О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə89/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

9-MAVZU:

KADRLAR TAYYORLASH VA TA‟LIM SOHASINI
ISLOH QILISH.



Reja:

    1. O„zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati.

    2. O„zbekistonda ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi.

    3. Ilm-fan va ilmiy texnika sohasining rivojlanishi.

    4. Ta‟lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi: yutuqlar va muammolar.



Tayanch tushunchalar: Yoshlar siyosati, “El-yurt umidi” jamg„armasi, “Kamolot”, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta‟lim tо„g„risidagi qonun, Ta‟lim islohotlari, Korrupsiyasiz ta‟lim, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, Kredit-modul tizimi, О„zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari Agentligi.

Har qanday mamlakatning asosiy boyligi uning menaral xom ashyo resurslari emas, balki uning xalqi hisoblanadi. 35 mln aholisi bо‗lgan О‗zbekiston esa bu jihatdan katta istiqbolga ega mamlakatlardan biridir. Hozirgi kunda O‗zbekiston aholisining ijtimoiy-demografik holatiga nazar tashlansa, unda yoshlar asosiy ijtimoiy-siyosiy kuch ekanligini ko‗rish mumkin. Chunki mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‗i 60 foizni tashkil qiladi. Har yili 500 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo‗llanma olayotganining o‗zi O‗zbekiston yoshlar davlati ekanligini kо‗rsatib turibdi.


Yoshlarning bilim olishi, ta‘lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‗zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. О‗zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‗amxo‗rlik ko‗rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchillik bilan hayotga tatbiq etildi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‗nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar О‗zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O„zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to„g„risida”gi Qonunda belgilab qo‗yildi. Ushbu huquqiy hujjat bosh islohotchi bo‗lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy strategik yo‗nalishlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi.
Ushbu Qonunga ko‗ra, yoshlar masalasi О‗zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi bo‗lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta‘lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‗liq ro‗yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
iborat.
Mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun 1991-yilda ―Yoshlar ittifoqi‖ tashkiloti tuzilgan edi. 1996-yil aprel oyida I.A.Karimov farmoni bilan ―Kamolot‖ jamg‗armasi tuzilib, 2001-yilda jamg‗arma Yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2016-yildan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda tub burilish davri boshlandi. 2016-yil 14-sentabrda 33 moddadan iborat
―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, asosiy yo‗nalishlari belgilab berildi.
2017-yil 30-iyunda O‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakatining 4 quriltoyida ishtirok etdi. Prezidentimiz о‗z ma‘ruzasida harakatning 16 yillik faoliyatini tahlil qilib, o‗tgan davrdagi faoliyatiga tanqidiy baho berdi va uni yangi mazmundagi tashkilotga – O„zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirishni taklif qildi. Ma‘ruzada shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‗rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish,
―Eng kitobxon maktab‖, ―Eng kitobxon mahalla‖, ―Eng kitobxon oila‖ kabi yo‗nalishlarda tanlovlar o‗tkazish, ―Yoshlar nashriyot uyi‖ni tashkil etish, yoshlarga harbiy ta‘lim-tarbiya beradigan kursantlar maktabiga Temurbeklar maktabi‖ deb nom berish, turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun ―Mard o‗g‗lonlar‖ nomli Davlat mukofotini ta‘sis etish, jamoat ishlarida faol yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida ―Kelajak bunyodkori‖ medalini ta‘sis etish va har yilning 30-iyun sanasini ―Yoshlar kuni‖ deb e‘lon qilish taklif etildi.
2018-yil 27-iyunda ―Yoshlar-kelajagimiz‖ Davlat dasturi qabul qilindi. 2019- yil 19-martda O‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‗sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‗yicha 5 ta tashabbus ilgari surildi.
Yoshlar bilan ishlash masalasi, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta‘minlash maqsadida ―Yoshlar – kelajagimiz‖ jamg‗armasi faoliyati yanada kengaytirildi.
2020-yil 30-iyunda Vazirlar Mahkamasi huzurida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog‗liq soha va yo‗nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‗nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish etib belgilandi.
2020-yil 25-26-dekabr kunlari tariximizda birinchi marta Toshkentdagi
―Humo arena‖ majmuasida Respublika yoshlarining forumi bo‗lib o‗tdi. Shavkat Mirziyoyev forum doirasida yoshlar bilan uchrashib, muloqot qildi. Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar yechimiga oid rejalar bayon qilindi, vazifalar belgilandi.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, ta‘lim sohasini isloh qilish mamlakat oddida turgan muhim yo‗nalishlardan biri sifatida qabul qilindi. Ta‘lim islohotlarning asosiy yo‗nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an‘analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon
xalqlari pedagogikasining ilg‗or yutuqlari asosida ta‘lim mazmunini tubdan o‗zgartirish, shu maqsadda o‗qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularni har tomonlama rag‗batlantirish, bilim va ko‗nikmalarining puxtaligini ta‘minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo‗llashni keng ko‗lamda yo‗lga qo‗yish, shu asosda ta‘lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo‗ldi.
Ta‘lim tizimini isloh qilish Konsepsiyasi 1997-yil 29-avgustda yangi taxrirda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun hamda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da o‗z aksini topdi.
Mazkur qonun va Dastur asosida 1998-1999-yildan boshlab ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimida qator islohotlar boshlandi. 12-yillik ta‘limga о‗tish maqsadida respublikamizda 1500 dan ortiq akademik lesey va kasb-xunar kollejlari tashkil etildi. Ammo, sohaga juda katta mablag‗lar sarflangan bо‗lishiga qaramasdan mazkur 12 yillik ta‘lim biz kutgan samaralarni bermadi. Ta‘limning moddiy-texnik bazasiga asosiy e‘tibor berilib, ta‘limning mazmuni va sifati e‘tibordan chetda qolib ketdi. Yoshlarda bilim va ilmga bо‗lgan intilish yildan yilga sо‗nib bordi. Bu esa islohotlar о‗tkazish zarurligini kun tartibiga qо‗ya boshladi.
Ta‘lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020-yil 23- sentabrda O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ―Ta‘lim to‗g‗risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim turidan keyin professional ta‘lim turi kiritildi. Ta‘lim olish shakllari sifatida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta‘lim olish (kunduzgi), ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta‘lim, oilada ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish, katta yoshdagilarni o‗qitish va ularga ta‘lim berish, inklyuziv ta‘lim, eksternat tartibidagi ta‘lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasda kadrlar
tayyorlash kabi shakllariga ajratildi.
Ta‘lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‗shma fakultet va o‗quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o‗qituvchilarga mualliflik dasturi va o‗qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‗qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek, ―biz keng ko‗lamli demokratik o‗zgarishlar, jumladan, ta‘lim islohotlari orqali O‗zbekistonda yangi Uyg‗onish davri, ya‘ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‗zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik‖.
So‗nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim sohasiga katta e‘tibor qaratila boshlandi. 2017-yil 9-sentabrda ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ Prezident Qarori (PQ-3261) qabul qilinib, sentabr oyida Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi. 2019-yil 8-mayda О‗zbekistonda maktabgacha ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019-yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‗chalari
tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasi 2016-2021-yillarda 25 foizdan 65 foizga yetkazildi.
2017-yildan umumiy o„rta (xalq) ta‟limi tizimida ham qator tub o‗zgarishlar, islohotlar davri boshlandi. Ko‗plab ota-onalar, o‗qituvchi va o‗quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2017- yil sentabrdan 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi. 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi.
2019-yil 29-aprelda О‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. О‗qituvchilar ishini yengillashtirish va ularning salohiyatidan oqilona foydalanish uchun ta‘limni raqamlashtirish, ―Onlayn maktab‖, ―Raqamli va xavfsiz maktab‖, ―Elektron darslik‖, ―Elektron kundalik‖ kabi tizimlar joriy etildi.
Ma‘lumki, rivojlangan davlatlarning bugungi taraqqiyoti va zamonaviy iqtisodiyotini belgilab bergan bosh omillardan biri bu oliy ta‘lim hisoblanadi. Mamlakatimizda 1991-2016-yillarda Oliy ta‘lim tizimida qator islohotlar о‗tkazildi. Respublikamizda oliy о‗quv yurtlari soni 37 tadan 78 taga yetkazildi.
Ammo, boshqa mamlakatlar bilan qiyoslanganda tizimda muammolar yetarli ekanligi yaqqol kо‗rinib turardi. Masalan, maktab bitiruvchilarni OTM bilan qamrab olish Rossiyada 74 %, Janubiy Koreyada 96 % bо‗lgani holda О‗zbekistonda bu kо‗rsatkich 2016-yil xolatiga ko‗ra 7-9 % ni tashkil etardi.
2019-yil 8-oktabrda О‗zbekiston Respublikasida Oliy ta‟lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyada 2030-yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 50 % dan oshirish; O‗zMU va SamDUni mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e‘tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‗rindagi OTMlari ro‗yxatiga, shu jumladan, O‗zMU va SamDUni birinchi 500 ta o‗rindagi oliy ta‘lim muassasalari ro‗yxatiga kiritish; OTMlarda o‗quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‗tkazish; o‗quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‗naltirilgan ta‘limdan amaliy ko‗nikmalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan ta‘lim tizimiga bosqichma-bosqich o‗tish; OTMlarining akademik mustaqilligini ta‘minlash; OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar belgilandi.
2021-yilga kelib Respublikamizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 131 taga yetdi. Jumladan, davlat oliy ta‘lim muassasalari 96 ta, nodavlat oliy ta‘lim muassasalari 10 ta, xorijiy OTMlar va filiallari 25 tani tashkil etmoqda. Bitiruvchilarni OTM bilan qamrab olish 25 % ga yetkazildi.
Mamlakat va millat kelajagi ko‗p jihatdan ilm-fan hamda jamiyatning intellektual salohiyatiga bog‗liq. Eng zamonaviy ilmlarni egallamasdan, mamlakat milliy manfaatlariga xizmat qiluvchi fan sohalarini rivojlantirmasdan, fundamental, nazariy tadqiqotlar olib bormasdan jamiyatni taraqqiy ettirish mumkin emas.
1992-yil yanvarda O‗zbekistonda fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida Respublika Kengashi tashkil etildi. 1992-yil 18-fevralda
О‗zbekiston Respublikasi Fan va texnika Davlat qo‗mitasi tuzildi. Shuningdek, 1992-yil 31-martda Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
Mamlakatimizda 2016-2017-yildan boshlab Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilm fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasida tub o‗zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Sifat jihatidan yangicha mazmundagi qonun, qaror va farmon-farmoyishlar qabul qilindi. Xususan, 2017-yil 17-fevralda ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ Prezident Qarori (PQ-2789) qabul qilindi. Shu yili 13-iyunda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparki tashkil qilish to‗g‗risida maxsus Farmon (PF-5068) qabul qilindi va О‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. 29-dekabr sanasida ―О‗zbekiston Respublikasi FAning haqiqiy a‘zolarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Prezident Farmoniga ko‗ra 22 yillik tanafusdan so‗ng 32 nafar yangi akademik saylandi.
Bugungi kun talabidan kelib chiqib 2018-yilning о‗zida О‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‗or texnologiyalar markazi tashkil qilindi.
Ma‘lumki, sayyoramizda mavjud yoqilg‗i energetika resurslari cheklangan bо‗lib, 30-40 yillik zahiralarga ega xolos. Zamonaviy iqtisodiyot va ilm-fan muqobil energiyalarni yaratishni taqozo etmoqda. Ana shu maqsadda mamlakatimizda ham amaliy ishlar boshlandi. 2019-yil 7-fevralda 2019-2029- yillarda O‗zbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab o‗tganlaridek, ―O‗zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‗ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma‘rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‗lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‗chadan boshlab oliy o‗quv yurtigacha – ta‘limning barcha bo‗g‗inlarini isloh qilishni boshladik.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a‘zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma‘rifat, yuksak ma‘naviyat kerak. Ilm yo‗q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‗g‗ri yo‗ldan adashish bo‗ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, ―Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!‖.
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‗zlashtirish, chinakam ma‘rifat va yuksak madaniyat egasi bo‗lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak‖.
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‗tarish maqsadida yurtimizda 2020-yilga “Ilm,

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin