О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə49/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish.
Ikkinchidan, davlatning o„zi eski tuzumdan yangi tuzumga о‗tish davrida
bosh islohotchi bо‗lishi zarur.
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‗i zarur.
To„rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qо‗llab-quvvatlash borasida mas‘ul bо‗lishidir.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‗ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
Taraqqiyotning milliy modeli tanlanishida mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e‘tiqodidan kelib chiqildi. Bunda ko‗plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o‗rganildi va inobatga olindi.
Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o‗zgarishlar yuz berdi, amalda ko‗p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o‗rin egalladi. Yalpi ichki maxsulot tarkibida nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.
Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‗zbekistonda 1996-yildan boshlab izchil iqtisodiy o‗sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003-yillarda o‗rtacha o‗sish sur‘ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2004-yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko‗tarilib, yuqori darajada yiliga o‗rtacha 7,5-9 foiz o‗sishni tashkil etdi.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‗ng‗irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‗gitlar zavodi, Asakadagi yengil avtomobillar, Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan О‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‗yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustivor yо‗nalishi
―Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yо‗nalishlari‖ deb belgilanib, 2017-2021-yillarda quyidagi yо‗nalishlarda faol islohotlar amalga oshirildi:
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy о‗sish sur‘atlarini saqlab qolish;
Tarkibiy о‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, Qishloq xо‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq valyuta bozorini liberallashtirish bо‗yicha aniq maqsadga yо‗naltirilgan kompleks chora tadbarlar amalga oshirilib, 2017-yil 5-sentabrda milliy valyuta – sо‗mning erkin konvertizatsiyasiga ruxsat berildi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rajadan tashqari tekshirish bekor qilinib, ularga davlat xizmatlarini kо‗rsatish tartibi soddalashtirildi. Prezident huzurida tadbirkorilk subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‗yicha vakil instituti (Ombudsman) ta‘sis etildi.
2017-yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasining faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o‗rinlari tashkil etildi. Mazkur yilda 2,5 trln sо‗m investitsiya о‗zlashtirildi, 510 mlrd sо‗mlik 1021 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
2018-yilda mamlakatimizning yalpi ichki maxsuloti о‗sishi 5,4 % (406,6 trln. sо‗m)ni tashkil etgan bо‗lsa, 2019-yilda bu kо‗rsatkich mos ravishda 5,6 % (511,8 trln sо‗m)ni tashkil etdi.
2019-yilda O‗zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‗sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‗ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019-yilda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport 28 foizga ko‗paydi. Oltin- valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
Iqtisodiyotdagi tizimli o‗zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018-yilda 35 foizni tashkil etgan bo‗lsa 2019-yilda bu ko‗rsatkich 37 foizga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotning rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yilda Prezidentning zargarlik sohasini rivojlantirish, Atom energetikasini rivojlantirish, Kimyo sanoatini yanada isloh qilish, sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bо‗lgan maxsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektrotexnika sanoatini rivojlaantirish hamda eksport salohiyatini oshirish bо‗yicha bir qator Qaror va Farmonlari qabul qilindi.
Davlat statistika qo‗mitasi uy xo‗jaliklari tanlama kuzatuvlari ma‘lumotlariga ko‗ra 2019-yilda o‗rtacha har 100 ta uy xo‗jaligiga 47 ta yengil avtomobil to‗g‗ri kelgan. Shuningdek, 100 ta uy xo‗jaligiga to‗g‗ri keladigan televizorlar soni 160 ta, kompyuterlar soni esa 55 tani tashkil etgan. 100 ta uy xo‗jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to‗g‗ri kelgan.
Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – ―Ekonomist‖ jurnali O‗zbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat – ―Yil
mamlakati‖ deb e‘tirof etdi. Bunday baho barchamizga cheksiz g‗urur, iftixor va kuch bag‗ishlaydi, yangi marralarga ruhlantiradi.
2020-yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‗zlashtirildi. 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirildi. Jumladan, Sho‗rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‗i, ―Navoiyazot‖ aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi, Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‗ali tarmog‗i, yer usti halqa yo‗lining birinchi bosqichi ishga tushirildi.
О‗zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xо‗jaligining barcha sohalarida tub islohotlar о‗tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xо‗jaligi sohasiga ham xos bо‗lib, natijada soha, mulk egalari о‗zgarib, yangi istiqbolli xо‗jalik yuritish shakllari paydo bо‗ldi.
1990-yillarning boshida О‗zbekiston aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990-yilda aholi iste‘moli uchun zarur bо‗lgan g‗allaning 82 foizi, kartoshka, gо‗sht va gо‗sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.
Albatta, respublika qishloq xо‗jaligining holati bosqichma-bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda amalga oshirilishini taqozo etar edi.
Shu nuqtai nazardan ham qishloq xо‗jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
1991-1997-yillarda rivojlanishning ―O‗zbek modeli‖ asosida olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e‘tibor qaratildi, qishloq xо‗jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1996-yil 26-noyabrda Qishloq va Suv xо‗jaligi vazirligi tashkil etildi.
2004-yilda ―Fermer xо‗jaligi tо‗g‗risida‖ yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. 2008-2009-yildan fermer xо‗jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish ishlari boshlandi. Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qо‗shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xо‗jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va
fermer xо‗jaliklariga yetkazib berildi.
2016-2017-yildan boshlab mamlakatimizda qishloq xо‗jaligi sohasiga tamomila yangicha yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar rо‗y-rost aytilib, uni bartaraf qilish choralari kо‗rila boshlandi.
―Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖ (PQ-2841, 16.03.2017), ―Respublika ipakchilik tarmog‗i korxonalarini yanada qо‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ (F- 4881, 24.03.2017), ―Baliqchilik tarmog‗ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ (PQ-2939, 01.05.2017), ―Moliya vazirligi huzurida Qishloq xо‗jaligini davlat tomonidan qо‗llab-quvvatlash jamg‗armasini tashkil
etish tо‗g‗risida‖ (PF-5095, 27.06.2017), ―Ilg‗or fermer‖, ―Mehnatkash dehqon‖ va
―Namunali tomorqachi‖ kо‗krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ (PQ-3803, 26.06.2018), ―Qishloq xо‗jaligini rivojlantirishning 2020- 2030-yillarga mо‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash tо‗g‗risida‖ (PF-5853, 23.10.2019), ―Respublika hududlarini qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖ (PQ-4709, 11.05.2020)gi Prezident Qarorlari, Farmon va Farmoiyshlari qishloq xо‗jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga kо‗tarishga xizmat qilmoqda.
2017-yil holatiga kо‗ra mamlakatimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada qishloq xо‗jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmagan. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu kо‗rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
О‗zbekiston 2017-yilda 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Lekin О‗zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud.
Sо‗nggi yillarda qishloq xо‗jaligi sohasida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish maqsadida 2018-yildan sohaga ilg‗or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etila boshlandi. 2020-yilda mamlakatimizning paxta- tо‗qimachilik yо‗nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi.
2019-yilda qishloq qо‗jaligi xodimlari fidokorona mehnatlari tufayli respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g‗alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla, 21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna gо‗sht va 11 mln tonna sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirildi. Natijada qishloq xо‗jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd sо‗m yoki 2018-yilga nisbatan 12 % kо‗p foyda olindi. Paxta xosilining 73 % paxta- tо‗qimachilik klasterlari hissasiga tо‗g‗ri keldi.
Hozirgi kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2019-yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy kо‗llarda 200 ming tonna baliq yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019-yil 19 ming tonna asal yetishtirildi.
Qishloq xо‗jaligidagi islohotlardan maqsad iqtisodiy foyda kо‗rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Ana shu maqsadda ―2019-2024-yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi‖ qabul qilindi.
Respublikamizning umumjahon xо‗jalik tizimiga bosqichma-bosqich va samarali integratsiyalashuvi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning strategiyasi va taktikasini oqilona belgilashga kо‗p jihatdan bog‗liq. Shuningdek, agrar sohaning barqarorligi, samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy etilishi mamlakat kelajagi va uning iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omil hisoblanadi.
Mamlakatimizda о‗tkazilgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichda olib borildi.
Birinchi bosqich (1991-1996-yillar)da mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bо‗lgan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirish boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini ta‘minlovchi qonunlar qabul qilindi. Natijada, 1995-yil oxiriga kelib, kichik korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991-yilga nisbatan 4,5 barobar о‗sdi.
Ikkinchi bosqich (1996-2000-yillar)da keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirilib, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va banqdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) о‗z faoliyatini boshladi. Amalga oshirilgan chora- tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000-yilda 31 foizga yetdi.
Uchinchi bosqich (2000-2010-yillar)da makroiqtisodiy jabha, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. 2000-yilda ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tо‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi.
Tо‗rtinchi bosqich (2010-2016-yillar) 2011-yilning ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi hamda Davlat dasturida iqtisodiyotning muhim sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bо‗lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ustuvor axamiyat berish bо‗yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning uzviy davomi edi.
Beshinchi bosqichda (2017-yildan) tadbirkor-fuqarolar soliqdan qochish emas, uni vaqtida tо‗lashdan manfaatdor bо‗lishi kerak tamoyili asosida islohotlar boshlandi. Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi 2018-yilgi reytingida mamlakatimiz qurilish bо‗yicha 134-о‗rinni egallagan. Bu esa sohada kо‗plab muammolar borligidan dalolat beradi.
2019-yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‗oyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qо‗llashdir. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin.
Sо‗nggi yillarda, xususan 2019-yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga kо‗paydi.
Qо‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019-yili soliq tо‗lovchilar ixtiyorida 2 trillion sо‗m qoldi.
Sо‗nggi yillarda Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bо‗yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. 2019-yilda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, 2020- yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni tо‗lash
muddatini uzaytirish yoki bо‗lib-bо‗lib tо‗lashga ruxsat berish bо‗yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.
Shunday qilib, kuchli raqobat sharoitida milliy korxonalarimizning jahon xо‗jalik tizimiga izchil kirib borishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishning jadallashyvi, modernizatsiyalash va barqaror uzoq muddatli iqtisodiy о‗sishni ta‘minlashga erishish kо‗p jihatdan kichik tadbirkorlik rivojiga bog‗liqdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin