О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‟stligi)



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə129/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‟stligi) – sobiq SSSRning uchta respublikasi RSFSR, Belorus va Ukraina vakillari tomonidan 1991-yil 8-dekabrda Minskda imzolangan MDHni tashkil etish haqidagi Bitim, 1991-yil 21-dekabrda (Boltiq bo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 sobiq Ittifoq respublikalari
tomonidan Olmaotada imzolangan Bitimga Protokol va shu sanada imzolangan Olmaota Deklaratsiyasi asosida tashkil qilingan davlatlararo ixtiyoriy birlashma. 1993-yil 22-yanvarda Minskda qabul qilingan MDH Ustavi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan o‘sha yili ratifikatsiya qilingan. Ustavga binoan Hamdo‘stlik maqsadi xalqlar va davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fan, texnika, savdo-sotiq, insonparvarlik va boshqa sohalardagi teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik qilish, keng axborot almashinuvi, o‘zaro majburiyatlarni vijdonan va so‘zsiz bajarishdan iborat.
VIZA (fransuzcha ―visa‖ – kо‗rib chiqilgan) – biror bir shaxsning mamlakat hududiga kirishi yoki chiqishi uchun ruxsat beruvchi uning hujjatiga qoyiladigan belgi. Viza mazkur mamlakat hukumati organlari tomonidan ma‘lum bir muddatga beriladi.
XALQARO VALYUTA FONDI – 1944-yil Bretton-Vuds (AQSH)da
о‗tkazilgan Xalqaro konferensiyada tashkil etilgan. BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti maqomiga ega. Qarorgohi Vashington shahrida joylashgan. Uning asosiy maqsadi a‘zo davlatlar valyuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish, a‘zo davlatlar valyuta kursini, tо‗lov balansini qо‗llab-quvvatlash, ularga qisqa muddatli va о‗rta muddatli qarzlar berish kabilardan iborat.
1991-yilga kelib unga a‘zo mamlakatlar soni 153 ta bо‗lib, kapitali 120 mlrd. dollarni tashkil etgan.
О‗zbekiston ushbu tashkilotga 1992-yil 21-oktabrda a‘zo bо‗lgan.
SHHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) – tinchlik, havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, о‗zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. 2006-yildan oltita davlatni (Xitoy, Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston va О‗zbekiston) о‗z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992-yildan Xitoy bilan chegaradosh beshta sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining о‗zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‗liq muammolarni muhokama qilishdan boshlandi. 1996-yil Shanxayda, 1998-yilda Olmaotada, 1999-yilda Bishkekda о‗tkazilgan besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib hal etishga qaratildi. 2000-yil iyulida Dushanba sammitida О‗zbekiston Prezidenti kuzatuvchi sifatida qatnashdi. 2001-yil 15- iyunda SHHTga oltinchi a‘zo bо‗lib О‗zbekiston qо‗shildi. 2003-yil 28-29-mayda Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, 2003-yil sentabrida Pekinda ―SHHTga a‘zo davlatlarning 20 yilga mо‗ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qabul qilindi. 2004-yil iyunidan tashkilot tо‗la ravishda ishga kirishdi. 2005-yil iyulida Ostona sammitida Eron, Pokiston va Hindiston, kuzatuvchi maqomidagi Mongoliyaga qо‗shildilar.
YUNESKO – BMTning ta‘lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan sо‗ng, 44 ta davlat vakillari Londonda konferensiyaga yig‗ilib, YUNESKOni ta‘sis etuvchi Ustavni qabul qilishlari bilan tashkil topgan. YUNESKOning amaliy faoliyati 1946-yil 20- noyabrdan boshlangan. Qarorgohi Parijda. Tuzilish davrida 28 ta davlat a‘zo bо‗lgan bо‗lsa, hozirgi kunda unga 186 ta davlat a‘zo.
О‗zbekiston Respublikasi 1993-yil 29-oktabrda ushbu tashkilotga a‘zo bо‗lgan. YUNESKOning maqsad va vazifalari: ta‘lim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni qо‗llab-quvvatlash orqali tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashga hissa qо‗shish; qonunchilik va adolatlilikka hurmat, irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutdan qat‘iy nazar, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishni ta‘minlash.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin