O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innavatsiya


Egri xarajatlarni taqsimlanish sxemasi



Yüklə 70,55 Kb.
səhifə3/7
tarix27.06.2023
ölçüsü70,55 Kb.
#135456
1   2   3   4   5   6   7
217 BXA guruh Karimbayeva Lobar kurs ishi Ishlab chiqarish xarajatlari

Egri xarajatlarni taqsimlanish sxemasi


1-jadval


Egrixarajatlar





Taqsimotbazasi










Taqsimotstavkasi



ob’ektlari

To’liq tannarx to’g’risidagi ma’lumotlar qo’yidagi xollarda zarur bo’lishi mumkin: Birinchidan, to’liq ishlab chiqarish tannarxi tugallanmagan ishlab chiqarish, tovar-moddiy zaxiralar miqdorini, tannarx va moliyaviy natija ko’satkichlarini aniqlash uchun asos bo’ladi.


Ikkinchidan, ushbu ko’rsatkich alohida mahsulotlar, mahsulotlar guruxi va bo’linmalar rentabelligini taxlili qilish imkonini beradi va ularni kelgusida ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qilishga ko’maklashadi.
Uchinchidan, to’liq tannarx ko’rsatkichi narx belgilashda, ayniqsa nazorat qilinadigan narxlarni belgilashda keng qo’llaniladi. Sotish bahosi «to’liq tannarx + mukofot» formulasi orqali aniqlanadigan shartnomalar keng tarqalgan.
O’tgan davrda to’liq tannarx usuli ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq ishlashi va narx raqobatining yo’qligi sharoitidagi rejali iqtisodiyotda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda keng qo’llanilgan. Ammo, xozirgi kunda ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq ishlatilishi mahsulotga bo’lgan talab bilan belgilanadi. Shu sababli boshqaruvchi oldida turgan asosiy vazifalardan biri ma’lum ishlab chiqarish hajmida mahsulot tannarxi qanchaga teng bo’lishini aniqlashdan iborat.
To’liq tannarx usulini qo’llashda yuqoridagi savolga javobni faqat hisobot davri yakunida olish mumkin. Ammo boshqaruvchi kelgusidagi tannarx to’g’risidagi ma’lumotni assortimentni rejalashtirish vaqtidayoq bilishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish xajmi o’rtasida aloqaning yo’qligi to’liq tannarx bo’yicha kalkulyatsiyaning bosh kamchiligi hisoblanadi.
Yuqoridagidan tashqari to’liq tannarx usulining yana quyidagi kamchiliklarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, egri xarajatlarni mahsulot turlariga taqsimoti bazalarini tanlash mezonlarining har doim ham asosli bo’lmasligi. Qo’llanilishi mumkin bo’lgan taqsimot bazalarining cheklangan va ulardan birini tanlash sub’ektiv xarakterga ega. Bu masala ayniqsa mahsulot tannarxi tarkibida to’g’ri materiallar va mehnat xarajatlarining ulushi katta bo’lgan zamonaviy yuqori texnologik kompaniyalar uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik ana’naviy sanoat tarmoqlarida egri xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidagi ulushi 50%gacha etishi mumkin. Masalan, qazib olish va metallurgiya sanoatida.
Bo’linmalarga egri xarajatlarning taqsimlanishi bo’linma faoliyat natijalarini buzib ko’rsatishini quyidagi misoldan ko’rishimiz mumkin. Taqsimot bazasi sifatida eng ko’p qo’llaniladigan bo’linmaning sotish hajmini olamiz.
Ikkinchidan, egri xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulotga taqsimlanishi hisobiga foyda tayyor mahulotning ombordagi qodiqlarining o’zgarishiga bog’liq bo’lib qoladi. Nolikvid zaxiralarning yig’ilib qolishi sharoitida korxona hisob foydasini oshishiga ega bo’ladi.



Yüklə 70,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin