O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə4/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Kesh arxeologik topografik ekspeditsiyasi. Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasiga 1963 yilda ToshDUning arxeologiya kafedrasi qoshida professor M.Ye. Masson tomonidan asos solingan. Ekspeditsiyaning maqsadi voha hududini arxeologik va tarixiy-madaniy nuqtai-nazardan kompleks tadqiq etishga qaratilgan edi. Shu davrdan boshlab Qashqadaryoning sharqiy qismi arxeologik yodgorliklarini tizimli ravishda tadqiq etish ishlari boshlanadi. Ushbu ekspeditsiya tomonidan Sharqiy Qashqadaryoda olib borilgan tadqiqotlar asosan shahar va qishloqlar tarixiy
topografiyasini hamda arxeologik yodgorliklar xaritasini yaratish bilan xarakterlanadi. XX asrning 60-yillarida Shaxrisabzning o‘rta asrlar davri qal’a devorlari, shaharning Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy topografiyasi, Kitob tumani antik davri yodgorliklari hamda Oltintepa yodgorligi tadqiq etiladi. XX asrning 70-80-yillarida esa KATE a’zolari tomonidan ilk temir davri yodgorliklari, xususan, Podayotoqtepa, Sangirtepa va Uzunqir qazib o‘rganiladi. XX asrning 80-90- yillari davomida ekspeditsiya a’zolari Shaxrisabz va Yakkabog‘ tumani arxeologik yodgorliklarini o‘rganishadi, shuningdek, XVII-XIX asrlarda Qashqadaryo vohasining savdo va madaniy aloqalari, Shaxrisabz shahri va uning landshafti tadqiq etiladi. Qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar esa ekspeditsiya a’zolari tomonidan yaratilgan ilmiy nashrlarda o‘z aksini topgan.
Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi. 1936 yilda UzSSR Fanlar qo‘mitasi qaroriga asosan Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (TAKE) tashkil etiladi. Mazkur ekspeditsiyaning maqsadi Eski Termiz va uning hududida joylashgan turli tarixiy davrlarga oid bo‘lgan yodgorliklar majmuasini tadqiq etishga qaratilgan edi. Ekspeditsiyaga akademik M.Ye. Masson rahbarlik qilgan. Ekspeditsiya tarkibida O‘zbekiston tabiat va madaniyat yodgorliklari qo‘mitasi (Uzkomstaris), Samarqand Davlat muzeyi va Termiz o‘lkashunoslik muzeyi xodimlari faoliyat olib borishgan. Tadqiqotlar jarayonida ekspeditsiya a’zolari tomonidan Eski Termizning tarixiy topografiyasi, Termizshohlar saroyi, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi, Chingiztepa va Ayrtom yodgorliklari, Eski Termiz va unga tutash hududlarning suv bilan ta’minlashi va sug‘orish tizimi, Boysuntog‘dagi Teshiktosh g‘or-makoni va boshqa yodgorliklar tadqiq etiladi. Amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar ikki tomli “Термезская археологическая экспедиция. Труды Академии наук УзССР.” ilmiy nashrida o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston – jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri hisoblanadi. Vatanimiz hududida dunyoga mashhur bo‘lgan turli tarixiy davrlarga oid yodgorliklarning aniqlanishi esa yuqoridagi fikrimizni tasdiqlash imkonini beradi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, tarixiy markazlarimizning Vatanimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rnini atroflicha o‘rganish va xolisona yoritish, ajdodlarimizdan qolgan boy moddiy va madaniy merosni ilmiy asosda tadqiq etish, ularni tiklash, asrab-avaylash va muhofaza qilish, ochiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik markazlariga aylantirish kun tartibidagi asosiy vazifalardan biriga aylandi. Shuningdek, dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixida Vatanimizning tutgan o‘rni ham alohida mavzu sifatida o‘rganilmoqda. Bu borada O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Yaponiya, O‘zbekiston-Fransiya, O‘zbekiston-Germaniya, O‘zbekiston-Chexiya, O‘zbekiston- Xitoy va boshqa xalqaro ekspeditsiyalar faoliyati natijalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston-Rossiya Toxariston ekspeditsiyasi. Ushbu xalqaro ekspeditsiyaning asosiy tadqiqot obyekti Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi Sho‘rob qishlog‘idan taxminan 1,5 km masofa uzoqlikda joylashgan ellinizm va kushonlar davriga oid Kampirtepa shahar-qal’a yodgorligi hisoblanadi. Amudaryodan muhim kechuv yo‘llaridan birida joylashgan Kampirtepa yodgorligi 1972 yilda Shimoliy Baqtriya hududida amalga oshirilgan arxeologik qidiruv-kuzatuv ishlari natijasida
E.V. Rtveladze tomonidan aniqlangan. 1979-1992 yillar oralig‘ida O‘zbekiston San’atshunoslik ekspeditsiyasining arxeologik guruhi tomonidan amalga oshirilgan qazishmalar natijasida yodgorlikning sitadel va mudofaa devorlari batamom qazib ochilgan bo‘lsa, qisman esa shaharning asosiy qismi tadqiq etiladi. Mudofaa devorlaridan tashqarida, shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy hududda yer usti inshooti va sharqiy tarafida esa naus va daxma vazifasini bajargan zardushtiylik katalari qazib ochiladi. Bundan tashqari, qazishmalar natijasida san’at va moddiy madaniyatga oid ko‘p sonli topilmalar, shuningdek, yunon, baqtriya, braxma va “noma’lum yozuv”ga oid namunalar qayd etiladi. Mazkur ekspeditsiya tomonidan Kampirtepa yodgorligidan tashqari undan 0,5 km masofa uzoqlikda joylashgan milodiy IV-V asrlardan so‘nggi o‘rta asrlarga qadar mavjud bo‘lgan Sho‘robqo‘rg‘on va 1 km masofa uzoqlikda joylashgan miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo‘lgan Sho‘rtepa yodgorliklarida ham tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. 1999 yilda Kampirtepa yodgorligida arxeologik qazishma ishlari qayta tiklanadi. Ushbu tadqiqotlarda Moskvaning Sharq Davlat muzeyi O‘rta Osiyo arxeologiyasi, Rossiya Fanlar Akademiyasining O‘rta Osiyo arxeologiyasi ekspeditsiyasining Baqtriya guruhi, Ikuo Xirayama nomida xalqaro karvon-saroy, shuningdek, Fransiya, Hindiston, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlar mutaxassislari ishtirok etishadi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida E.R. Rtveladze tomonidan Aleksandr Makedonskiy nomi bilan bog‘liq bo‘lgan Oks bo‘yidagi Iskandariya shahri Kampirtepa yodgorligi o‘rnida mavjud bo‘lganligi haqida ilmiy xulosalarga kelinadi. Shuningdek, mazkur xalqaro ekspeditsiya tomonidan 2013 yildan boshlab Darband (Surxondaryo viloyati) yaqinida joylashgan ellinizm davriga oid harbiy qal’a vazifasini bajargan Uzundara yodgorligida ham arxeologik qazishma ishlari olib boriladi. E.V. Rtveladze boshchiligidagi arxeologik guruh tomonidan Kampirtepa, Sho‘robqo‘rg‘on, Sho‘rtepa va Uzundara yodgorliklarida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari esa 11 tomdan iborat “Материалы Тохаристанской экспедиции” nomli ilmiy nashrlarda o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi. Bugungi kunda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligida 5 ta xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar Vatanimiz hududida faoliyat olib bormoqda.

  1. O‘zbekiston-Fransiya Sug‘d arxeologik missiyasi (MAFOUZ-Sogdiane). Ushbu ekspeditsiya 1989 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi (CNRS) bo‘limi mudiri Frans Grene rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaning asosiy e’tibori Sug‘dning ilk temir davridan toki Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari bosqiniga qadar bo‘lgan tarixini tadqiq etishga qaratilgan. Shuningdek, zardushtiylikning kelib chiqishi, Sug‘dning savdo aloqalari, tarixiy geografiyasi va boshqa masalalar ham asosiy tadqiqot mavzularidan hisoblanadi.

  2. O‘zbekiston-Fransiya Baqtriya arxeologik missiyasi (MAFOUZ-Bactriane). Mazkur ekspeditsiya 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi (CNRS) xodimi Pier Lerish va Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti xodimi Tuхtash Annayevlar tomonidan rahbarlik qilingan. Ekspeditsiyaning asosiy tadqiqot obyekti Oks (Amudaryo) bo‘yida joylashgan Eski Termiz yodgorligi hisoblanadi. Faoliyati davomida xalqaro ekspeditsiya a’zolari tomonidan Termizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Eski Termiz hududida dastlabki aholi manzilgohining vujudga kelishi, Eski Termizning Aleksandr Makedonskiy davridan Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari

bosqiniga qadar bo‘lgan urbanizatsiya jarayoni bosqichlari, aholi turar joylari, buddaviylik diniy inshootlari, mudofaa istehkomlari va h.zolar borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, ekspeditsiya a’zolari tomonidan Surxon vohasi hududi tadqiq etilib 100 dan ortiq yangi yodgorliklar aniqlangan.

  1. O‘zbekiston-Fransiya “Markaziy Osiyo neoliti” ekspeditsiyasi. Ushbu ekspeditsiya 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi (CNRS) xodimi Frederik Bryune va O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti xodimi Muxiddin Xo‘janazarovlar rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaning asosiy tadqiqot obyekti Qizilqum cho‘llaridagi neolit davriga oid Kaltaminor madaniyati yodgorliklari hisoblangan.

  2. O‘zbekiston-Fransiya xalqaro oldtarix arxeologiyasi missiyasi. Mazkur ekspeditsiya 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi (CNRS) xodimi Xulio Bendezu-Sarmiyento va O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti xodimi Samariddin Mustafaqulovlar rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaning asosiy tadqiqot obyekti Vatanimiz hududidagi protoshahar madaniyatining yorqin namunasi hisoblangan Jarqo‘ton yodgorligi hisoblanadi.

  3. Buxoro vohasidagi O‘zbekiston-Fransiya arxeologik missiyasi. Ushbu ekspeditsiya 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Rokko Rante boshchiligidagi Luvr Muzeyi Islom san’ati departamenti va O‘zR FA Arxeologiya institutining Jamoliddin Mirzaaxmedov boshchiligidagi xodimlari ishtirok etishgan. Ekspeditsiyaning asosiy tadqiqot obyekti Boxoro vohasidagi Poykand va Romitan yodgorliklari hisoblangan.

O‘zbekiston-Yaponiya Qoratepa arxeologik ekspeditsiyasi. Ushbu ekspeditsiya 1998 yilda tashkil topgan va asosiy tadqiqot obyekti Qoratepa buddaviylik monastiri hisoblanadi. Mazkur ekspeditsiya a’zolari tomonidan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida Qoratepa shimoliy tepaligidagi monastir va mehrob xona, g‘arbiy tepaligidagi yerusti va g‘orsimon inshootlarida arxeologik tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ushbu xalqaro ekspeditsiyasi tomonidan Qoratepa buddaviylik monastirida amalga oshirilgan tadqiqotlari natijalari esa ko‘p sonli ilmiy nashrlarda o‘z aksini topgan.


2004-2006 yillar davomida esa YUNЕSKO, jahon merosini saqlash bo‘yicha Yaponiya TRAST fondi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi hamda Termiz Davlat universiteti hamkorligidagi “Fayoztea xarobalarini ta’mirlash va saqlash” xalqaro loyiha doirasida arxeolog olim T. Annayev rahbarligidagi guruh tomonidan Fayoztepa buddaviylik monastirida arxeologik
qazishma ishlari amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida Fayoztepa O‘rta Osiyoning ilk buddaviylik monastiri sifatida asoslanadi. Buddaviylik me’morchiligi, san’ati, moddiy madaniyati va epigrafikasiga oid muhim ashyoviy manbalar qo‘lga kiritilib, Tarmita-Termiz buddaviylik markazlari madaniyatini yangicha yondashuv asosida o‘rganish va yoritish imkoni vujudga kelgan.
2011 yilda O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etiladi. 2011-2013 yillar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi arxeologlari hamkorligida Qoratepa buddaviylik markazining janubiy qismida qazishma ishlari olib borildi. Tadqiqotlar natijasida janubiy tepalikda, aynan shu qismda avvalroq qazib ochilgan A, B va shu singari inshootlarni takrorlovchi majmualar aniqlanadi.
2014–2017 yillarda O‘zR FA San’atshunoslik instituti va Yaponiyaning Rishsho universiteti hamkorligidagi arxeologik ekspeditsiya tomonidan esa Qoratepaning shimoliy tepaligida joylashgan monastir qismi markaziy stupasining janubi-g‘arbiy tarafidagi yo‘laksimon xona va unga tutash xonalar o‘rganilgan.
Bundan tashqari, Vatanimiz hududida dastlab O‘zbekiston-Rossiya, so‘ngra O‘zbekiston-Rossiya-Belgiya xalqaro ekspeditsiyasi Obirahmat va Ko‘lbuloq (Toshkent viloyati) g‘or-makonlarida, O‘zR FA arxeologiya instituti va Rossiya Federatsiyasi Davlat Ermitaji ekspeditsiyasi Poykand (Buxoro) yodgorligida, O‘zbekiston-Polsha ekspeditsiyasi Kattasoy yodgorligida (Jizzax), O‘zbekiston- Amerika ekspeditsiyasi Toshbuloq (Jizzax) va Kampirdevor (Navoiy) yodgorliklarida, O‘zbekiston-Yaponiya ekspeditsiyasi Qofirqal’a yodgorligida (Samarqand), O‘zbekiston-Xitoy ekspeditsiyasi Mingtepa (Farg‘ona) va Sazog‘on (Samarqand) qishlog‘idagi mozorqo‘rg‘onlarda, shuningdek, Shimoliy Baqtriya tog‘ etaklarida yashagan ko‘chmanchi aholiga tegishli “Rabot” yodgorligida (Surxondaryo), O‘zbekiston-Italiya ekspeditsiyasi Qo‘ytepa (Samarqand), Qo‘rg‘oni Vardonze (Buxoro) yodgorliklarida, O‘zbekiston-Chexiya ekspeditsiyasi Sherabod vohasidagi Jondavlattepa, Burguttepa, Kayrittepa, Bobolangar va boshqa yodgorliklarda (Surxondaryo), Qoraqalpog‘iston-Avstraliya ekspeditsiyasi Aqchaxon qal’a (Qoraqalpog‘iston) yodgorligida arxeologik qazishma ishlarini amalga oshirmoqda.
2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ta’mirlash, qayta tiklash va ulardan foydalanish, shuningdek arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish borasida qabul qilingan qaror va farmonlar.
Bugungi kunda Vatanimizning boy o‘tmish tarixi haqida guvohlik beruvchi moddiy, madaniy va arxeologiya merosini chuqur o‘rganish, uni tiklash, saqlash va muhofoza qilish, shuningdek, ochiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik markazlariga aylantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ular sirasiga Vatanimizda YUNЕSKO sha’feligi ostida Toshkent shahrining 2200 yilligi, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlarining 2500 yilligi, Shaxrisabz shahrining 2700 yilligi va Samarqand shahrining 2750 yillik yubileylari keng nishonlanishi hamda Butunjahon me’rosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi, shuningdek, Fayoztepa, Qoratepa, Bibiona, Axsikent, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi kabi bir qator yodgorliklarning ochiq osmon
ostidagi muzey va ziyorat turizmi obyektlariga aylantirilishini kiritishimiz mumkin. Bu borada Respublikamizda moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ta’mirlash, qayta tiklash va ulardan foydalanish, shuningdek arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qaror va farmonlar ham qabul qilingan.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 30.08.2001 yildagi 269-II-sonli “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
13.10.2009 yildagi 229-sonli “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin