O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmoyishlari;
19.12.2018 yildagi PQ-4068-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori;
16.01.2018 yildagi F-5181-sonli “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishi.
28.01.2022 yildagi PF-60-sonli “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
Ushbu qaror va farmonlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6199-son Farmoni, 2021 yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5150-son qarori asosida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda moddiy madaniy meros sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, moddiy madaniy meros sohasini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy- madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirish;