О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə92/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

KVORKING MARKAZLARI (ing. coworking hamkorlik) - har xil soha va kasblarda band bо‗lgan kishilar mehnatni tashkil etish usuli. Innovatsion g‗oya va takliflar ilgari surilib, amaliyotga joriy etishga mо‗ljallangan jamoaviy ofis.
―Yoshlar kelajagimiz‖ davlat dasturi doirasida 2018-yildan О‗zbekistonda tashkil etila boshlangan ―Yosh tadbirkorlar‖ kovorking markazlari yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‗oyalari va loyihalarini amalga oshirishga kо‗mak berish, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini kо‗rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
PREZIDENT MAKTABLARI – iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‗qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek o‗quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish, tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‗rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‗zlashtirishni tashkil qilish, o‗quvchilarning innovatsion g‗oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan zamonaviy maktablar tizimi.;
Prezident maktablari yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 20- fevraldagi ―Prezident maktablarini tashkil etish to‗g‗risida‖gi PQ-4199-son Qaroriga asosan dastlab 2019-2020 o‗quv yilida Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida tashkil etildi. Prezident maktablarini cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‗tkazish bilan bog‗liq. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‗tgandan so‗ng keyingi yillarda Prezident maktablari respublikamizning boshqa barcha viloyatlarida tashkil etilishi kо‗zda tutilgan.
TA‟LIM TО„G„RISIDAGI QONUN – ta‘lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi huquqiy-meyoriy xujjat. Ta‘lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy kо‗nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta‘lim va kasbiy bilim, malaka hamda kо‗nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish yо‗riqnomasi.
11 ta bob va 75 moddadan iborat О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi yangi qonuni 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan. Unda ta‘lim sohasining asosiy tamoyillari, ta‘lim tizimi, turlari va shakllari, ta‘lim tizimini boshqarish, ta‘lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi, ta‘lim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.
TEMURBEKLAR MAKTABI” – bugungi va kelajak avlodlarga harbiy, ma‘naviy merosini yetkazish, ajdodlarimiz amalga oshirgan buyuk ishlar tо‗g‗risidagi bilimlarimizni chuqurlashtirish va rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tafakkurni yanada jonlantirish va olingan bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazish, о‗quvchi-yoshlarimizga buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizni ibrat qilib kо‗rsatish, u kishining harbiy sarkardalik mahorati, о‗z ona Vatani ozodligi va ravnaqi yо‗lidagi olamshumul ishlarini, davlatchilik kuch-qudratini о‗rgatish, ulardek mard, qat‘iyatli, bir sо‗zli, adolatparvar, teran fikrli avlodni tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan harbiy bilim yurtlari.
О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun kuni bо‗lib о‗tgan yoshlar Qurultoyida Respublikamizdagi barcha harbiy akademik litseylarini Temurbeklar maktabi‖ deb nomlash tashabbusi ilgari surilgan edi. 2017-yil 5-iyuldagi ―Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va О‗zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qо‗llab-quvvatlash tо‗g‗risida‖gi PF-5106-sonli Prezident Farmoniga muvofiq, Respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga Temurbeklar maktabinomi berildi.
YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” DASTURI – Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‗oyalari va loyihalarini rо‗yobga chiqarishga kо‗maklashish va qо‗llab-quvvatlash, band bо‗lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bо‗lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish kо‗nikmalariga о‗qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan davlat dasturi. 2018-yil 27-iyunda PF-5466-sonli Prezident Farmoni asosida qabul qilingan.
Dastur doirasida О‗zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida ―Yoshlar — kelajagimiz‖ jamg‗armasi hamda uning tuman va shahar filiallari tashkil etildi. Yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bо‗lgan kasblarga о‗qitish, shuningdek, ularga biznes yuritish kо‗nikmalarini singdirish chora-tadbirlari belgilandi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin