О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə90/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berildi.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda kuchli ilmiy-texnik va innovatsiya jarayonlari yuz berdi. Ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati tufayli respublikada ilmiy salohiyat oshdi. Ilmiy salohiyat fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va resurslarining mujassami sifatida respublika ijtimoiy- iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy ravnaqiga o‗zining sezilarli ta‘sirini ko‗rsatdi.
O‗tish davri muammolarini hal qilish uchun, eng avvalo, O‗zbekiston xorijiy davlatlar bilan ilmiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‗lga qo‗yishi lozim edi. Shu maqsadda O‗zbekiston rahbarining tashabbusi bilan 1992-yil 3-martda O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Prezidentlarining uchrashuvi bo‗ldi. Unda mazkur davlatlar Fanlar akademiyalari Prezidentlari ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‗g‗risidagi shartnomaga imzo chekdilar.
1991-yilning oxirlarida AQSH, Kanada, Fransiya, Polsha va Portugaliyadan O‗zR Fanlar akademiyasiga hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‗yicha takliflar keldi. 1992-yilda O‗zR Fanlar akademiyasi 25 davlat bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‗yicha hamkorlik qildi. AQSH, Kanada, Belgiya, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalar o‗rnatildi. 1992-yil may oyida respublika Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Kanadaning ―Triumf‖ yadro markazi o‗rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik shartnomasi imzolandi. О‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xorijlik sheriklar bilan fundamental tadqiqotlar asosida hamkorlikda qo‗shma korxonalar va laboratoriyalar qurishga ham e‘tibor qaratdi.
2012-yil Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan xalqaro konferensiyada ko‗plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo Taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta‘lim tizimi rahbarlari, 8 ta xalqaro tashkilot va ta‘lim jamg‗armalaridan 270 nafar vakil, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta‘lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‗zbekiston tajribasini o‗rgandilar. Ular yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma‘naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‗lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‗ldilar
O‗tgan yillar davomida yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‗rnatildi. Natijada 2002-2016-yillarda yuksak xalqaro obro‗-e‘tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o‗quv yurtlari - Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish institut, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetaning Toshkent shahridagi filiallari tashkil etildi.
Ilm-fan va oliy ta‘lim sohasidagi hamkorlik ayniqsa keyingi 4 yil davomida yanada jadallashdi. Jumladan, 2018-yilda Rossiya Federal davlat avtonom oliy
ta‘lim muassasasi ―Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti ―MISiS‖ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Puchon universiteti va Yodju universitetlari ochildi. 2019-yilda Toshkent shahrida ―Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti‖ Federal davlat avtonom oliy ta‘lim muassasasining filiali, AQShning Vebster universiteti ta‘lim dasturlarini amalga oshirish markazi, Hindistonning Sharda universiteti, ―MEI‖ milliy tadqiqot universiteti‖ Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasi filiali,
―D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti‖ Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasi, Belarus-O‗zbekiston qo‗shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti va 2020-yilda Hindiston bilan hamkorlikda Amiti Universiteti tashkil etildi. Samarqand shahrida ―Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti‖ federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasining filiali о‗z faoliyatini boshladi.
Ushbu oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim, mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‗lgan mutaxassislar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo‗lmoqda.
Mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoji asosida yangi zamonaviy yo‗nalishlar bo‗yicha kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani ham e‘tiborga sazovor. Yurtimiz va xorijdagi o‗quv yurtlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta‘lim olmoqda va o‗z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta‘lim muassasalari bilan ikki tomonlama talaba va tajriba almashish yo‗lga qo‗yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar, chet ellik taniqli ekspert va mutaxassislar, tahlilchi va kuzatuvchilar ishtirokida ta‘lim sifatini oshirishga doir ko‗plab simpoziumlar, konferensiya va seminarlar o‗tkazilmoqda. 2018-yil 25-sentabrda Vazirlar Mahkamasi huzurida Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‗yicha
―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi tashkil etildi.
2020-yildan matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‗nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berila boshlandi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‗larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‗rib chiqish boshlandi.
Prezident SH.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yavardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozimligi, har bir oliy ta‘lim va ilmiy- tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yishi shartligi qayd qilib o‗tildi. Shuningdek 2020-yilda
―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor- o‗qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilish, kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‗paytirish va tadqiqot yo‗nalishlari ko‗lamini kengaytirish lozimligi belgilandi.
Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda ―1 million dasturchi‖ loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin