О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə91/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:


BILIM OLISH HUQUQI – fuqarolarning ijtimoiy huquqi. Davlat tomonidan ta‘minlanadi. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41- moddasida ―Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir‖ deb qayd etilgan. Shunga asosan 1997-yil 29-avgustda ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi qonun va qonunni hayotga tadbiq etish uchun ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ham ishlab chiqilgan
EL-YURT UMIDI” JAMG„ARMASI xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste‘dodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yо‗lga qо‗yish, shuningdek, О‗zbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni yetakchi xorijiy ta‘lim muassasalarida hamda О‗zbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar bilan ta‘minlash maqsadida 2018- yil 25-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5545-son) bilan tashkil qilingan jamg‗arma. Jamg‗arma О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bо‗ysunadi.
GRANT (ing. Grant – sovg‗a, hayriya) – 1) ilmiy, madaniy va boshqa muassasa hamda tashkilotga pul mablag‗ini bir yо‗la ajratish yoki uskuna, xona in‘om etish; 2) ta‘lim muassasalari, ijodiy jamoalar, yakka olim, sport guruhlari va boshqalarga davlat va mahalliy mablag‗lardan ma‘muriy idoralar tomonidan beriladigan beg‗araz mablag‗, subsidiya; 3) davlatga yoki mahalliy idoraga qarashli mablag‗dan о‗quvchilar va talabalarga tо‗lanadigan stipendiya.
KREDIT-MODUL TIZIMI – modulli о‗qitish texnologiyalari va ECTS sinov kreditlari birligida amalga oshiriladigan о‗quv jarayonini tashkil etish modeli.
ECTS (European Credit Transfer System) Yevropaning 45 davlati tomonidan ishlab chiqilgan, tekshirilgan va takomillashtirilgan kreditlarni taqsimlashning Yevropacha tizimi. Modul – bu alohida individual о‗quv fani. О‗zida bilimga egalik qilish va kasbiy jihatlarini qamrab olgan bо‗lib, ta‘lim oluvchilarning о‗quv dasturini о‗zlashtirish natijasida shakllangan bilim, kо‗nikma va kompetensiyalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanishni nazarda tutadi.
Kredit-modul о‗qitish tizimi esa, har bir о‗quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning о‗quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta‘lim oluvchilarning bilim, kо‗nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi о‗quv dasturini о‗zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.
О‗zbekiston Respublikasi prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan ―О‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi‖ga kо‗ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030- yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga о‗tishi rejalashtirilgan. 2020-21 о‗quv yilining о‗zida mamlakatimizdagi 33 dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga о‗tdi.
Shuni qayd etish о‗rinliki, kredit-modul tizimiga о‗tish – davr talabi. Bu tizimda о‗qituvchilarni talabalar tanlaydi. Tanlov fanlari soni kо‗paytiriladi, ya‘ni talaba о‗z yо‗nalishi bо‗yicha tanlab о‗rganishi mumkin bо‗lgan fanlar soni kо‗p bо‗ladi. Ammo kredit-modul tizimida kerakli ballni yig‗a olmagan talabalar OTMlarda uzoq yillar о‗qishiga tо‗g‗ri keladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin