О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH)



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə125/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH). 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bо‗lib o‗tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida o‗tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi bо‗ldi. О‗zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki, bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo‗shilishi natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo‗l ochildi. YOIH Rossiya, Belorus, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Tojikiston o‗rtasida 1995-yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bо‗lib o‗tgan sammitida О‗zbekiston unga a‘zo bо‗lib kirdi. Mazkur sammitda О‗zbekistonning YOIHni ta‘sis etish to‗g‗risidagi shartnomaga qo‗shilishi to‗g‗risidagi protokol, ―YOIHni ta‘sis etish to‗g‗risida‖gi shartnomaga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qarorlar imzolandi.
YOIH tashkiloti unga a‘zo mamlakatlar o‗rtasida integratsiyani rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topishiga ko‗maklashadi.
2020-yilga kelib O‗zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklari 80 foizi Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Rossiyaning tranzit yo‗laklari orqali o‗tdi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‗yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston hissasiga to‗g‗ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‗istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‗zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‗liq masalalar chuqurlashmoqda.
2017-yildan “O„zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo„nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o‗zaro ishonch va yaxshi qo‗shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017-yilda Turkmaniston va Qirg‗iziston bilan strategik hamkorlik o‗rnatildi. Qozog‗iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari o‗rtasida aviaqatnov yo‗lga qo‗yildi. Qirg‗iziston bilan
davlat chegaralari to‗g‗risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan katta qadam bo‗ldi.
Sо‗nggi yillarda О‗zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bilan hamkorlik munosabatlari yо‗lga qо‗yildi. Mazkur kengash 2009-yilning 3- oktabrida Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Ozarbayjon, Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Turkiya davlatlari ishtirokida tuzilgan bо‗lib, u о‗zining faoliyatida dastlab madaniy-gumanitar hamkorlik ustivor ahamiyat kasb etib kelgan bо‗lsa, sо‗nggi yillarda tashkilotga a‘zo mamlakatlar rahbarlari mintaqada tinchlik va havfsizlikni ta‘minlash bо‗yicha say harakatlarni muvofiqlashtirish, qolaversa, transport-kommunikatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari, savdo va investitsiyalar hajmini oshirishga va iqtisodiy masalalarga kо‗proq e‘tibor qaratmoqda. 2018- yilning 3-sentabr kuni Qirg‗izistonning Chо‗lponota shahrida bо‗lib о‗tgan Turkiy Kengash sammitida Prezidentimiz SH.Mirziyoyev О‗zbekiston nomidan il bor fahriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 2019-yil 14-sentabrda esa Respublikamiz Naxichevan kelishuvini ratifikatsiya qildi va о‗sha yilning 15-oktabrida bо‗lib о‗tgan sammitda О‗zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining tо‗laqonli a‘zosi sifatida qatnashdi.
SH.Mirziyoyev 2020-yil 10-aprelda bо‗lib о‗tgan Turkiy kengashning videokonferens shaklidagi navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi. Kengashning 2021-yil 31-mart kuni bо‗lib о‗tgan videokonferensiya shaklidagi norasmiy sammitida ushbu tuzulma doirasidagi kо‗pqirrali munosabatlarni yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari kо‗rib chiqildi. Sammitda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ishtirok etib, tashkilot doirasida qо‗shma investitsiya jamg‗armasi va taraqqiyot bankini tashkil etish bо‗yicha harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Prezidentimiz shuningdek, tashkilot doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta‘sis etish bо‗yicha takliflarni ilgari surdi. Mazkur taklif nafaqat sammit ishtirokchilari balki butun xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan e‘tirof etildi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin