30
kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi bo'lgan barcha davlatlar o'rtasida
muntazam muloqot yo'lga qo'yilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan. Ular
mustaqil faoliyat yuritadilar. Qo'mita majlislari har yili Jenevada bo'lib o'tadi.
Qo'mita faoliyati to'g'risida ma’ruza ikki yilda bir marta EKOSOS orqali Bosh
Assambleyaga taqdim qilinadi. Qo'mita Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani
ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining
bu boradagi
majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiyaning
44-moddasiga binoan, a’zo davlatlar Qo'mitaga
Konvensiyada tan olingan
huquqlarini mustahkamlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida
ma’ruzalar taqdim etishlari shart bo'ladi. Davlatlar ma’ruzasida Konvensiya
bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola
huquqlarini amalga oshirish
sohasidagi taraqqiyot to'g'risidagi batafsil ma’lumotlar aks etgan bo'lishi kerak.
Birinchi ma’ruza tegishli davlatga Konvensiya kuchga kirganidan so'ng ikki yil
ichida taqdim qilinishi shart. Keyingilari esa, keyingi har besh yil ichida bir marta
taqdim etiladi.
Konvensiyaga muvofiq, a’zo davlat o'z hududida ma’ruzalari
oshkoraligini ta’minlab berishi lozim. Qo'mita ma’ruzalarni o'rganib, umumiy
xarakterdagi taklif va tavsiyalar berishi mumkin. Agar ma’ruza yuzasidan
mulohazalar qilinsa, bu haqda Bosh Assambleyaga xabar qilinadi.
1.Qo'mitaning mulohazalari yuridik majburlov kuchiga ega emas. Lekin,
Qo'mita mulohazalarini inobatga olmaslik Konvensiyaga hurmatsizlarcha
qarashni bildiradi. Qo'mitada Konvensiyada ko'rsatilgan huquqlar bo'yicha
ekspertlar faoliyat yuritadilar. Ekspertlar o'z davlati
manfaatidan kelib chiqib emas,
balki mustaqil ekspert sifatida ish olib boradilar. Bu esa, ularning adolatli mulohaza
chiqarishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: