4.Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining tahlili
Iqtisodiyotdagi inqirozning shu va boshqa salbiy oqibatlari hozirgi
rivojlanish bosqichda ro‘y bermoqda. Shunga ko‘ra, ushbu oqibatlarning miqyosi
global bo‘lishi mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda moliyaviy
mustaqillikni yo‘qotish va o‘z moliyaviy infratuzilmasi, davlatning tashqi
bozorlarga chiqishini cheklash kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga
oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish zarur. Bunday
jarayonda davlatning iqtisodiy xavfsizligi ko‘rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish
va ularning o‘zgarish tendensiyalari istiqboli aniqlanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikka oid adabiyotlarda davlatning iqtisodiy xavfsizlik
ko‘rsatkichlari sifatida S.Yu.Glazev tomonidan taklif etilgan turkumlanishdan
ko‘proq foydalanilmoqda. Ushbu davlatning iqtisodiy xavfsizligi ko‘rsatkichlari
turkumiga quyidagilar kiradi:
1-jadval
Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari
(S.Yu.Glazeyev tomonidan ilgari surilgan)
Indikatorlar
|
Chegaraviy
ko‘rsatkichlar
|
YaIMni aholi jon boshiga tog‘ri kelishi %da
|
50
|
Qayta ishlash sanoatining sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi,%
|
70
|
Mashinasozlikning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi,%
|
20
|
YaIMga nisbatan investitsuya %da
|
25
|
YaIMga nisbatan Fan texnikaka taraqqiyotiga sarflar %da
|
2
|
Mashinasozlikda yangi mahsulotlar ulushi,%da
|
6
|
Daromadlari tirikchilik minimumidan past bo‘lgan odamlar ulushi,%da
|
7
|
Uzoq umr ko‘rish darajasi, yilda
|
70
|
Daromadlar o‘rtasidagi farq
|
8
|
Jinoyat darajasi (Aholining 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan jinoyatlar soni)
|
5000
|
Ishsizlik darajasi %da
|
7
|
Inflyatsiya, %da
|
20
|
YaIMga nisbatan ichki qarz %da
|
30
|
Ichki qarzga bo‘lgan hozirgi ehtiyoj, byudjet daromadiga nisbatan%
|
25
|
Tashqi qarzlar hajmi, YaIMga nisbatan %da
|
25
|
Har bir mamlakatda rasmiy tarzda belgilangan quyi va yuqori tahlikali
chegara indikatorlari milliy va jahon iqtisodiyotidagi sharoitlarning o‘zgarishi
natijalari bilan taqqoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiy xavfsizlik
ko‘rsatkichlarini turli nuqtai nazardan turkumlash mumkin. Masalan,
A.Illarianovning fikricha, iqtisodiyrivojlanishning ta’minlanishi nuqtai nazaridan
davlatning iqtisodiy xavfsizligi ko‘rsatkichlari quyidagicha turkumlangan:
– davlat sektorining (korxonalarining) YaIM ishlab chiqarishdagi ulushi
(foiz hisobida);
– davlat iste’molining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
– davlat xarajatlarining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
– davlat byudjetining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
– davlat qarzlari o‘sishining YaIMga nisbati (foiz hisobida);
– pul massasining o‘sish sur’ati (foiz hisobida);
– inflyasiya sur’atlari (foiz hisobida);
– valyuta kursining pasayish sur’atlari (foiz hisobida);
– tashqi savdoga soliqlarning tashqi savdo aylanmasiga nisbati (foiz
hisobida).
Iqitisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini milliy iqtisodiyot sub’yektarining
hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan ham turkumlash
mumkin. Masalan, A.Proxojev va M.Kornilovlar shaxsning, ya’ni alohida individ,
fuqaroning hayotiy muhim manfaatini ro‘yobga chiqarishi nuqtai nazaridan
iqtisodiy xavfsizlikni ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni turkumlagan:
– jon boshiga oylik daromad miqdorining rasmiy ravishda belgilangan
yashashminimumi miqdoriga nisbati;
– aholi oziq-ovqat xarajatlarining yillik jon boshiga daromadlar hajmidagi ulushi;
– aholi jon boshiga kundalik iste’mol qilinayotgan kaloriyalar miqdori;
– aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadida uy-joy va kommunal
to‘lovlarga qilingan xarajatlar ulushi;
– aholi jon boshiga o‘rtacha yillik daromadidagi jamg‘armalarning ulushi
va boshqalar.
Bizning fikrimizcha mamlakatimizning iqtisodiy hususiyatlarini inobatga
olgan holda davlatning iqtisodiy xavfsizligining umumiy ko‘rsatkichlari
(indikatorlari) quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz:
– yangi qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi salmog‘i;
– yalpi ichki mahsulotning umumiy va aholi jon boshiga hajmi;
– investitsiyalar hajmining YaIMga foiz hisobidagi nisbati;
– aholining eng yuqori daromad oluvchi guruhining eng kam daromad
oluvchi guruhi daromadlari o‘rtasidagi farq;
– turmush darajasi va sifati;
– aholi daramadlari;
– inflyasiya sur’ati;
– iqtisodiy o‘sish;
– byudjet tanqisligi;
– tashqi qarzning YaIMga nisbati;
– tashqi qarzning YaIM dtanqisligini qoplashdagi ulushi;
– ichki qarzning YaIMga nisbati;
– xorijiy valyutalar miqdorining milliy valyuta massasiga nisbati (foiz hisobida);
– jahon iqtisodiyotiga integratsiya darajasi;
– xufyona iqtisodiyot ko‘lamining YaIMga nisbati;
– eksport-import saldosi;
– Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) metodologiyasi bo‘yicha hisoblanadigan
ishsizlik darajasi;
– qochoqlar, emigrantlar va boshqalar soni.
Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikning har namoyon bo‘lish shakli o‘ziga xos
ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan, texnologik xavfsizlik mamlakat
iqtisodiyotining ilg‘or texnika hamda texnologiya bilan jihozlanganligi va
qurollanganligi, boshqa mamlakatlardan keltiriladigan texnologiyaga qaram
emasligini ifodalaydi. Shuningdek, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish
darajasi, intellektual, innovatsion va injenerlik salohiyatining himoyalanganligini
ham aks ettiradi. Texnologik xavfsizlik mamlakat iqtisodiy qudratini ifodalab,
o‘zining yuqori texnologiyasiga asoslangan, jahon bozorlarida o‘xshashi yo‘q,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘z ifodasini topadi. Uning asosiy
ko‘rsatkichlari ilmtalab va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishi
hisoblanadi. Ushbu xavfsizlik fan-texnika sohasidagi tadqiqotlar asosida yangi
texnika va texnologiyani rivojlantirishni ham taqozo etadi.
Mazkur dissertatsion tadqiqotda ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar
miqdorining tahlikali chegarasini tahlil va aniq belgilash lozim bo‘ladi. Bu
ko‘rsatkichlar miqdori belgilangan chegaradan o‘tsa iqtisodiy tahdid vujudga
keladi. Ushbu tahlikali chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo‘jalikm
faoliyati proporsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy
indikatorlar bo‘lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli
elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va davlatning iqtisodiy
xavfsizligiga tahdid soladi. Tahlikali chegaraning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo‘ladi:
– milliy iqtisodiyotning holati va undagi mavjud mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
– milliy iqtisodiy manfaatlarni to‘liq va keng qamrovli ifodalash;
– milliy manfaatlarga xavf soluvchi iqtisodiy tahdidlarni to‘liq va har tomonlama hisobga olish;
– iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan vakolatli organlar mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa
mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
– ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish organlari faoliyatidagi foydalanidigan indikatorlar bilan muvofiq kelishi.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligining tahlikali chegara indikatorlari milliy
iqtisodiyotsohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan
turkumlanadi. Jahon miqyosida qabul qilingan va keng miqyosda
foydalanilayotgan iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegaralari 2-jadvalda
keltirilgan.
2-jadval
Davlatning iqtisodiy xavfsizligining tahlikali chegaralari
Dostları ilə paylaş: |