31
XULOSA
Bola huquqlari toʻgʻrisida
konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy
va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari
sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish,
kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini
talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok
etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni
hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom
rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog’liq huquqqa,
noraso bolalar va
qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid
qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda
oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi
majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim
tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki
boshqa eʼtiqodi, milliy, etnik
yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati,
sogʻligʻining ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa
holatlardan qat`iy nazar, biron bir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi
kerak. Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni
komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va
ta’minlab berish fuqarolik jamiyatiga
asoslangan demokratik, huquqiy davlatni
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Barcha demokratik davlatlar kabi, mazkur masala,
ya’ni
yosh avlodni tarbiyalash, aholida esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy
madaniyatni shakllantirish masalasi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb
masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo‘lib,
aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan
bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30
yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual
va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek
32
ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi1 . Mamlakatda bola huquqlarini
ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish
uchun maxsus huquqiy baza
shakllangan desak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari
mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini 2 ratifikatsiya qilishi bilan
jamiyatimiz
bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda
e’tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda, qonunchilik hujjatlari
va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bilan bir qatorda, Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro pakt,
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, xotin-qizlarga
nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya,
kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, kabi inson huquqlari bo‘yicha boshqa
xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi.