О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə128/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:


AKKREDITATSIYA (AKKREDITLASH) – Xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‗i yoki biron-bir xalqaro tashkilotda doimiy vakili lavozimiga tayinlash va lavozimini bajarishga kirishishi bilan bog‗liq xatti- harakatlar majmui. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorlig‗ini topshirgan paytdan boshlab о‗z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi.
ARALASHMASLIK QOIDASI – boshqa davlatlar yoki xalqlarning ichki ishlariga aralashmaslik tо‗g‗risidagi qoida. Xalqaro huquqda tinchlikni saqlash va mustahkamlashning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi.
GEOSIYOSAT (Geopolitika) yunoncha geo – yer, politike – davlatni boshqarish san‘ati. Davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va siyosiy taraqqiyot qonuniyatlarini geografik va tabiiy omillar asosida о‗rganuvchi ta‘limot.
GLOBAL MUAMMOLAR (fransuzcha ―global‖ – umumiy, lotincha
―globus‖ – yer shari) – bitta davlat yoki mintaqaninggina emas, balki butun yer yuzi, insoniyat hayoti va kelajagiga dahldor umumbashariy muammolar. Yer yuzida tinchlikni saqlash, yadro urushining oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish, yer iqlimi isishining oldini olish, yoqilg‗i-energetikaning yangi turlarini yaratish, azon qatlamini muhofaza qilish, xalqaro terrorizmning oldini olish kabi muammolar hozirgi paytdagi eng dolzarb global muammolar hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida О‗zbekiston 500 dan ortiq ikki tomonlama va kо‗ptomonlama shartnomalar, bitimlar tuzdi, 80 dan ortiq muhim xalqaro konvensiya va shartnomalarga qо‗shildi. О‗zbekiston teng huquqlar asosida jahonning barcha obrо‗li va ta‘siri kuchli xalqaro tashkilotlariga a‘zo bо‗lgan
IHT (Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti) – xalqaro iqtisodiy tashkilot. 1985- yili Eron, Pokiston, Turkiya hamkorligida tuzilgan. 1992-yil fevraldan Ozarbayjon, О‗zbekiston, Tojikiston va Qirg‗iziston Respublikalari a‘zo bо‗lib kirgan. Tashkilot idorasi Tehron shahrida.
Ushbu tashkilot bugungi kunda nufuzli mintaqaviy birlashma hisoblanadi. Ushbu kо‗p tomonlama tuzilmaning asosiy maqsadi savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xо‗jaligi va sanoat kabi ustuvor yо‗nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Bugungi kunda 10 ta davlat IHTga a‘zo. Bular – О‗zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‗oniston.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin