Reja: Arxeologiya fan sifatida. Arxeologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Arxeologik manbalar. Moddiy manbalar. Yozma manbalarning qadimgi va o’rta asrlar tarixini o’rganishdagi o’rni.
Arxeologiya fanining yordamchi tarmoqlari. Arxeologiya tadqiqot usullari.
Madaniy qatlam.
TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR :
Arxeologiya, arxeolog, xronologiya, yer usti arxeologiyasi, suv osti arxeologiyasi, o'lkashunoslik, etnografiya, ekspeditsiya, sivilizatsiya, arxeologik yodgorlik, moddiy manbaa, arxeologik komplek va h. k.
ANNOTATSIYA:
Arxeologiya fani haqida umumiy tushuncha. Arxeologiyaga kirish fanining maqsadi va vazifalari. Fanning paydo bo'lishi. Fanning predmeti. Arxeologiya - xalqaro fan. Arxeologiya - umuminsoniyat tarixiga xizmat qiladigan fan.
Arxeologiya fani ish uslubi va tadqiqot turlari.
Arxeologiya so’zi asli yunon tilidagi ikki so’zdan kelib chiqqan bo’lib,
«arxios» qadimgi, «logos» fan yoki so’z demakdir. Tarixiy fan insoniyatning o’tmishini, insoniyat jamiyati taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi, Arxeologiya fani ham aynan shu maqsadni amalga oshirishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Shuning uchun ham fanda arxeologiya`ni tarixning bir qismi deyish rasm bo’lgan. Aslida arxeologiya`ni insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan boshlang’ich va sinfsiz davri desak to’g’riroq bo’ladi.
Arxeolog olimlarimizni fikrlariga ko’ra insoniyat tarixi, mehnat qurollarini yasashdan boshlanadi. Ajdodlarimiz tomonidan mehnat qurollarini yasash davri ya`ni, hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi yer sharining hamma joyida bir vaqtda sodir bo’lgan emas. Afrikaning Efiopiya mamlakatida insoniyat ajdodlarining faoliyatlari 3 million yil muqaddam boshlangan bo’lsa, bizning Markaziy Osiyo mintaqasining O’zbekiston xududida bunday voqea hozirgi kunimizdan 1 million yil avval sodir bo’lgan. Ana shu 1 million yillik ajdodlarimizning tarixini qariyb 99,75 foizini sinfsiz jamiyat, faqat 0,25 foizinigina sinfiy jamiyat tashkil qiladi, xolos. Aniqrog’i, insoniyat tarixini 99,75 foizi ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalarining birinchisi bo’lgan ibtidoiy jamiyat
tarixiga taalluqli bo’lsa, faqat 0,25 foizi sinfiy jamiyatlar: quldorlik, feodalizm, kapitalizm va impyerializm kabilarni o’z ichiga oladi.
Tarix fani ajdodlarimiz tarixini yoritishda asosan ikki xil ko’rinishdagi manbaaga tayanadi: 1. Yozma manbalarga 2. Moddiy ashyolarga. Yozuvning ilk bora paydo bo’lganiga besh ming yildan ortiqroq vaqt bo’lganini va yyer sharining juda ko’p joylarida nisbatan ancha kech yuz byerganini hisobga olsak, yozma manbalar faqat sinfiy jamiyatlar xaqidagina ma`lumot byera olishi mumkinligiga iqror bo’lamiz. Chunki yozuvning paydo bo’lish davri sinfiy jamiyatning vujudga kelish davri bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Aniqrog’i sinfiy jamiyatni boshqaruvchi davlatning paydo bo’lish bilan yozuvga extiyoj kuchayadi. Ilk yozuv va sinfiy jamiyat paydo bo’lgan hududlardan biri Misrdagi yozma manbalarda o’z atroflaridagi sinfsiz jamiyatda, ya`ni ibtidoiy tuzum sharoitida yashagan xalqlarning; urf - odatlari, kiyimlari, yuz tuzilishlari, xatto ularning bir - birlaridan farqlari, haratyerlari to’g’risida yozib qoldirganlar. Ammo bu ma`lumotlar biz uchun qanchalik ahamiyatli bo’lmasin bu yozma manbaalar ibtidoiy tuzumning oxirlarida yashagan odam-lar hayotini juda oz qismini yoritadi xolos.
Ajdodlarimizni eng qadimgi davridan to sinfiy jamiyat paydo bo’lgunga qadar, ayrim xollarda esa sinfiy jamiyatning kattagina kismini xam asosan arxeologiya fani o’rganadi va har tomonlama keng ma`lumotlarni byeradi. Ta-niqli rus olimlaridan YU. N. Zaxaruk: «arxeologik manba-lar ko’p xollarda, yozma manbalarga qaraganda to’laroq va aniqroq ma`lumotlarni byeradi. Chunki bu manbalar jamiyat-ni eng muxim tomoni bo’lgan moddiy ishlab chiqarish faoliyatini ko’rsatadi» - deydi. Shuning uchun ham arxeologiya yor-damchi fanlar qatoriga kirmay, u o’zining moddiy ashyolariga tayangan xolda, yirik tarixiy muammolarni xal qilish va- zifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Arxeologiya ko’p qirrali fan bo’lib, u inson tarixining ilk shakllanishidan tortib, to ijtimoiy ongining ma`lum darajada taraqqiy etgunga qadar bo’lgan davrni o’rganadi. Arxeologik yodgorliklarni va ulardan qazib olingan topilmalarni o’rganishda arxeologlar arxeologiya fani uchun yaqin bo’lgan va xatto unga mutlaqo daxli bo’lmagan fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadilar. Masalan u yoki bu yodgorlikning mutlaq yoshini aniqlashda va ba`zi arxeologik topilmalarni qotirishda fizika va kimyo fanidan foydalanadilar. Arxeologiya fani
bir necha tarmoqlarni o’z ichiga oladi: numizmatika - tangalar to’g’risidagi fanni, epigrafika - toshlardagi yozuvlarni o’rganuvchi fanni va nihoyat sfragistika - muxrlarni o’rganuvchi fanni. Insoniyatning qadimgi davrini aks ettiruvchi yozma manbalar bizgacha juda oz miqdorda etib kelgan. Moddiy manbalar esa arxeolog olimlarimiz tomonidan juda ko’plab topilmoqda va har tomonlama o’rganilmokda. Bu jarayon o’zining murakkabligi tufayli mutaxassis arxeolog olimlar tomonidan ancha qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmokda. Bu jarayonning murakkabligi shundaki, ming xatto million yillar avval ajdodlarimiz tomonidan qoldiriyagan mehnat qurollari, ya`ni moddiy manbalarning barchasi ham qanday bo’lsa shundayligicha bizgacha saqlanib kelmaydi. Balki tabiatning ta`sir kuchi natijasida o’zgaradi. Buning ustiga ular doimo to’la ravishda saqlanib kelmaydi. Arxeologik topilmalarni to’la xolatda yoki chala xolatda topilishi, aniqrog’i bizgacha etib kelishi u yoki bu yodgorlikdagi madaniy qatlamning qay xolatda saqlanganligiga ham bog’liq. Madaniy qatlam odatda ibtidoiy odamlarning qarorgoxlarida matyerikdan to yuqori qatlamgacha bo’lgan oraliqda joylashib uni qalinligi ajdodlarimizni o’sha qarorgoxda uzoq yoki qisqa vaqt yashaganliklariga bog’liq bo’ladi, agar uzoq vaqtlar yashagan bo’lsa qalin, oz muddat yashagan bo’lsalar yupqa bo’lishi mumkin. Umuman madaniy qatlam deyilganda ana shu qarorgoxda matyerikdan to ustki qatlamgacha bo’lgan qatlamdagi ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollari va ularning chiqindilari, gulxan qoldiqlari tushuniladi. Umuman ajdodlarimiz tomonidan yasalgan va ularni faoliyatlarini aks ettiruvchi narsalarni o’zida saqlab qolgan tuproq aralashmasi madaniy qatlam hi-soblanadi. Madaniy qatlamlar ajdodlarimizni yashagan sharoitlariga qarab har xil bo’ladi: bitta yodgorlikda bir nechta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bir davrni mezolit yoki neolit davrini aks ettirishi mumkin. Ammo bu qatlamlarni birinchisi ilk davri bo’lgani uchun, undagi mehnat qurollari dag’alroq va soddaroq bo’lsa, qolganlari asta sekin rivojlanishlari natijasida ixchamlashgan va takomillashgan bo’ladilar. Demak bir yodgorlikda misol uchun beshta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bitta neolit davriga mansub bo’lsa, bu neolit yodgorligida uch ming yil yashagan odamlarning dastlabki ming yilligiga oid mehnat qurollari sodda ko’rinishga ega bo’la-di. Keyingi ming yillikdagilari esa tobora
takomillashib boradi. Shuni alohida ayniqsa joizki ayrim yodgorliklardagi madaniy qatlamlar yuqorida aytilganidek faqat bitta davrni emas balki bir nechta davrni ham aks ettirishi mumkin. Bunga misol qilib O’zbekiston xududida joylashgan Ko’lbuloq yodgorligini ko’rsatishimiz mumkin. Bu ajdodlarimiz ashell’ davridan to mezolit davrigacha bo’lgan davr mobaynida yashaganlar. Demak ular ashell’, must’e va yuqori paleolit kabi davrlarni o’z boshlaridan kechirganlar. Bu davrlarni bir biridan tabiiy qatlamlar ajratib turadi. Tabiiy qatlamlar, madaniy qatlamlardan farq qilib ularda ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilgan mehnat qurollari yoki boshqa qoldiqlar bo’lmaydi. Chunki bu tabiiy qatlamlar insonlar tomonidan emas balki, tabiat tomonidan vujudga keltirilgan qumlik, tuproq kabilardan paydo bo’lgan qatlamlardir. Bular shamol, bo’ronlar uchirib kelgan va uzoq vaqtlar o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Odatda bunday qatlamlar u yoki bu sabablarga ko’ra qarorgohlarda uzoq vaqt hayot to’xtashi natijasida sodir bo’ladi. Bunday sabablardan biri, ajdodlar o’z qarorgoxlarini o’zgartirganlaridan so’ng uzoq vaqt qaytib kelmaganliklaridir. U yoki bu yodgorliklarni madaniy qatlamlarini birin ketin o’rganilishi arxeologlar uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday o’rganish qarorgoxlardagi ajdodlarni birin- chidan taraqqiyot jarayonlarini ko’rsatsa, ikkinchidan ularni xronologiyasini ya`ni sanasini aniqlashda katta rol’ o’ynaydi. eng muximi bu madaniy qatlamlarda ajdod-larimizning arxeologlar uchun juda zarur bo’lgan moddiy ishlabchikaruvchi manbalarini ifodalovchi mehnat qurollari va ularni ma`naviy hayot faoliyatlarini ko’rsatuvchi dali-liy ashyolar saqlanib qolgan. Bu arxeologik ashyolarga suyan-gan xolda ularning bir birlaridan farqlari, yoshlari va tarqalgan xududlari aniqlanadi.,
Buday xolat esa o’z navbatida arxeologlarga ma`lum bir xudud uchun harakterli bo’lgan arxeologik madaniyatni ajratish imkonini beradi. Arxeologik madaniyatlar u yoki bu yodgorliklarning mehnat qurollariga qarab yoki o’sha yodgorliklarning nomlariga qarab ataladi. Masalan O’rta Osiyo xududida neolit davrida bir vaqtning o’zida uch xil yunalishdagi madaniyatlar mavjud bo’lgan.
Kaltaminor madaniyati,
Xisor madaniyati,
Joyitun madaniyati.
Kaltaminor madaniyatiga xos kabilalarni xo’jaliklarini asosan ovchilik- baliqchilik va tyermachilik tashkil qilgan bo’lsa, Hisor madaniyati xo’jaligining asosini chorvachilik tashkil qilgan. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarda esa, bir vaqtni o’zida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Kaltaminor madaniyatiga oid birinchi yodgorlik Korakalpok respublikasining To’rtko’l tumanidagi Kaltaminor qishlog’idan topilgani uchun o’sha yer nomi bilan S. P. Tolstov tomonidan arxeologiya faniga ki- ritilgan. Joyitun madaniyati ham Kopet-Dog’ bilan Qoraqum oralig’idagi yalanglikdan birinchi topilgan ibtidoiy manzilgohni nomi. Hozirgi kunda maxalliy xalq tomonidan Joyitun deb atalgani uchun, bu manzilgoxni V. M. Masson tomonidan arxeologiya faniga Joyitun madaniyati nomi bi-lan kiritildi. Shuni aytish kyerakki Joyitun qarorgoxlariga o’xshash yodgorliklar keyingi yillarda juda ko’plab topilgan va ularning nomlari har xil. Ammo ular Joyitun madaniyati bilan deyarli bir xil bo’lganliklari uchun ularni nomlari har xil bo’lishidan kat`iy nazar ular ham bitta Joyitun madaniyati nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, u yoki bu nom bilan yuritiladigan arxeologik madaniyat mazmuniga ko’ra ma`lum bir geografik xududdagi bir necha ib- tidoiy makonlarni yig’indisi bo’lib, bularning mehnat qu-rollari, yashash tarzlari, urf-odatlari, kundalik mashgulotlari bir birlariga juda o’xshash bo’ladi.
Mutaxassis arxeologlarning ilmiy ish jarayonlari bir muncha murakkab bo’lib, ular bir necha bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda arxeolog qadimiy qarorgoxlarni topish uchun qidiruv ishlari bilan shug’ullanadi. Bu qidiruv ishlari qarorgoxlarni davriga qarab, o’ziga xos usullar bilan olib boriladi. Masalan g’orlarda yashagan ajdodlarimizni qarorgoxlarini qidirishda birinchi navbatda g’orlarni og’zi quyosh tomon qaraganmi? yoki yo’qmi? shunga e`tibor byeriladi. Chunki ibtidoiy odamlar o’zlariga qarorgox tanlaganlarida quyosh nuridan foydalanishga katta ahamiyat byerganlar. Ik- kinchi navbada ana shu qarorgoxga yaqin joydan suv o’zani o’tganmi? yoki yo’qmi? bunga ham katta e`tibor byerilgan. Sababi yashash joylari qanday yaxshi bo’lmasin suvsiz yashash mumkin bo’lmagan. Ana shu kabi talablarga javob byera ola-digan g’orlardagina ajdodlarimiz yashaganlar va o’zlaridan bizga myeros qilib madaniy qatlamlarni qoldirganlar. Ik-kinchi bosqichda arxeolog ana shu topilgan qarorgoxlarda qa-zish ishlarini olib boradi. Bu qazish ishlarini olib bo-rishdan asosiy maqsad, avvalo qarorgohlardagi madaniy qatlamlarni nechtaligini aniqlash va ulardagi arxeologik matyeriallarni bir biriga aralashtirmay har qaysi qatlam-dagi
ashyolarni alohida alohida qilib shifr belgilarini qo’yib olish bo’ladi. Uchinchi bosqichda arxeolog qazib olin-gan barcha arxeologik matyeriallarni to’plab olgandan so’ng ularni klassifikatsiya qilish bilan shug’ullanadi, ya`ni ularni xajmiga, shakliga va hokazolariga qarab guruxlarga bo’ladi. To’rtinchi bosqichda arxeolog o’zi topgan o’sha ashyo-larni boshqa yodgorliklardan topilgan ashyolar bilan solish-tiradi va ular o’rtasidagi o’xshashliklarni topishga harakat qiladi. Shundan so’ng oxirgi xal qiluvchi bosqichda o’zining tarixiy xulosalarini bayon qilishga kirishadi, ya`ni arxeo- logik ashyolarni davrini, ularni funktsiyalarini va shu ashyo egalarining yashash tarzl'arini yoritishga kirishadi. Masalan bronza asriga oid birorta yodgorlikdan topilgan sopol idishlarni xajmiga va shakliga qarab ularni funktsiyalari-ni ya`ni qaysi maqsad uchun foydalanganliklarini aniqlash mumkin. Lekin. ajdodlarimizni ilk faoliyatlariga oid bo’lgan shell’ va ashell’ xatto must’e davrining toshdan yasalgan mehnat qurollarini funktsiyalarini aniqlash juda murakkab masalalardan hisoblanadi. Sababi juda ko’p xol-larda ana shu qadimiy toshdan ajdodlarimiz tomonidan yasalgan mehnat qurollarini tabiatning ta`sir kuchi nati-jasida vujudga kelgan tabiiy tosh bo’laklaridan ajratish qiyin. Sababi ularni tashqi ko’rinishlari bir- birlariga juda o’xshashdir.
Arxeologiya fani o’zining ilmiy izlanish usullarini va echilishi lozim bo’lgan masalalarining kengligi tufayli gumanitar fanlar: antropologiya, etnografiya, poleontolo-giya, tilshunoslik, geologiya xatto aniq fanlar fizika, ki-myo, botanika, zoologiya, tuproqshunoslik va boshqa fanlarga suyangan xolda o’z maqsadlarini amalga oshiradi. Arxeolog-lar ajdodlarimizni ilk ishlab chikarishvatexnikasoxala-ridagi o’z davrini inqilobiy•darajasidagi bosib o’tgan ta- raqqiyot yo’llarini qadam baqadam o’rganib keladilar. Inqi-lob dar^ajasidagi ajdodlarimiz tarixida yuz byergan voqea-larga: O’q-yoyning paydo bo’lishini, g’ildiraklardan foydala-nishga o’tishni, dehkonchilik va chorvachilikni vujudga keli-shini, xo’jalikda metaldan foydalanish sirlarini o’zlashti-rilishi kabi voqeliklarni kiritish mumkin. Insoniyat hayo-tidagi bu kabi yirik voqealarsiz hozirgi hayotimizdagi ul-kan yutuqlarni ko’lga kiritishimizni tasavvur qilish qiyin.
Arxeologiya fani gumanitar fan bo’lib u tarbiya ishiga, insonlarni dunyoqarashlarini shakllanishiga, madaniyatini yuksalishiga xizmat qiladi. Arxeologik topilmalar o’zlari-ning moddiy ashyoligi va anikligi tufayliyaratilganligihamda ulardan mehnat quroli sifatida foydalanganliklari sababli ular ajdodlarimiz kundalik hayotlarini aks etti-ruvchi, biz uchun qimmatli bo’lgan ma`lumotlarni byeradi. Ammo bu ma`lumotlarni xajmi u yoki bu
yodgorlikda arxeo-logik topilmalarni qay darajada saqlanganligiga va ana shu yodgorlikda qazish ishlarini arxeolog tomonidan to’g’ri yoki noto’g’ri usul bilan olib borishga ko’p jixatdan bog’liq-dir. Agar arxeolog har qanday yodgorlikda qazish ishlarini olib borishda to’g’ri usulni qo’llasa u ko’zlangan maqsadiga yerishishi mumkin. Bordiyu noto’g’ri usulni tanlasa. unda u nafaqat maqsadiga yerisha olmaydi, balki fan olamida tuza-tib bo’lmaydigan xatto og’ir jinoyatga teng bo’lgan qo’pol xa-toga yo’l qo’yadi. Chunki har qanday yodgorlikda arxeologik qazish ishlari bir marta bajariladi. Markaziy Osiyo xudu-didagi son sanoksiz yodgorliklarning yoshi o’rta asrlardan to bir million yilga teng. Demak, agar arxeolog tarixiy yod-gorliklarni qazish ishlarida noto’g’ri usulni qo’llasa, biz uchun ajdodlarimizdan million yillar davomida myeros bo’lib kelayotgan yodgorliklar poymol kilinadi va ular fan uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham arxeologik yodgorliklarda qazish ishlarini olib borishga ma`lum dara-jada tajribalarga ega bo’lgan mutaxassislargagina ruxsat byeriladi. Arxeolog tarixiy yodgorliklarda asosiy qazish ishlarini boshlashdan oldin, yodgorlik qaysi davrga mansub ekanligin bilish maqsadida arxeologlar tili bilan aytgan-da bo’yi ikki metr eni bir metr bo’lgan shurfini yodgorlikni satxidan to matyerikkacha kaziydilar. Bu bilan yodgorlikda nechta madaniy qatlam borligini va bu madaniy qatlamlarda qanday arxeologik ashyolar borligini bilib oladilar. Shun-dan so’ng asosiy qazish ishlarini boshlash uchun o’z usullari-ni belgilaydilar.
Ma`lumki butun insoniyat tarixi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning taraqqiyotiga qarab yirik davrlarga bo’lingan. Bular orasida ibtidoiy tuzum eng qadimiysi va uzoq davom etgani bo’lib, bu davr asosan arxeologlar tomo-nidan o’rganiladi. Arxeologlar tarixiy yodgorliklarni ta- raqqiyotidagi rivojlanish jarayonini o’zluksizligini aniq-roq ko’rsatish maqsadida ularni davrlashtiradilar. Bu davr-lashtirishga asos qilib, ajdodlarimizni mehnat qurollari-ni takomillashib borishini, ularni yasashlaridagi texnika-ni o’zgarishini oladilar. Bu davrlashtirishga muvofik butun insoniyat tarixi tosh, bronza va temir davriga bo’linadi. Bu davrlar ham o’z navbatida mehnat qurollarini qay darajada takomillashuvlariga qarab yana davrlarga va o’ziga xos ma-daniyatlarga ajratiladi. Har qanday arxeologik davr aj-dodlarimiz bosib o’tgan tarixiy taraqqiyotning bir bo’lagi hisoblanadi. Agar Afrika kit`asida insoniyat tarixi 3 million yil bilan belgilansa, bizning Markaziy Osiyoda 1 million yil bilan belgilanadi. Ana shu 1 million yil ichida tosh asri uzluksiz ravishda rivojlanib, mehnat qu-rollari takomillashdi va ularni yasash usullari o’zining yuksak darajasiga ko’tarildi. Ajdodlarimizni onglari o’sdi va o’zlarini tashqi
jismoniy ko’rinishlarida ham katta o’zgarishlar bo’lib, ular hozirgi zamon odami qiyofasiga ega bo’ldilar. Shuning uchun ham tosh asrini o’zi ham bir necha davrlarga: paleolit (qadimgi tosh asri), mezolit (o’rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri) ga bo’linadi. Tosh asri bilan bronza asri oralig’ida o’tish davrini aks ettiruvchi eneolit davri bo’lib, bir vaqtni o’zida ajdolarimiz mis va tosh qu-rollardan foydalanganliklari uchun bu davrni mis va tosh asri deyiladi.
Keyinchalik ajdodlarimiz mis va qalay birikmasidan mehnat qurollarini yasashni o’rganib olganliklari tufayli eneolitdan so’ng bronza asri boshlanadi. Bu bronza asri yer sharining janubiy rayonlarida miloddan avvalgi I I I ming yillikda, bizning Markaziy Osiyoda esa II ming yillikni boshlarida boshlangan. Bronza asridan so’ng miloddan avval-gi 1X- X1 asrlarda temir asri boshlanadi. Shunday qilib, arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollarini ri-vojlanishiga, ularni yasash jarayonidagi usullarni takomil-lashuviga qarab qilinadi. Chunki bu jarayonlarda insoniyatning asosiy tarixiy taraqqiyot belgilari aks etgan bo’ladi. Davrlashtirishni yuzaga keltirish ya`ni uni ishlab chiqish ko’p jixatdan arxeologiya`ni tarixiy fan sifatida taraqq-iy etishi bilan bog’liq. Hozirgi zamon arxeologiyasini davrlashtirishni ishlab chiqilishiga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida asos solingan. Demak arxeologiyada davrlashtirish yuz yildan ortiqroq vaqtdan byeri takomilla-shib kelmokda. Arxeologiya`ni vazifasi nafaqat tarixiy jarayonni va ijtimoiy hayotni moddiy manbalar asosida tiklash, balki tarixiy voqelikni sodir bo’lgan vaqtini ya`ni xronologiyasini aniqlashdan ham iborat. (xronologiya-sini aniqlash deganda u yoki bu yodgorlikni yoshini aniqlash tushuniladi). Xronologiya esa o’z iavbatida tarixiy jarayon-ni aks ettirilishida asoosiy negiz hisoblanadi.
Arxeologiya fanida ikki xil xronologiya mavjud bo’lib, biri nisbiy ikkinchisi esa mutloq xronologiya deyiladi. Nisbiy xronologiyadan foydalanishdan oldin har bir arxeo-log o’zi o’rganayotgan yodgorlikni va undan qazib olingan ar-xeologik topilmalarni har birini har tomonlama to’la to’kis o’rganishi shart bo’ladi. Chunki nisbiy xronologiya de-ganda bir yodgorlik va undagi barcha arxeologik toplmalarni ikkinchi mutloq xronologiyasi aniq bo’lgan yodgorlik va un-dagi arxeologik topilmalar bilan qiyoslab o’rganishni tu-shuniladi. Shunday ekan arxeolog o’z qo’lidagi arxeologik ashyolarni ikkinchi bir yodgorlikni ashyolari bilan qiyoslab o’rganish uchun birinchi navbatda u o’z ashyolarini ikir-chikirigacha ya`ni ularni soni, xajmi, texnikasi, ishlov be-rish usuli, u yoki bu mehnat qurolini yasashda qanday xom ashyolardan foydalanganligi va boshqalarini o’rganishi shart bo’ladi. Ikkinchi navbatda arxeolog qiyoslanishi ko’zda tu-tilgan
boshqa yodgorlikni va undagi arxeologik ashyolarni xuddi o’zini ashyolarini o’rganganidek sinchikovlik bilan ku-zatadi. Shundagina arxeolog har ikki yodgorlikdagi farq-larni, o’xshashliklarni ajrata oladi va o’z xulosasiga ko’ra o’z o’rganayotgan yodgorlikni yoshini taxminiy aniqlaydi. Am-mo bu taxminiy yoshini aniqlash yuqoridagi harakatlar tu-fayli xaqiqatga ancha yaqin bo’ladi. Har bir arxeolog o’zi o’rganayotgan yodgorlikni, undagi arxeologik ashyolarni mut-loq xoronologiyasini aniqlashni istaydi. Ana shu istak amalga oshgan taqdirda, o’z ashyolari xaqida taxminiy emas balki aniq fikrlarni bayon etish imkoniga ega bo’ladi. Ar-xeologik yodgroliklarni, ulardagi ashyolar yig’indisini, xat-to qaysi madaniyatga mansubligini aniqlashda mutloq xronologiya`ni ahamiyati beqiyosdir. Mutloq xronologiyani
aniqlashda arxeologiya va tabiiy fanlarni o’.ziga xos uslublari bor. Agar u yoki bu yodgorlikni topilmalarini yig’indisiorasidatangalar bo’lib, ularni zarb qilingan yili ko’rsatilgan bo’lsa, arxeolog uchun mutloq xronologiya`ni
aniqlash oson bo’ladi. Ammo ko’p xollarda ayniqsa tosh asri yodgroliklarida bunday bo’lmaydi. Shuning uchun uzoq yillar davomida ortirilgan tajribalar tufayli yuzaga kelgan har xil usullar bilan mutloq xronlogiya aniqlanadi.
Shuni
ta`kidlash joizki mutloq xronologiya`ni aniqlash uchun o’rganilayotgan yodgorlikda o’ziga xos shart- sharoitlar ya`ni har xil ko’rinishdagi yoshini aniqlovchi arxeologik ashyolarni bo’lishi shart. Ana shundagina mutloq xronologiya xaqida gap yuritish mumkin. Tosh asri yodgorliklarini mutloq yoshini aniqlashda geologik, pole-ontalogik va poleobotanik a`lumotlaridan foydalaniladi. Masalan o’lib qirilib ketgan hozirgi kunda esa avlodari qolmagan xayvonlarni suyak qoldiqlariga qarab (chunki bu xildagi hayvonlarni qachon yashaganlari geologik qatlamlardan ma`lum) yoki yodgorlikni madaniy qatlamlaridan tekshiruv uchun olingan tuproqlarni analizi orqali qadimiy o’simliklarni aniqlash yuli bilan yodgorliklarni mutloq xronologiyasi belgilana-di.
Bulardan tashqari yodgroliklarni yoshini aniqlashda ta-biiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan boshqa usullardan, masalan radiokarbon usulidan ham foydalaniladi. Tashqa-ridan qaraganda ajdodlarimiz tarixini yoritishda kimyo va fizika fanlarini xech qanday aloqasi- yo’qdek ko’rinadi. Ammo bu yodgorlikni mutloq xronologiyasini va mehnat qu-rollarini hamda ularni yasashda foydalanilgan xom-ashyolar tarkibini o’rganishda ularning roli beqiyosdir. Bu usulga ko’ra u yoki bu yodgorlikni yoshini 5730 yil deb
aniqlansa faqat 30 - 40 yilga xato qilish mumkin xolos. Demak tarixiy yodgorliklarni mutloq yoshlarini aniqlashda bu radiokarbon usulini ahamiyati arxeologlar uchun juda katta. Ammo bu usulni'kamchiligi yoshi 40 ming yilgacha bo’lgan yodgorliklar-ni yoshini aniqlay oladi xolos, ya`ni undan nariga o’ta olmaydi. Demak bu usul bilan yuqori paleolit va ungacha bo’lgan yodgorliklarni yoshini aniqlash mumkin xolos. O’rta va quyi paleolit yodgorliklarini yoshini aniqlashda esa kaliy organ usulidan foydalaniladi. Bu usul bilan yoshi 2 milliongacha teng bo’lgan yodgorliklarni mutloq yoshi aniqlanadi: Radiokarbon va kaliyorgan usullari kimyo va fizika fanlarining yutuqlari asosida vujudga kelgani uchun bu usullarni kimyo va fizika usullari desak yanada to’g’rirok bo’ladi.
Agar respublikamizdagi arxeologik yodgorliklarni eng qadimiysini yoshini 1million yilga teng ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi ikki xil usul bizning arxeologlarimiz uchun qoniqarli hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda 4 million yoshgacha bo’lgan davrni ham aniqlay oladigan uslublar mavjud. Bu Kaliy karbon usuli bo’lib, bu usul bilan efiopiya-dagi Vest-Gona yodgorligini yoshi 2,8 million yil bilan belgilangan.
Qadim zamonlardayok, aniqrog’i miloddan avvalgi I asr-lardayoq o’tmishdagi insoniyatni taraqqiyoti xaqida, kishini xayratga soluvchi fikrlarni yozib qoldirgan olimlar bo’lgan. Ulardan birinchisi Rim yozuvchisi Lukretsiy Kar bo’lib, u o’zining «Tabiat buyumlari» nomli poemasida inso-niyat o’zining boshidan tosh, bronza va temir asrlarini ke-chirib, taraqqiy etgan degan fikrni bayon qilgan.
«Arxeologiya» degan so’zni qadimgi yunon faylasufi Platon miloddan avvalgi IV asrdayok ishlatgan. Ammo shunga qaramay arxeologiya fan sifatida o’sha davrdayoq tashkil top-gan va tarixiy yunalnshga ega bo’lgan degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Aksincha arxeologiya boshqa fanlarga nisbatan an-cha yosh fanlar qatoriga kiradi.
«Arxeologiya» so’ziga turli davrlarda turlicha ma`no byerganlar. Platon arxeologiya de-ganda nimaiki o’tmishga oid bo’lsa ularni arxeologiya deb tushungan.
Arxeololgik ilmiy izlanishlarning boshlanishi xori-jiy mamlakatlarda XVIII asrga to’g’ri keladi. Ana shu XVIII asrning boshlarida yeramizning 79- yilida Vezuviy vulqoni-ni otilishi natijasida fojeali xodisalar yuz byergan. Pom-pey va GyerkuLanum shaharlarida birinchi marotaba arexolo-gik qazish ishlar olib borlidi va ilk bor 1600 yil ilgari xalok bo’lgan odamlarni hayotini aks ettiruvchi manzara paydo qilindi. Shundan so’ng o’sha zamon olimlari kundalik turmush
tarzini aks ettiruvchi buyumlarni o’rganishning aha-miyati naqadar yuqori ekanligini tushundilar.
XIX, asrga kelib dunyo miqyosida yirik arxeologik qazish ishlari boshlanib, bunday qazishlar arxeologiyani fan sifa-tida tashkil topishiga va shakllanishiga asos bo’ldi. O’ziga xos qazish usullari vujudga kelib, nazariy xulosalar pay-do bo’la boshladi. Pompeydagi qazish ishlaridan so’ng Ossu-riyaning poytaxti Nineviyada G. Leyard tomonidan o’tkazilgan qazish ishlari ajoyib natijalarni byerdi. Shundan so’ng Misr-da o’tkazilgan sistemali ravishda arxeologik qazish ishlari arxeologiyani o’tmish tariximizni tiklashda imkoni-yatlari juda katta ekanligini ko’rsatdi. Bu kabi yirik arxeologik izlanishlar jahonning boshqa mamlakatlarida ham arxeologiya fanini vujudga kelishiga, uni ahamiyatini tu-shunib etishishga o’z ta`sirini ko’rsatdi.
XIX asrni birinchi yarmida keng arxeologik ashyolar aso-sida qiyosiy analiz usulida Daniyalik arxeologik Xristian Tomsen insoniyat tarixini 3 ta davrga bo’lingan degan fikrni ilmiy ravishda isbotlab byerdi. O’zining « Sevyernme drevnosti» (1831y) va « Katalog muzeya v Kopengagene» (1836 y) nomli ilmiy ishlarida yozuvgacha bo’lgan butun davr tarixi tosh, bronza va temir kabi yirik davrlaga bo’linga-nini ko’rsatib byerdi. Shunday qilib ilk bor Xristian Tom-son tomonidan inson tarixini davrlashtirish ishlarga ar-xeologik ashyolarga suyanilgan xolda tamal toshi ko’yilgan edi. Tomsenning arxeologiya fani uchun juda qimmatli bo’lgan bunday ishini boshqa Daniyalik arxeolog P. Vorso taraqqiy ettirib, neolit va bronza davri qabrlarini o’rga-nish asosida ularni nisbiy xronologiyasini aniqlash usuli-ni o’zining
«Noeie podrazdeleniya kamennogo i bronzovogo veka» ishida bayon qilib byerdi.
Shunday qilib XIX asr arxeologlari bir davrni taraqqiy etishi natijasida, ikkinchi davrga o’tish qonuniyatlarini to’g’ri ko’rsatib byera oldilar. Tomsen va Varsolar tomonidan yaratilgan bunday xronologik sxemani Gabriel’ Mortil’e davom ettirib u eng qadimgi toshdan yaasalgan mehnat qurollarini bir xil emasligini, vaqt o’tishi bilan ko’pol va dag’al tosh qurollarini ixchamlashib, tobora takomillashib borishini aniqlab, poleoltitni o’zini bir necha davr- larga bo’lish usulini ishlab chiqdi. Har qaysi davrlarga bo’lingan tosh qurollarni topilgan joylarini nomlari bilan atadi. Tomsen, Varso, Mortil’elarning ilmiy izlanishlarining natijalari jahon aoxeologiyasini rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etib, ularni ham taraqqiy etishiga
o’z ta`sirini ko’rsatdi. Jumladan Rossiyada ham keng jarayonda arxeologik ishlar boshlanib ketdi. XIX asrni o’rtalarida graf A. S. Uvarov tomonidan 4 yil davomida katta masshtabda arxeologik qazish ishlari olib borilishi natijasida 7729 ta qabrlar ochilib o’rganildi. Shaxsan uningtashabbusi bilan Petyerburgda arxeolog-numizmatiklarni jamiyati tashkil kilindi.
XIX asrda arxeologik to’garaklar va jamiyatlar Qozon, Toshkent, Tiflislarda tuzildi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa Rossiya xududida K. S. Myerejkovskiy tomonidan Qrimda; I. S. Polyanov tomonidan Kostenkoda paleolit yod gorliklari ochildi va o’rganildi. Umuman olganda XIX asr-ning ikkinchi yarmida rus arxeologlari tomonidan arxeolo-gik matyeriallarga suyangan xolda tarixiy xulosalar chiqa-rishga intilish kuchaygan edi. Shuning uchun ham D. N. Anu-chin, V. V. Radnov, V.
I. Sizov, A. A. Spitsmn kabi olimlar tomonidan katta masshtabda ilmiy izlanishlar olib boril-di. XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta yer xavzasida Genrix Shliman tomonidan eng qadimgi tsivilizatsiya yodgorliklarini ochilishi va o’rganilishi butun insoniyatni xayratga soldi. Xuddi shu XIX asrni ikkinchi yarmidagi dunyo arxeologiyasi-dagi yirik voqea ingliz arxeologi Artur evans tomonidan Krit orolida o’tkazilgan arxeologik qazish ishlarining na-tijasi bo’ldi. A. evansning xulosasiga ko’ra O’rta yer dengi-zining sharqiy qismidagi eng qadimgi tarix ma`lum bo’ldi. Bu yerda A. evans uzoq yillar davomida vujudga kelgan shohlarning saroylari, shaharlar, ustaxonalar va qator ibodatxonalarni ochishga muvaffaq bo’ldi.
Shuni alohida aytish joizki, XVIII asrda jahonning ayrim ilg’or mamlakatlarida boshlangan arxeologik ilmiy izlanishlar XIX asrga kelib bir muncha rivojlandi. XX asrda esa ayniqsa taraqqiy etdi. Ammo bizning Markaziy Osiyo xududida, garchi insoniyat tarixini barcha davrini aks ettiruvchi yodgorliklarni ko’p bo’lishiga qaramay bu jarayon sust darajada bo’ldi. Bunga sabab chor Rossiyasini ham, Qi-zil impyeriya`ni ham Markaziy Osiyo respublikalariga nis-batan mustamlakalar sifatida munosabatda bo’lishi edi. XX asrning ikkinchi yarmiga qadar Yahyo G’ulomovdan tashqari Markaziy Osiyo respublikalarida birorta ham milliy muta-xassislardan arxeolog yo’q edi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo xududida arxeologik izlanishlarni asosan rus olim-lari olib borar edilar.
XX asrni birinchi yarmida rus olimlari tomonidan ko’zga ko’rinarli qilingan ishlardan biri A. P. Okladni-kovni O’zbekiston Respublikasini Surxondaryo viloyatida must’e davriga oid Teshiktosh g’orini ochilishi va undan 8 yashar bolani suyak qoldiqlarini topilishi bo’lsa, ikkinchisi S. P.
Tolstovning sinfiy jamiyatga oid O’rta Osiyo yodgor-liklarni o’rganishi, sun’iy sug’orish kanallarini topilishi, gullab yashnagan Xorazmdagi shahar-kal`ani ochilishi va ne-olit davriga mansub bo’lgan «Kaltaminor madanyati» ni arxeologiya faniga kiritilishi bo’ldi. Uchinchi yirik voqea V. M. Masson tomonidan XX asrning uchinchi choragida o’ziga xos dehqonchilikka va chorvachilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka oid «Joyitun madaniyati» deb nom olgan madaniyatni aniqlanishi bo’ldi. Ammo bu ishlarning bari Markaziy Osiyo respublikalarining xududlarida qilinishi lozim bo’lgan katta arxeologik izlanishlarni boshlanishi edi xolos. Shuning uchun ham oldinda juda katta miqyosda arxeologik ishlarni amalga oshirish vazifasi turar edi.
Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish uchun bizning Markaziy Osiyo mintaqamizda kishilik jamiyatining barcha davrini aks ettira oladigan tosh asridan tortib, o’rta asr-larni ham o’z ichiga olgan arxeologik yodgorliklar mavjud edi. Bu yodgorliklarda qazish ishlarini aloxida mexr-muxabbatbilan olib boradigan va o’z millatini kadimiy tarixi bilan g’ururlana olishxissiyotiga ega bo’lgan milliy mutaxssislar amalga oshirishi kyerak edi. Afsuski o’sha dav-rda aniqrog’i to XX asrning uchinchi choragini yarmigacha nafaqat bizning O’zbekistonimizda balki butun Markaziy Osiyodagi respublikalarda bunday mutaxssis arxeolog olim-lar yo’q darajada edi. Markaziy Osiyo xududida olib borgan rus olimlarining arxeologik tadqiqot ishlarini yerli xa- lqlar uchun o’ziga yarasha ijobiy tomonlari bo’lishi bilan birga qator salbiy tomonlari ham mavjud edi. Ijobiy to-monlaridan biri yerli xalqlarning qadimiy tarixini ma`lum darajada yoritilishi bo’lsa, ikkinchisi yerli milliy kadrlardan mutaxassis arxeolog olimlarni tayyorlashdagi xissalaridar. Salbiy tomonlaridan biri ko’p xollarda rus olimlarini O’rta Osiyo yodgorliklarini o’rganish jaryonlari-da, bu yerdagi madaniyatlarni vujudga kelishini chetdan kel-gan deb isbotlashga urinishlari bo’lsa, ikkinchisi bu bir necha ming yilllardan buyon bizlar uchun ajdodlarimizdan myeros bo’lib, saqlanib kelayotgan o’tmish madaniyatimizni aks ettiruvchi arxeologik topilmalarni Moskva, Petyerburg shaharlariga rus olimlari tomonidan uzluksiz ravishda olib ketilishi va hozirgacha qaytarib byerilmaganliklari-dir. Markaziy Osiyodagi Rossiyaga qaram bo’lib qolgan har bir respublika o’zining milliy arxeolog olimlariga ega bo’lmay turib, bu kabi salbiy oqibatlarga barham byerib bo’lmas edi.
Buni o’z vaqtida anglagan birinchi o’zbek arxeologi va hozirgi kunda o’zbek arxeologiyasini otasi darajasiga ko’ta-rilgan akademik Ya. G’. G’ulomovning tinimsiz kilgan sayi harakatlari tufayli O’zbekistonda Fanlar
Akademiyasining tarix va arxeologiya institutida o’zbek arxeologlaridan tashkil topgan, o’ziga xos arxeologiya maktabi vujudga keldi.
Ma`lumki XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o’zbek xa-lqining mukammal, to’la-to’kis tarixini yorituvchi arxeolo-gik ma`laumotlar deyarli yo’q darajada edi. Shuning uchun ham o’zbek xalqini tarixi xaqida gapirilganda faqat yozma manbalarga asoslangan va sinfiy jamiyatda yashagan ajdola-rimizni faoliyatlari to’g’risidagina so’z yuritar edilar xo- los. Vaxolanki bizning ajdodlarimiz tarixi sinfiy jami-yatda emas, balki ibtidoiy tuzum davrida ya`ni arxeologlar-ning xulosalariga ko’ra ajdolarimiz tomonidan mehnat qu-rollarini ilk bor yasagan vaqtlaridan boshlanadi. Shuning uchun ham akademik Ya. G’. G’ulomov har qaysi davr uchun alohida mutaxassis arxeolog etishtirishga kirishdi. Bu bo-rada Ya, Gulomov Petyerburg olimlari bilan kelishib, 1960-1970 yillar mobaynida A, Askarov, O’. Islomov, M. Kosi-mov, S. Raximov, R. Sulaymonov, T. Mirsoatov kabilarni fan nomzodlari qilib tayyorladilar. Bu milliy kadrlar Ya. G’. G’ulomov boshchiligida O’zbekistonimiz xududida keng ko’lamda arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bor-dilar. Ya. G’. G’ulomovning tashabbuslari bilan milliy kadr-lardan mutaxssis arxeologlar tayyorlash ishiga yanada e`tibor kuchaytirildi. Natijada O’zbekiston Fanlar Aka- demiyasining sobiq vitse prezidenti, zabardast olim, katta tashkilotchi, o’z xalqining fidoiysi, marx_um I. M. Mo’minov xomiyligida 1970 yilning 1 oktyabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining tarkibida butun Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan arxeologiya ilmiy tekshirish instituti tashkil^top- di. Bunday ilmiy dargoxni vujudga kelishi nafaqat O’zbe-kiston Respublikasi, balki Markaziy Osiyo respublikala-rining xalqlari uchun juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Oqibatda o’sha davrlarda kommunistik tuzumning siquvi kuchli bo’lishiga qramay ko’p qiyinchiliklar evaziga 10 dan ortik fan doktorlari 50 dan ko’proq fan nomzodalri tayyorlanib, ular tomonidan qadimiy tariximizni barcha jabxalarini o’z ichiga oluvchi o’nlab yirik monografiyalar va yuzlab muxim muammolar echimiga oid ilmiy maqolalar yuzaga keldi. Bunday ilmiy izlanishlarning yakuni, ajdola-rimizni ibtidoiy tarixini barcha qirralarini yoritish uchun poydevor bo’lgan bo’lsa, 1991 yilning 1 sentyabrida sevimli vatanimiz O’zbekistonni mustaqillikka yerishuvi barcha fan-lar qatori arxeologiya fani va uni mutaxssis olimlari uchun ulkan maqsadlari bo’lgan, o’z xalqini qadimiy tarixini bor bo’yi-basti bilan to’la-to’kis ko’rsatishga imkon byer- di.