О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə29/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuga oid muhim sanalar:



1990-yil 20-iyun

O‗zbekiston Oliy Kengashining XII-chaqiriq 2-sessiyasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari va fan
vakillari kiritildi. Bu komissiya 2,5-yil ishladi.

1991-1993-yillar

О‗zbekiston sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida
bo‗lib turdi.

1991-yil 12-aprel

Konstitutsiya loyihasini tayyorlash komissiyasi yig‗ilishida 32 kishilik ishchi guruh tuzildi. Konstitutsiya bo‗limlarini tayyorlash bo‗yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruh tuzildi. O‗zbekiston Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O‗zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining akademigi Sh.Z.O‗razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.

1991-yil oktabr

О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining 158-
moddadan iborat birinchi varianti tayyor bo‗ldi.

1991-yil
18-21-noyabr

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq 8-sessiyasi bо‗lib о‗tdi. Unda “Prezident saylovi tо„g„risida”gi, “Referendum tо„g„risida”gi, ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‗g‗risida‖gi,
―Nogironlarni ijtimoiy muhofazalash tо‗g‗risida‖gi va
―Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‗g‗risida‖gi




Qonunlar qabul qilindi.

1991-yil 18-noyabr

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq 8-sessiyasida ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i tо„g„risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu
qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010-yillarda qator qo‗shimcha va o‗zgartishlar kiritildi.

1992-yil 2-3-iyul

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq 10-sessiyasi bо‗lib о‗tdi. Unda: ―О‗zbekiston fuqaroligi tо‗g‗risida‖gi, ―Mudofaa tо‗g‗risida‖gi, ―Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat tо‗g‗risida‖gi, ―Muqobil xizmat tо‗g‗risida‖gi, ―Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari tо‗g‗risida‖gi, ―Harbiy qasamyod tо‗g‗risida‖gi, ―Bayram kunlari tо‗g‗risida‖gi, ―Davlat sanitariya nazorati tо‗g‗risida‖gi, ―Dehqon xо‗jaligi tо‗g‗risida‖gi, ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi tо‗g‗risida‖gi,
―Monopolistik faoliyatni cheklash tо‗g‗risida‖gi, ―Birja va birjalar faoliyati tо‗g‗risida‖gi Qonunlar qabul qilindi.

1992-yil 2-iyul

O‗zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi XII-chaqiriq 10-sessiyasida ―O„zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga 1999-yil 15- aprelda, 2003-yil 25-aprelda, 2004-yil 3-dekabrda va 2010- yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonunlarga muvofiq
о‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilgan.

1992-yil 26-sentabr

127 moddadan iborat О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bo‗limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining o‗zida Konstitutsiya loyihasiga bag‗ishlangan yuzdan ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan
takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.

1992-yil 26-noyabr

O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi ikkinchi marotaba matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o‗zgartishlar va to‗ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirish edi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko‗p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o‗rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin o‗zgartish, qo‗shimcha va aniqliklar
kiritildi.

1992-yil
8-10-dekabr

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq 11-sessiyasi bо‗lib о‗tdi. Unda: ―Prokuratura tо‗g‗risida‖gi,
―Tabiatni muxofaza qilish tо‗g‗risida‖gi Qonunlar qabul qilindi.

1992-yil 8-dekabr O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq 11-sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta о‗zgartirish va qо‗shimchalar kiritilgan:
1.1993-yil 28-dekabrda Konstitusiyaning 77-moddasi 1-qismidagi ―150 nafar deputatdan‖ degan sо‗zlar
―deputatlardan‖ degan sо‗z bilan almashtirildi;
2.2002-yil 27-yanvarda о‗tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga kо‗ra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga о‗zgartishlar va qо‗shimchalar kiritilgan;
3.2007-yil 11-aprelda Konstitusiyaning 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
4.2008-yil 25-dekabrda Konstitusiyaning 77-moddasi birinchi qismiga о‗zgartish kiritilgan;
5.2011-yil 18-aprelda Konstitusiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritilgan;
6.2011-yil 12-dekabrda Konstitusiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
7.2014-yil 16-aprelda Konstitusiyaning 32, 78. 93, 98,
103 va 117-moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritilgan;
8.2017-yil 6-aprelda Konstitusiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritilgan;
9.2017-yil 31-mayda Konstitusiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritilgan;
10.2017-yil 29-avgustda Konstitusiyaning 99 va 102- moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritilgan;
11.2018-yil 15-oktabrda 105-moddaning birinchi qismidagi ―ikki yarim-yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini‖ degan sо‗zlar ―raisni (oqsoqolni)‖ degan sо‗zlar bilan almashtirilgan;
12.2019-yil 18-fevralda 80 va 93-moddalariga о‗zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
13.2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga о‗zgartirishlar kiritilgan;
14.2019-yil 4-sentabrda saylov tо‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117- moddalarga о‗zgartirishlar kiritildi.

1992-yil 10-dekabr

O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq
11-sessiyasida O„zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.

1993-yil 1-noyabr

О‗zbekistonda so„m-kupon muomalaga kiritildi.

1994-yil 16-iyun

О„zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to„g„risida”gi Prezident farmoni e‘lon
qilindi.

1994-yil 1-iyul

О‗zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so„m
muomalaga kiritildi.
О‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100 so‗m bo‗lgan bank qog‗oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo‗lidagi so‗m-kuponlar jamg‗arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 2001-yilda 1000,
2013-yilda 5000, 2017-yilda 10 000 va 50 000, 2019-yilda 100 000 so‗mlik qog‗oz pullari ham muomalaga kiritildi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin