О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə30/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

5-MAVZU:

O„ZBEKISTONDA HUQUQIY SIYOSIY ISLOHOTLARNING AMALGA OSHIRILISHI, DEMOKRATIK JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH
YO„LIDAGI ISLOHOTLAR.



Reja:

  1. O„zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.

  2. Sud hokimiyati islohotlari.

  3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi.

  4. Ko„ppartiyaviylik tizimi. Jamiyatning demokratlashuvida siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli.

  5. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari.

  6. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi.



Tayanch tushunchalar: Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, Oliy Majlis, Senat, Siyosiy plyuralizm, Ombudsman, Demokratiya, Senzura, Huquqiy davlat, Fuqarolik jamiyati, Siyosiy partiyalar, Jamoat birlashmalari, Nodavlat tashkilotlari.

1989-1990-yillar boshida kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, nafaqat Sovet ittifoqi, balki, milliy respublikalarda ham davlat boshqaruv tizimini isloh qilish lozimligini kun tartibiga qо‗ygan edi. 1990-yil 14-martda Sobiq


Ittifoqda Prezidentlik lavozimi joriy etilib M.S.Gorbachev ushbu lavozimga tayinlangan birinchi va oxirgi shaxs bо‗lgan edi. Oradan о‗n kun о‗tgach, 24-may sanasida О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1-sessiyasida ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bо‗lib О‗zbekistonda ham Prezidentlik lavozimi ta‘sis etildi. Rivojlanish tarixi XVIII asr oxirlariga borib taqaluvchi Prezidentlik boshqaruvining О‗zbekistonda ham joriy etilishi tarixiy zaruriyat edi. Chunki, parokandalik va boshboshdoqlikkka yuz tutgan sovet boshqaruv tizimi sharoitida respublikada boshqaruv tizimini izga solish kechiktirib bо‗lmaydigan masalaga aylangan edi.
О‗zbekistonda bosqichma-bosqich Prezidentlik boshqaruv tizimining huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi. Jumladan 1991-yil 18-noyabrda ―Prezidentlik saylovi tо‗g‗risida‖gi qonun qabul qilinib, ushbu qonun asosida 1991-yil 29- dekabrda О‗zbekiston tarixida birinchi marotaba muqobillik asosida prezidentlik saylovlari о‗tkazildi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning XIX-bobi Prezidentlik institutining huquqiy maqomiga bag‗ishlangan bо‗lib, unda О‗zbekistonda oxirgi о‗n yil muqim yashagan, о‗zbek tilini mukammal biladigan, 35 yoshdan kichik bо‗lmagan О‗zbekiston fuqarolari 5 yil muddatga О‗zbekiston Respublikasi Prezidentligiga о‗z nomzodlarini kо‗rsatishlari mumkinligi belgilab qо‗yildi. 1995-yil 26-martda jamoatchilik tashabbusi bilan Prezidentning vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha chо‗zish bо‗yicha umumxalq referendumi о‗tkazildi. Ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % mazkur savolga о‗z roziliklarini bildirishdi. 2000-yil 9-yanvar sanasida navbatdagi ikkinchi Prezidentlik saylovlari о‗tkazildi va unda I.A.Karimov xalq ishonchi asosida 7 yil muddatga О‗zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2007-yil 23-dekabrda navbatdagi uchinchi Prezidentlik saylovlari о‗tkazildi va I.A.Karimov 2015-yilgacha Prezidenlikka sayandi. 2011-yil 12-dekabrda Konstitusiyamizga о‗zgartirish kiritilib, yangi qabul qilingan qonunga kо‗ra Prezident vakolati muddati 7 yildan 5 yilga о‗zgartirildi. 2015-yil 29-martda bо‗lib о‗tgan Prezidentlik saylovlarida I.A.Karimov yangi qabul qilingan qonun asosida 5 yil muddatga Prezident etib saylandi. 2016-yil 2-sentabrda О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevaqt vafot etishi tufayli 2016-yil 4-dekabrda navbatdagi beshinchi bor Prezidentlik saylovlari о‗tkazilib, unda SH.M.Mirziyoyev 5 yil muddatga О‗zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylandi.
О‗tgan davr mobaynida Prezidentlik boshqaruv tizimida ham qator islohotlar amalga oshirildi. Konstitusiyamizda belgilangan Prezidentlik vakolatlari bosqichma bosqich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga hamda Bosh vazirga о‗tkazildi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki o‗tish davrida Prezident vakolatlari nisbatan kengroq bо‗lsa bugungi davlat boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasiga kо‗ra ijro hokimiyati tizimidagi tuzulmalarning konstitutsiyavi vakolatlari kengatirib borilmoqda.
Istiqlol yillarida Parlament islohotlari ham davlat boshqaruv sohasidagi muhim islohotlardan biri bо‗ldi. Ma‘lumki, 1925-yilda О‗zbekiston SSR tashkil etilgach, uning qonun chiqaruvchi organi Oliy Sovet deb nomlangan edi. 1989- yilda о‗zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tufayli 1990-yil fevralda
saylangan parlamentimiz Oliy Kengash deb nomlanib, 1990-1994-yillarda shu nom bilan faoliyat yuritdi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsimizning XVIII-bobi Oliy Majlis deb nomlandi va 1994-yil dekabrda Oliy Majlisga saylovlar о‗tkazildi. 1995-2005-yillarda 250 nafar deputatdan iborat milliy parlamentimiz bir palatali tizimda faoliyat olib bordi. 2002-yil 27-yanvarda О‗zbekistonda Ikki palatali pralament tizimiga о‗tish bо‗yicha umumxalq referendumi о‗tkazildi. Referendumda xalqimiz Ikki palatali parlament tizimiga о‗tishni qо‗llab ovoz berdi. 2004-yil dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bо‗lib о‗tdi. 2005-yil 27-yanvardan 150 deputatdan iborat Qonunchilik palatasi va 100 ta senatordan iborat Oliy Majlis Senati о‗z faoliyatini boshladi. Shu tariqa О‗zbekistonda prfessional Pralament tizimiga о‗tildi.
Hokimiyatning ikkinchi bо‗g‗ini bо‗lmish Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlangan edi. Ma‘lumki, 1925-1990-yillarda О‗zbekiston SSRda iroiya hokimiyat tuzulmasi dastlab Xalq Komissarlari Soveti, keyinchalik Ministrlar Soveti deb yuritib kelingan edi. 1990-yil 1-noyabrda O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi. Unga kо‗ra, Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‗shib yuborildi. O‗zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
Konstitutsiyamizning XIX-bobi Vazirlar Mahkamasi deb nomlanib ushbi bobda uning vakolatlari belgilab berilgan.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta‘minlaydi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv idoralari tizimiga va о‗zi tashkil etadigan xо‗jalik boshqaruvi muassasalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat kо‗rsatishini, hamda О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta‘minlaydi.
2005-yilda Vazirlar Mahkamasi rahbari – Bosh vazir lavozimi joriy etildi. 2007-yilda О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning о‗zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i, ya‘ni Vazirlar Mahkamasining raisi ekanini belgilaydigan norma chiqarib tashlandi. Vazirlar Mahkamasining raisi lavozimi tugatildi. Bosh vazir esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng kо‗p deputatlik о‗rniga ega bо‗lgan siyosiy partiyaning rahbari Bosh vazir lavozimini egallashi qonunchilik asosida belgilab qо‗yilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasi tarkibi parlament saylovlari о‗tkazilgach (har 5 yilda bir marta) yangidan tasdiqlanadi. 1993-yil 6-mayda qabul qilingan, 1993-yil 29-avgustda yangi tahrirda joriy etilgan
―Vazirlar Mahkamasi tо‗g‗risida‖gi Qonunga kо‗ra Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi 1995-yil 23-fevral, 2000-yil 11-fevral, 2005-yil 4-fevral, 2010-yil 12-mart va oxirgi marta 2016-yil 14-dekabrda shakllantirildi.
Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, Bosh vazirning 6 ta о‗rinbosari, vazirlar, Davlat qо‗mitalarining raislari, Davlat inspeksiyalari va Agentliklardan iborat tarkibda faoliyat yurimoqda.
Konstitutsiyamizning 11-moddasida ―О‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi‖ belgilab berilgan. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad О‗zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta‘minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‗laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir.
Asosiy qomusimizning XXII-bobi Sud hokimiyati deb nomlanib, 106-116- moddalarda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy normalari belgilab qо‗yildi. 1993- yilda ―Sudlar tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Sud islohotlarining ikkinchi davri asosiy xususiyati Prezident SH.Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi ―О‗zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida О‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma‘muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – О‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. О‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay‘ati, О‗zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari О‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan О‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‗tkazildi.
Istiqlol yillarida mahalliy davlat hokimiyati tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. 1992-yil yanvar oyidan boshlab respublikamiz valoyatlarida, shaharlar va tumanlarda hokimlik lavozimi joriy etildi. Tuman va viloyatlarda xalq deputatlari kengashlari tashkil etilib, tegishli tuman va viloyat hokimlari mazkur kengashlarga rahbarlikni amalga oshirishi Konstitusiyamizning XXI-bobi 99-105- moddalarida belgilab berildi.
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan ―Mahalliy davlat hokimiyati tо‗g‗risida‖gi Qonunga kо‗ra Xalq deputatlari Viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga tegishli hudud aholisi tomonidan 60 ta, tuman va shahar Kengashlariga 30 tadan kо‗p bо‗lmagan deputat 5 yil muddatga saylab qо‗yiladi.
Sо‗nggi yillarda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan mahalliy davlat hokimiyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi tuman, shahar va viloyat hokimlarini bevosita xalq tomonidan saylash tizimiga о‗tish bо‗yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqdaki, bu ham о‗z navbatida fuqarolik jamiyatini takomillashtirish borasidagi islohotlarning bevosita keyingi bosqichi deb hisoblash mumkin.
Kо‗ppartiyaviylik – hozirgi zamon jamiyatining ajralmas belgisi, uning demokratiyalashuvi darajasining muhim poydevor kо‗rsatkichi hisoblanadi. Kо‗ppartiyaviylikning о‗ziga xos belgisi, bu – siyosiy xilma-xillik, jamiyatda bir necha siyosiy partiyaning mavjudligidir. Siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini parlament, davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari, aholining
о‗zini-о‗zi boshqarish uyushmalari orqali ifoda etish, hamda rо‗yobga chiqarish maqsadida faoliyat kо‗rsatuvchi kishilar birlashmasidir.
Partiyalar о‗z dastur va siyosatlarini jamiyatga taklif etish orqali ularni rо‗yobga chiqarishga harakat qiladilar va hokimiyat uchun kurash olib boradilar. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni kо‗rsatmoqdaki, siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy peshqadam a‘zolari sifatida namoyon bо‗ladilar.
О‗zbekiston mustaqilligi e‘lon qilinganidan buyon kо‗ppartiyaviylikning tо‗laqonli harakat qilishi, jamiyatda turli siyosiy partiyalar faoliyati uchun huquqiy makon asoslari yaratildi. Bugungi kunda О‗zbekistonda quyidagi siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda:

  1. Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) (1991-yil 1-noyabrda tashkil etilgan).

  2. ―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevralda tashkil etilgan)

  3. ―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasi (1995-yil 3-iyunda tashkil topgan).

  4. О‗zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan).

  5. О‗zbekiston Ekologik partiyasi (2019-yil 8-yanvarda tashkil topgan).

Har qanday jamiyatda demokratik boshqaruv tizimining joriy etilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining о‗rni muhim hisoblanadi. Chunki ijtimoiy fikrlarning xilma xilligi siyosiy plyuralizmni ayni Ommaviy axborot vositalarilari ta‘minlaydi. Konstitusiyamizning XV-bobi Ommaviy axborot vsitalari deb nomlanib, uning 67-moddasida ommaviy axborot vositalari erkindir va qonun asosida ashlaydi. Ular axborotning tо‗g‗riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar deb belgilab qо‗yilgan.
2007-yil 15-yanvarda О‗zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida‖gi Qonuni yangi taxrirda qabul qilindi. Sohada malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2018-yil 24-mayda O‗zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. 2019-yil 2-fevral kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzurida Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi taskil etildi.
Mamlakatimizda matbuot erkinligi va ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratining turli shakllariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish hamda ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qо‗llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik yordam kо‗rsatish maqsadida 2020-yil 2-fevralda О„zbekistonda Milliy mass-mediani qо„llab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
2020-yilda О‗zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8 mln kishidan oshib ketdi. uz. domenida 16 mingdan ziyod vebsaytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt rо‗yxatdan о‗tgan. Bugungu kunda Respublikamizda 1513 ta OAV va 122 ta nashriyot faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik yillarida inson huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning II-bо‗limi
―Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari‖ deb nomlanib, unda shaxsiy huquqlar (VII-bob), siyosiy huquqlar (VIII-bob), ijtimoiy-iqtisodiy
huquqlar (IX-bob), Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari (X-bob) va Fuqarolarning burchlari (11-bob) alohida belgilab berilgan. О‗tgan davr mobaynida sohaga oid о‗nlab qonunlar qabul qilinib, inson huquqlariga doir qator xalqaro konvensiyalar parlamentimiz tomonidan ratifikatsiya qilindi. Inson huquqlari bо‗yicha milliy markaz va Oliy Majlisning inson huquqlari bо‗yicha maxsus vakili – Ombudsman instituti joriy qilindi.
Sо‗nggi yillarda mamlakatimizda sо‗z va matbuot erkinligi, vijdon erkinligini ta‘manlash borasida yangi O‗zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan islohotlar jahon hamjamiyati tamonidan e‘tirof etilmoqda. Xususan, О‗zbekiston 2021-2023-yillarda BMTning Inson huqulari bо‗ycha Kengash a‘zosi sifatida qabul qilinishi ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijasidir.
Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, hokimiyat organlari umumxalq tomonidan saylab qо‗yish orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‗yiladi.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. О‗zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‗or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. О‗zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida
―О‗zbekiston Respublikasining referendumi to‗g‗risida‖ (1991-yil 18-noyabr) va
―О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida‖ (1991-yil 18-noyabr) Qonunlari qabul qilindi. Konstitutsiyamizning XXIII-bobi Saylov tizimi deb nomlanib. Unga kо‗ra О‗zbekistonda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‗g‗ridan to‗g‗ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо‗li bilan o‗tkaziladi. О‗zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо‗lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar (О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.)
О‗zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov о‗tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‗pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‗lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta‘minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‗ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
О‗zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro‗yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo‗lsa, saylov yoki referendum o‗tmagan deb hisoblanadi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin