Arxeologiya, antropologiya va etnologiyada geografik axborot tizimlari faniga ta`lim yo`nalishida 3-4-semestr davomida 60 soat ma`ruza, 60 soat seminar va 120 mustaqil ta`lim ajratilgan. Universitet nizomi bo`yicha bu 240 soat yuklama hajmiga 8 kredit beriladi. Hemis dasturidagi kredit baholash tizimidagi 100 ball, o`zlashtirish chegarasi esa 60 foizdir. Joriy va oraliq nazoratida talaba jami 50 ball to`plashi mumkin. Talaba yakuniy nazoratda esa 50 ball to`playdi.
JN mezoni:
JN: Talaba seminar mavzu rejasiga tayyorlanib muhokamada qatnashsa, har bir mavzu uchun 0,53 ball berib boriladi, jami 8 ball to`playdi. (15 ta mavzu*0,53 ball=7,95 ball, kreativ fikri bo`lsa 0,05 ball beriladi). 1-15 mustaqil ish topshiriqlarining har biriga esa 0,8 baldan beriladi, jami 12 ball to`playdi. (15ta mustaqil ish*0,8 ball=12 ball). Talaba TMI topshiriqlarining 1-15 mavzularini syllabusjadvalida ko`rsatilgan shakli va turida taqdim etib boradi. Har bir seminar mashgulotida bitta seminar va bitta mustaqil ish mavzusini taqdim etishi lozim. Keyingi mashgulotda o`tilgan seminar va mustaqil ish mavzusi so`ralmaydi hamda ball berilmaydi. Har bir seminar mashgulotidagi talabaning faoliyati 1,33 ballni tashkil qiladi. Demak,15*1,33=19,95 Kreativ fikri uchun 0,05 ball jami 20ball.