Oʻzbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti



Yüklə 196,82 Kb.
səhifə10/11
tarix13.12.2023
ölçüsü196,82 Kb.
#174757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1Kriminologiyada ilmiy bashoratttt

Rejalashtirish qaysi yo‘nalishda va qaysi shaklda bo‘lmasin, mavjud holatga tayanish, aniqlik, muvofiqlashtirish (koordinatsiya), takrorlanmaslik, javobgar shaxslar tomonidan belgilangan vazifaning bajarilishini ta’minlash, rejalashtirish ishlarida uchraydigan kamchiliklar hisobini olib borish kabi prinsiplarga yondashgan holda ishlab chiqilmog‘i lozim.Rejani ishlab chiqish va uning tizimi rejalashtirilayotganda ishning mohiyati, hajmi va tadqiqot obyektlarining xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi va ayni vaqtda jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlarining belgilanishini ham e’tiborga olish zarur. Bu borada hozirgi kunda ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlarining rejalarida qo‘llanilayotgan tizim yaratilganligiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Bu idoralarning tarmoq va tarmoqlararo rejalari umumiy, maxsus va yakuniy qismlardan iborat bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashda rejalashtirish ishlari yuqorida biz sanab o‘tgan prinsiplar asosida ishlab chiqiladi. Umumiy qism, asosan, ji­noyatchilik umumiy holatining tahlili, profilaktik chora-tadbirlarning maqsad va vazifalari (jinoyat turlari bo‘yicha alohida chora-tadbir ko‘rishni e’tiborga olmagan holda), aholi o‘rtasida huquqni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, hokimiyat organlarining turli bo‘g‘inlari va tarmoqlarida jinoyat­chilikka qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar berish, shuningdek, profilaktika ishlarini yuritishga mas’ul idoralarni tashkil etishni ham ko‘zda tutishi lozim. Eng muhimi, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga e’tibor umumiy qismda belgilanadigan chora-tadbirlar qatoriga kiritilishi va aniq vazifalar belgilanishi maqsadga muvofiqdir.Rejaning maxsus qismida esa jinoyatchilikka qarshi kurashda aha­miyatga ega chora-tadbirlar belgilanishi va ularning amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan ishlar aniq ifodalanishi zarur. Nihoyat, yakuniy qismda, yuqorida ta’kidlanganidek, zarur moddiy-texnika, kuch va vositalar manbai, belgilangan ishlarning yakunlanishi kabilar qayd etilmog‘i lozim.Ta’kidlash joizki, ijtimoiy muammolarni, shuningdek, jinoyatchilik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishi ko‘p tomondan rejalashtirishni yuqori darajada bo‘lishiga bog‘liq. Reja- lashtirishda asosiy manba, yuqorida bayon etilganidek, chuqur ilmiylik asosida yaratilgan kriminologik bashoratlar hisoblanishini o‘quvchi yodda tutishi kerak.

  • Rejalashtirish qaysi yo‘nalishda va qaysi shaklda bo‘lmasin, mavjud holatga tayanish, aniqlik, muvofiqlashtirish (koordinatsiya), takrorlanmaslik, javobgar shaxslar tomonidan belgilangan vazifaning bajarilishini ta’minlash, rejalashtirish ishlarida uchraydigan kamchiliklar hisobini olib borish kabi prinsiplarga yondashgan holda ishlab chiqilmog‘i lozim.Rejani ishlab chiqish va uning tizimi rejalashtirilayotganda ishning mohiyati, hajmi va tadqiqot obyektlarining xususiyatlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi va ayni vaqtda jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlarining belgilanishini ham e’tiborga olish zarur. Bu borada hozirgi kunda ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlarining rejalarida qo‘llanilayotgan tizim yaratilganligiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Bu idoralarning tarmoq va tarmoqlararo rejalari umumiy, maxsus va yakuniy qismlardan iborat bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashda rejalashtirish ishlari yuqorida biz sanab o‘tgan prinsiplar asosida ishlab chiqiladi. Umumiy qism, asosan, ji­noyatchilik umumiy holatining tahlili, profilaktik chora-tadbirlarning maqsad va vazifalari (jinoyat turlari bo‘yicha alohida chora-tadbir ko‘rishni e’tiborga olmagan holda), aholi o‘rtasida huquqni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, hokimiyat organlarining turli bo‘g‘inlari va tarmoqlarida jinoyat­chilikka qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar berish, shuningdek, profilaktika ishlarini yuritishga mas’ul idoralarni tashkil etishni ham ko‘zda tutishi lozim. Eng muhimi, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga e’tibor umumiy qismda belgilanadigan chora-tadbirlar qatoriga kiritilishi va aniq vazifalar belgilanishi maqsadga muvofiqdir.Rejaning maxsus qismida esa jinoyatchilikka qarshi kurashda aha­miyatga ega chora-tadbirlar belgilanishi va ularning amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan ishlar aniq ifodalanishi zarur. Nihoyat, yakuniy qismda, yuqorida ta’kidlanganidek, zarur moddiy-texnika, kuch va vositalar manbai, belgilangan ishlarning yakunlanishi kabilar qayd etilmog‘i lozim.Ta’kidlash joizki, ijtimoiy muammolarni, shuningdek, jinoyatchilik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishi ko‘p tomondan rejalashtirishni yuqori darajada bo‘lishiga bog‘liq. Reja- lashtirishda asosiy manba, yuqorida bayon etilganidek, chuqur ilmiylik asosida yaratilgan kriminologik bashoratlar hisoblanishini o‘quvchi yodda tutishi kerak.

Yüklə 196,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin