О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə31/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:
AXBOROT ERKINLIGI – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bо‗lib, sо‗z, matbuot va boshqa axborotni olish va qonuniy asosda olingan
axborotlarni tarqatish huquqi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning tо‗g‗riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yо‗l qoyilmaydi (67-modda).
BIR PALATALI PARLAMENT – palatalarga bо‗linishni istisno etuvchi umumxalq vakillik tashkiloti – parlament tuzilishi. Bunday parlamentlar ―bir palatali‖ deb ham ataladi. Dunyodagi mamlakatlardan kо‗pchiligi (60 % ga yaqini) bir palatali parlament tizimiga ega. О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1990-1994-yillarda) va Oliy Majlisi 1995-2004-yillar mobaynida bir palatali parlament shaklida faoliyat kо‗rsatgan edi.
DEPUTAT – davlat hokimiyati vakillik organlarida ish olib boruvchi xalq vakili. U saylov yо‗li bilan saylanib, xalqdan tegishli organlarda ish olib borish uchun vakolat oladi. Deputat ma‘lum muddatga saylanadi. Respublikamizda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga deputatlar besh yil muddatga saylanadilar. Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshga, mahaliy kengash deputatligiga 23 yoshga tо‗lgan О‗zbekiston fuqarolari saylanadilar. Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar, vakillik hokimiyati organlari, fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlaridan kо‗rsatiladilar.
FUQAROLIK – shaxsning biron bir davlatga huquqiy va qonuniy jihatdan tegishliligini bildiruvchi atama. Muayyan davlatning fuqarosi ushbu davlat hududidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bо‗lmagan shaxslardan о‗z huquqiy mavqeiga kо‗ra farq qiladi. Chunonchi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan siyosiy huquq va erkinliklar faqat fuqarolarga tegishlidir. Demak, shaxs fuqarolikni olishi bilan ushbu davlatdagi siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatini ham oladi.
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir
HOKIM – mustaqillik yillarida tashkil etilgan yangi lavozim. О‗zbekistondagi mahalliy ma‘muriyat boshlig‗i. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi О‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hokimlar о‗ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bо‗lgan qarorlar chiqaradi.
Hokimlarning vakolat muddati 5 yil.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin