokimligi oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahvolning, insonlar hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. О‗zbekiston tarixining eng murakkab davrida siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi о‗laroq, respublika manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991-yilda О‗zbekiston mustaqil davlat deb e‘lon qilindi. Bu о‗zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bо‗lib qoladi.
Ikkinchidan, О‗zbekisgonning suveren davlat sifatidagi eng yangi tarixi insoniyat tarixi rivojlanishidagi yangi bosqichga tо‗g‗ri keldi. Bu bosqichda biz yangi davrga qadam qо‗ymoqdamiz, kо‗z о‗ngimizda jahonda butunlay yangi tartib о‗rnatilmoqda. О‗zbekistonning eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning global voqealari bilan chambarchas bog‗liq.
Vatanimiz eng yangi tarixni о‗rganish tarixchilarning yangi avlodi paydo bо‗lishi bilan izohlanadi. Bu, о‗z navbatida, zamonaviy nazariyada muhim hisoblangan bir savol – tarixchining jamiyatga berayotgan о‗tmish haqidagi
bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini yuzaga chiqaradi. Va nihoyat, eng yangi tarix – uning zamondoshlari tarixi. Biz barchamiz – О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
Bugungu kunda mamlakatimizdagi tarixchi-jamiyatshunos olimlar tomonidan О‗zbekistonning yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bо‗lib о‗rganish maqsadga muvofiq deb kо‗rilmoqda:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin