O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə1/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
ARXEOLOGIYA KAFEDRASI


ARXEOLOGIYAGA KIRISH
fani bo‘yicha
O‘ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A




Bilim sohasi 200000- San`at va gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi 220000-Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) Ta’lim yo‘nalishi 6020400-Arxeologiya


Termiz 2023

O’quv uslubiy majmua TerDU ilmiy Kengashi qarori bilan tasdiqlangan Arxeologiyaga kirish fanining o’quv dasturi (2023 yil 26 avgust) va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi 2021 yil 16-iyuldagi 311-son buyrug’ining 1-ilovasi “O’zbekiston Davlat Standarti O’zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari Oliy ta’limning Davlat Ta’lim Standarti”ga muvofiq ishlab chiqildi.
O‘quv -uslubiy majmua Termiz davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2023 yil 25-avgustdagi 1- sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.
Tuzuvchilar: Termiz davlat universiteti “Arxeologiya” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Z.E.Xoliqov.
Arxeologiya” kafedrasi o‘q., J.Q.Turdiyev
Taqrizchilar: Termiz davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik” kafedrasi mudiri, t.f.d. Sh.B.Shaydullayev.


TDPI Tarix, san’at va sport fakulteti dekani, t.f.n. P.Sh.Xo’shboqov
MUNDARIJA




O‘quv-uslubiy majmua bo‘limlari

betlar




SO‘Z BOSHI




1.

Ma’ruza materiallari




1.1

Kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifasi.




1.2

O‘zbekistonda Arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot
bosqichlari




1.3

O'zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot
bosqichlari




1.4

Arxeologiyaning tarmoq fanlar




1.5

Arxeologiyaning tarmoq fanlari




1.6

Arxeologiyada aniq va tabiiy fanlar




1.7

Arxeologiyada texnologik kashfiyotlari




1.8

Arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o’rganishdagi ahamiyati




1.9

Arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o’rganishdagi ahamiyati




1.10

O’rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evoluytsiyasi haqida




1.11

O’rta Osiyo xalqlari tosh davri moddiy madaniyatining evoluytsiyasi




1.12

O’rta Osiyo xalqlarining mezolit davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.13

O’rta Osiyo xalqlarining neolit davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.14

Eneolit va bronza davri moddiy madaniyatining evoluytsiyasi




1.15

O’rta Osiyo xalqlarining temir davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.16

O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.17

O’rta Osiyo xalqlarining antik davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.18

O’rta Osiyo xalqlarining antik davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.19

O’rta Osiyo xalqlarining o’rta asrlar davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




1.20

O’zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o’tkazish
tattibi




1.21

O’zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o’tkazish
tattibi




1.22

O’zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o’rganish
bo’yicha mavjud qonun va qoidalar




1.23

O’zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o’rganish
bo’yicha mavjud qonun va qoidalar













2.

Seminar mashg‘uloti materiallari




2.1

Kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifasi.




2.2

O‘zbekistonda Arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot
bosqichlari




2.3

O'zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot
bosqichlari




2.4

Arxeologiyaning tarmoq fanlar




2.5

Arxeologiyaning tarmoq fanlar




2.6

Arxeologiyada aniq va tabiiy fanlar




2.7

Arxeologiyada texnologik kashfiyotlari




2.8

Arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o’rganishdagi ahamiyati




2.9

Arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o’rganishdagi ahamiyati




2.10

O’rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evoluytsiyasi haqida




2.11

O’rta Osiyo xalqlari tosh davri moddiy madaniyatining evoluytsiyasi




2.12

O’rta Osiyo xalqlarining mezolit davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.13

O’rta Osiyo xalqlarining neolit davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.14

Eneolit va bronza davri moddiy madaniyatining evoluytsiyasi




2.15

O’rta Osiyo xalqlarining temir davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.16

O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.17

O’rta Osiyo xalqlarining antik davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.18

O’rta Osiyo xalqlarining antik davr moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.19

O’rta Osiyo xalqlarining o’rta asrlar davri moddiy madaniyatining
evoluytsiyasi




2.20

O’zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o’tkazish
tattibi




2.21

O’zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o’rganish
bo’yicha mavjud qonun va qoidalar




2.22

O’zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o’rganish
bo’yicha mavjud qonun va qoidalar




3.

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari




4.

Glossariy




5.

Ilovalar




5.1

Fan dasturi




5.2

Ishchi fan dasturi




5.3

Tarqatma materiallar




5.4

Testlar




5.5

Baholash mezonlari







SO‘Z BOSHI
Mustaqillik Arxeologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning 32 yilligi mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga ta’tigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy dastur o‘z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qarama-qarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.
Ushbu dastur «Arxeologiyaga kirish» fanini xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganish, mamlakatimizning demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari, jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda fanning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, fanning tarkibi va tuzilishi, uni tashkil qilish va boshqarish, fanning tasnifi kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, «Arxeologiyaga kirish» fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mazkur o‘quv uslubiy majmua «Arxeologiyaga kirish» fanidan “6020400 - Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, Tarix
fakultetining “Arxeologiya va manbashunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
«Arxeologiyaga kirish» fani o‘qitishdan maqsad - tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borish, ularni jamiyatga bog‘lik bo‘lgan hodisalarni ko‘rsatishdir. «Arxeologiyaga kirish» fani jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg‘unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish, tarix fanining asosiy yo‘nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o‘rnini tushuntirishdan iborat.
Ushbu o‘quv uslubiy qo‘llanma beshta qismdan iborat bo‘lib, ular sillabus, ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va amaliy mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil topgan.
Mazkur o'quv uslubiy majmua “Arxeologiyaga kirish” fanidan “5120400- Arxeologiya” ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, Tarix fakul`tetining “Arxeologiya” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan
Semestrda fanning predmeti, maqsadi va vazifalari, arxeologiya fanining shakllanishi, O'zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, arxeologiyaning tarmoq fanlari, arxeologiya va tabiiy fanlar, arxeologiyada texnologik kashfiyotlar, jahonning eng yirik arxeologiya ilmiy markazlari, arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o'rganishdagi ahamiyati, O'rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evolyutsiyasi haqida umumiy tushuncha, O'zbekistonda xalqaro arxeologik tadqiqotlar o'tkazish tartibi, O'zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o'rganish bo'yicha mavjud qonun va qoidalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar keltirilgan.
“Arxeologiyaga kirish” fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr arxeologiya fanning ahamiyati va ijtimoiy fanlar sohasida tutgan o'rni to'g'risida, arxeologiya fani haqida umumiy tushuncha, fan va uning ish uslubi (yer usti arxeologiyasi, suv osti arxeologiyasi). Xronologik 5 davrlashtirish (paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davri, ilk temir davri, antik davr, o'rta asrlar), turli mintaqalar o'tmish tarixi va madaniyati muammolarini o'rganishda foydalanishni, Arxeologiya muzeyi, arxeologik manbalar tavsiflari, ilmiy tadqiqot institutlari materiallaridan foydalanish kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi. Ushbu o'quv uslubiy qo'llanma beshta qismdan iborat bo'lib, ular sillabus, ishchi o'quv reja, namunaviy va ishchi o'quv dastur, modulni o'qitishda foydalaniladigan interfaol ta'lim metodlari, ma'ruza materiallari (ma'ruza matni, adabiyotlar ro'yxati, mustaqil ta'lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va amaliy mashg'ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro'yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil topgan.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin