Oʻzbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti



Yüklə 196,82 Kb.
səhifə2/11
tarix13.12.2023
ölçüsü196,82 Kb.
#174757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1Kriminologiyada ilmiy bashoratttt

Xulosa qilib aytish mumkinki, ilmiy bashorat orqali ma’lum bir davr davomida jinoyatchilikning o‘ziga xos shakllanishi va dinamikasini bilishda muhim bo‘lgan ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida yuzaga kelayotgan kriminogen holatlarni bartaraf etishda ilmiy bashorat nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan turli jinoiy faoliyatlarning yuzaga kelayotganligi kriminologiyada ilmiy bashoratni yuqori bosqichga ko‘tarilishini taqozo etmoqda. Jumladan, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, g‘ayriqonuniy ravishda qurol-yarog‘ va narkotik vositalarni sotish va o‘tkazish kabi jinoiy faoliyatlarga avvaldan baho berish hamda ularning oldini olish uchun aynan qanday yo‘l tutish lozimligini ilmiy bashorat orqali aniqlanishi kriminologiya fani zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

  • Xulosa qilib aytish mumkinki, ilmiy bashorat orqali ma’lum bir davr davomida jinoyatchilikning o‘ziga xos shakllanishi va dinamikasini bilishda muhim bo‘lgan ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida yuzaga kelayotgan kriminogen holatlarni bartaraf etishda ilmiy bashorat nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan turli jinoiy faoliyatlarning yuzaga kelayotganligi kriminologiyada ilmiy bashoratni yuqori bosqichga ko‘tarilishini taqozo etmoqda. Jumladan, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, g‘ayriqonuniy ravishda qurol-yarog‘ va narkotik vositalarni sotish va o‘tkazish kabi jinoiy faoliyatlarga avvaldan baho berish hamda ularning oldini olish uchun aynan qanday yo‘l tutish lozimligini ilmiy bashorat orqali aniqlanishi kriminologiya fani zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

Ilmiy bashoratning turlari va manbalari

  • Kriminologiyada ilmiy bashorat qilish va uni samarali joriy etish uchun zarur bo‘lgan omillarning o‘ziga xos belgilari asosida klassifikatsiya qilish hamda tizimini yaratish katta ahamiyatga ega. Masalan, agar kriminologik bashorat umumiy bo‘lsa, ushbu umumiylik bevosita kriminologiya fani va jinoyatchilikning ilmiy bashoratlaridan iboratdir. Shuningdek, jinoyatchilikni bashorat qilish birinchi marta sodir etilgan va retsidiv jinoyatlarni bashorat qilish turlariga bo‘linishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.Aynan shu ikki holat u yoki bu jinoyatchilikka oid umumiy holatni, ya’ni uning tizimi, o‘ziga xos xususiyatlari va dinamikasi bo‘yicha bashorat ishlarini tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Demak, kriminologiyada ilmiy bashorat o‘zaro bog‘liq tizimdan iborat. Shuningdek, jinoyatchilikni ilmiy bashorat qilish, yuqorida eslatib o‘tilganidek, muddatlari bo‘yicha ham farq qiladi. Shunga ko‘ra jinoyatchilikni ilmiy bashorat qilish uzoq muddatli, o‘rtacha va qisqa muddatlarda o‘tkazilishi nazarda tutiladi. Individual shaxsning o‘zini tutishini bashorat qilish mustaqil yo‘nalish hisoblanishini ham e’tiborga olmoq zarur. Chunki ushbu bashorat qilish yo‘nalishi jinoyatchi shaxsini alohida o‘rganishga imkon yaratadi. Individual bashorat muqaddam jinoyat sodir etgan va jinoyati uchun jazolangan shaxslarda o‘ziga xos xususiyatlar shakllanishi bilan bog‘liq holatlarni ilmiy bashorat qi- lishni o‘z ichiga oladi. Sanab o‘tilgan barcha bashoratlar umumiy tarzda jinoyatchilikni ilmiy bashorat qilish tushunchasini qamrab oladi.Shu o‘rinda har bir yo‘nalishdagi bashorat qilish o‘z mazmun-mohiya- tiga ega ekanligini yodda tutish lozim. Jumladan, qisqa muddatli ilmiy bashorat jinoyatchilikka qarshi kurashning ma’lum bir qisqa davrini o‘z ichiga oladi va shu davrda qanday faoliyat ko‘rsatish lozimligini tavsiya etadi. Qisqa muddatli bashorat orqali jinoyatning sodir etilishi o‘ziga xos qonuniyatlar asosida qanday o‘zgarishi mumkinligi ilmiy nuqtai nazaridan bashorat qilinadi, shu bilan birga, jinoyatchilikning ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yaqin kelgusida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi belgilab beriladi, ya’ni bir yildan besh yilgacha yoki shu davr mobaynida har bir yilda qanday o‘zgarib borishi mumkinligi taxminiy aniqlanadi.

Yüklə 196,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin