О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə52/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

DIVIDENT (lotincha ―dividendus‖ – taqsimlanadigan narsa) – aksioner jamiyat foydasining aksiya egasiga tegadigan, binobarin, uning daromadiga aylangan qismi. Har yili foyda aksionerlar о‗rtasida (soliqlar tо‗planib, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mablag‗ ajratilganidan sо‗ng) ularning qо‗lidagi aksiya miqdori va turiga qarab divident taqsimlanadi.
INFLYATSIYA (lotincha ―inflatio‖ – bо‗rtish, shishish, qappayish) – narx- navo umumiy darajasining oshishi, real tovarlar takliflariga nisbatan pul massasi ortib, pulning qadr-qimmati va xarid qobiliyatining pasayib ketishi. Iqtisodda vujudga keladigan muammolar pul bosib chiqarishni kо‗paytirish orqali hal qilinsa yoki qog‗oz pullar hajmi о‗zgarmagan holda tovar hajmi kamaysa inflyatsiya yuz beradi.
INFRATUZILMA (lot. infra - ostida) – nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Ishlab chiarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo‗lgan meyoriy sharoitni ta‘minlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko‗rsatuvchi sohalar majmui. Infratuzilmaning ishlab chiqarish va ijtimoiy- maishiy turi mavjud. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar – yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta‘minoti, yo‗l xo‗jaligi, suv xo‗jaligi, ombor xo‗jaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar kiradi. Ijtimoiy-maishiy infratuzilmaga aholiga xizmat ko‗rsatib, uning ehtiyojiga xizmat qiluvchi sohalar – maorif, sog‗liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar kiradi.
INVESTITSIYA (nemischa ―investition‖ – kiyintirmoq, yasantirmoq) – mablag‗ni, ma‘lum boylikni qо‗shimcha daromad olish maqsadida ishlab chiqarish yoki boshqa sohaga joylashtirish. Mablag‗ sarflash.
IPOTEKA (yunoncha ―hypotheke‖ – garov) – ssuda, qarz olish maqsadida kо‗chmas mulk (yer, imorat)ni garovga qoyish. Qishloq xо‗jaligida va sanoatda tadbirkorlikni qо‗llab-quvvatlash maqsadida maxsus ipoteka banklari tashkil etiladi.
KLASTER (ing. cluster – bog‗lam, tutam, shingil) – turli hududdagi bir tarmoq yoki sohaga oid bir nechta korxona yoki tadbirkorlarning kreativ yechim uchun o‗zaro to‗planib, uyg‗unlashgan faoliyati. Klasterlar sanoat, qishloq xo‗jaligi, ta‘lim, tibbiyot va boshqa yo‗nalishlarda tazilishi mumkin.
O‗zbekiston iqtisodiyotida klaster tizimiga 2017-yildan o‗tila boshlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda paxta yetishtirish va to‗qimachilik, qorako‗lchilik, tibbiyot, toshni qayta ishlash, qurilish, chiqindini qayta ishlash, turizm kabi sohalarda klasterlar faoliyat yuritmoqda.
Masalan, paxtachilik sohasida 2017-yilda O‗zbekistonda 1 dona klaster ishlagan bo‗lsa, 2018-yilda ularning soni 15 taga, 2019-yilda 75taga yetdi. 2020- yilda esa 100 dan ortiq klasterlar tashkil etildi. Paxtachilik klasteri bu – paxtani yetishtirishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‗lgan bosqichlarni o‗z ichiga qamrab oladi.
KONSESSIYA (lotincha ―concessio‖ – ruxsat, yon berish) – davlatga tegishli tabiiy boyliklar, korxonalar va boshqa obektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalarga va ayrim shaxslarga ma‘lum muddatga foydalanishga berish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin