О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Shanxay Hamkorlik Tashkiloti



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə126/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bо‗lib o‗tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‗zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‗g‗risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa ―Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‗lib o‗tdi. Uning ishida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qatnashdi va О‗zbekistonning ―Shanxay forumi‖ga to‗la huquqli a‘zo bo‗lishi to‗g‗risida bayonot imzolandi.
О‗zbekiston ―Shanxay forumi‖ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – SHHT, deb o‗zgartirildi. О‗zbekiston uning asoschilaridan biri bo‗ldi.
2001-yil iyunda bo‗lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish to‗g‗risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a‘zo mamlakatlarning bir-biriga o‗zaro ishonchi, do‗stlik va qo‗shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta‘lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag‗batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‗yilgan.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a‘zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‗lib o‗tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a‘zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta‘sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga a‘zo davlatlar o‗rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy- huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bо‗lib, o‗zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bо‗lib o‗tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‗mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bо‗lib o‗tdi, uning qarori bilan ko‗p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a‘zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o‗rtasida muntazam aloqalar yо‗lga qo‗yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a‘zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bо‗lib o‗tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha muzokaralar bо‗ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida О‗zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat О‗zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bо‗lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‗qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta‘kidlandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10-majlisi bo‗lib o‗tdi. Davlat rahbarlari ko‗p tomonlama va o‗zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo‗yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston, Pokiston va Mo‗g‗uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e‘tibor berildi.
Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining deklaratsiyasi, SHHTda yangi a‘zolarini qabul qilish tartibi to‗g‗risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009-yildagi faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10-majlisi yakunlari to‗g‗risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a‘zo davlatlar hukumatlari o‗rtasida qishloq xo‗jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‗g‗risidagi bitimlar imzolandi.
O‗zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar o‗rnatish va rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a‘zolari 27 Yevropa davlatidan iborat integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash va a‘zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yo‗li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
O‗zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‗rtasidagi o‗zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratdilar.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‗nalishi ekanidan kelib chiqqan holda O‗zbekiston rahbariyati 1994- yilning mart oyida u bilan Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi. Tomonlarning keng hamkorlik qilish bo‗yicha eng asosiy hujjatni imzolashga tayyorgarliklari yakuni 1996-yilning 21-iyunida Florensiyada (Italiya), ―Forteza da Basso‖ qal‘asida YEI a‘zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida O‗zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‗rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‗g‗risidagi bitimni imzolash marosimi bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‗rtasidagi kuchga kirgan sherklik va hamkorlik bitimi o‗zining asosiy maqsadi sifatida O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini qo‗llab-quvvatlashni; O‗Rning demokratiyani mustahkamlash, iqtisodiyot va bozor iqtisodiyotiga o‗tishdagi yutuqlarini rivojlantirish bo‗yicha harakatlarini qo‗llash; tomonlar o‗rtasidagi siyosiy muloqotlar uchun tegishli ramkalarni ta‘minlash; tomonlar o‗rtasidagi savdo, investitsiyalar va uyg‗un iqtisodiy munosabatlarga ko‗maklashish va bu bilan mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini qo‗llash; qonunchilik, iqtisodiyot, ijtimoiy, moliyaviy, fuqarolik, ilmiy, texnologik va madaniy sohalardagi hamkorlikning asoslarini yaratish; O‗zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishga ko‗maklashishni biladi.
O‗zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan O‗zbekiston uning yordamida transport, energetika. Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta‘lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog‗liq keng qamrovli muammolarni hal etishga harakat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan O‗zbekistonning tashqi siyosiy yo‗li, bu yo‗lning xalqaro huquq normalariga mosligi, shuningdek, mamlakat tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari va idoraviy tuzilmalarini shakllantirish bo‗yicha boshlangan jarayon mustaqillikning birinchi yillaridayoq dunyo hamjamiyati e‘tiboriga tushdi. Buning dalili mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq uni xorijiy mamlakatlar tan olib, diplomatik munosabatlar o‗rnata boshlaganlarida ko‗rish mumkin.
1991-yilning oxirigacha O‗zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon (19- oktabr), Rossiya Federatsiyasi (26-oktabr), Qirg‗iziston (31-oktabr), Moldova (14- noyabr), Qozog‗iston (7-dekabr) o‗rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari
to‗g‗risidagi kelishuvlar imzolandi. Shu vaqt orasida O‗zbekiston Respublikasining Ukraina (28-oktabr) va Belarus (6-noyabr) bilan davlatlararo munosabatlari asoslari to‗g‗risidagi shartnomalarga imzo chekildi.
1992-1993-yillar davomida О‗zbekiston Yevropa va Amerika, Osiyo va Afrika qit‘asidagi mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar о‗rnatilib, teng huquqli о‗zaro hamkorlik aloqalari yо‗lga qо‗yildi. О‗zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda, maxsulot eksporti va importida asosan G‗arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin sheriklik munosabatlari о‗rnatildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan О‗zbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019-yil yakunlarini tahlil qiladigan bо‗lsak mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarining bugungi jarajasini kо‗rishimiz mumkin. Qayd etilishicha, 2019-yil yakunida О‗zbekiston tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd dollarni tashkil etib, о‗tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 mlrd dollarga о‗sgan (о‗sish sur‘ati – 26,2 %).
Xususan, mahalliy tovarlar va xizmatlarning xorijiy mamlakatlarga eksporti 2018-yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 15 %ga о‗sgan va 17,9 mlrd dollarni tashkil etgan.
О‗zbekiston eksportida maxsulot turlari ulushi quyidagicha taqsimlangan:








Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin