О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə21/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

O„zbekistonSSRPrezidentiKengashi ta‘sis etilib, shu
kuni Kengashning birinchi majlisi bo‗lib o‗tdi.

1990-yil 17-oktabr

―О‗zbekiston xalq xo‗jaligini sog‗lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy prinsiplari‖ umumxalq
muhokamasiga qo‗yildi.

1990-yil 18-oktabr

SSSR Oliy Soveti ―Bozor iqtisodiyotiga о‗tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‗nalishiga ziyon yetkazmaydi‖ – deb xulosa
berdi.

1990-yil 20-oktabr

О‗zbekiston Oliy Kengashining 3-sessiyasida ―О‗zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‗zgartirishlar va qo‗shimchilar
kiritish tо‗g‗risida‖gi masala muhokama qilindi.

1990-yil 31-oktabr

O‗zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi respublikaga
bo‗ysunuvchi vazirlikka aylantirildi.

1990-yil 1-noyabr

O‗zbekistonda Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‗shib yuborildi. O‗zSSR Ministrlar Soveti O‗zSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‗zbekistonda Vitse-
prezident lavozimi ta‘sis etildi (Bu lavozim 1992-yil 4- yanvarda tugatildi).

1990-yil 25-noyabr

Yangi Ittifoq shartnomasi loyihasi O‗zbekiston
matbuotida e‘lon qilindi.

1990-yil 7-8-dekabr

O‗zbekiston Kompartiyasi XXII-syezdining ikkinchi
bosqichi o‗tkazildi.

1990-yil 11-dekabr

Moskvada bo‗lgan KPSS MK Plenumida ―Ittifoq
shartnomasining konsepsiyasi va partiya tashkilotlarining vazifalari to‗g‗risida‖gi masala ko‗rildi.

1990-yil
17-27-dekabr

Moskvada SSSR xalq deputatlarining IV-syezdi bo‗lib o‗tdi. Unda SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi R.N.Nishonov ―Yangi ittifoq shartnomasining umumiy konsepsiyasi va uni tuzish tartibi haqida‖ ma‘ruza qildi. Syezdda ―Umumxalq ovoz berishi (SSSR referendumi)
to‗g‗risida‖ Qonun qabul qilindi. G.I.Yanayev SSSR vitse- prezidenti etib saylandi.

1991-yil 1-yanvar

O‗zbekiston Oliy Kengashining rasmiy organi – “Xalq
so„zi” gazetasining ilk soni chiqdi.

1991-yil 16-yanvar

Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqini saqlab qolish to„g„risida” SSSR Oliy Soveti qaror qabul qildi.

1991-yil 22-yanvar

―SSSR Davlat bankining 1961-yil nusxasidagi 50 va 100 rubllik pul belgilarini to‗lov uchun qabul etishni to‗xtatish
hamda fuqarolarning omonatlaridan naqd pul berishni cheklash to‗g‗risida‖ SSSR Prezidenti Farmoni e‘lon qilindi.

1991-yil 14-fevral

O‗zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari 4-
sessiyasi bo‗lib o‗tdi.

1991-yil fevral-mart

Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‗lib o‗tdi. Unda Boltiqbo‗yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‗lib qatnashdi. Bu bosqichda
Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‗yishga




harakat qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, О‗zbekiston markaziy idoralar hali o‗zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash
ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.

1991-yil fevral

SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‗zgartirish, SSSRni teng huquqli respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash
xususida referendum o‗tkazishga qaror qildi.

1991-yil 20-fevral

O‗zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati ham referendum o‗tkazishni ma‘qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo„shimcha byulletenni ovozga qo„yishga qaror qildi.
Qo‗shimcha byulletenga “Siz О„zbekistonning mustaqil teng
huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan savol qo‗yildi.

1991-yil 1-mart

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan “O„zbekiston Respublikasi Xotin qizlar qo„mitasi” tashkil etildi. Uning tarkibida 38 ta shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat
jamoalari bor edi.

1991-yil 12-mart

O‗zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qomitasining
IV-plenumi bо‗lib о‗tdi.

1991-yil 13-14-mart

Bishkekda I.A.Karimov va Qirg‗iziston Prezidenti A.Akayev bilan uchrashdi. Ikki respublika o‗rtasida Do‗stlik
va hamkorlik to‗g‗risidagi shartnoma imzolandi.

1991-yil 17-mart

SSSRda birinchi marta umumxalq referendumi o‗tkazildi. Unda ―Teng huquqli mustaqil respublikalarning yangilangan hamda har qanday millatga mansub kishining huquq va erkinliklariga to‗la darajada kafolat beriladigan federatsiya sifatida SSSRni saqlab qolish zarur deb hisoblaysizmi?‖
degan masala ko‗rildi.

1991-yil 17-mart


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin