VAKILLIK HOKIMIYATI – ma‘lum bir muddatga xalq irodasini ifoda etuvchi parlamentga о‗z vakillarini saylash, xalq manfaatlarini ifoda etish orqali hokimiyatni tashkil etish. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga asosan, Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi hisoblanadi va u qonun chiqaruvchilik hokimiyatni amalga oshiradi.
VAKILLIK ORGANLARI– О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari
hisoblanadi. Vakillik organlari davlat va fuqarolarning manfaatlarini kо‗zlab, о‗z vakolatlari doirasidagi masalalarni hal etadilar.
Mavzugaoidmuhimsanalar:
1990-yil 18-fevral
O‗zbekiston SSR Oliy Kengashining XII-chaqirig‗iga
saylovlar o‗tkazildi.
1990-1994-yillar
O‗zbekiston Respublikasi Parlamenti – Oliy Kengashning XII-chaqirig„i faoliyat ko„rsatdi. Oliy Kengashga dastlab Sh.M.Yo‗ldoshev (1993-yil 29- dekabrgacha) keyinchalik Erkin Xalilov (1993-yil 29-dekabr
– 1995-yil 23-fevral) raislik qilishdi. 250 deputatdan iborat Oliy Kengash o‗zining 5-yillik faoliyati davomida jami 16 ta
sessiya o‗tkazib, 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qarorlar qabul qildi.
1990-yil 24-mart
Oliy Kengashining XII-chaqiriq 1-sessiyasida Islom Abdug„aniyevichKarimov yashirin ovoz berish yo‗li bilan
O„zbekistonPrezidentietibsaylandi.
1990-yil 1-noyabr
O‗zbekiston Respublikasining “O„zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o„zgartirish va qo„shimchalarkiritishto„g„risida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga kо‗ra, Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‗shib yuborildi. O‗zbekiston Respublikasi MinistrlarSoveti O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
1991-yil 15-fevral
―O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi.
1991-yil 1-mart
Vazirlar Mahkamasining farmoishi bilan O„zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo„mitasitashkil etildi. 2020-yil 18-fevralda mazkur qо‗mita tugatilib “Mahallavaoilani