O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti qo‘lyozma



Yüklə 101,46 Kb.
səhifə6/21
tarix22.06.2023
ölçüsü101,46 Kb.
#134214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
DISSERTATSIY (1)

He seized his harp, which he at times could string,
And strike, albeit with untaught melody,
When deemed he no strange ear was listening:
And now his fingers over it he did fling
And tuned his farewell in the dim twilight.
Bu yerda “he did fling” gapida uncha kuchli bo‘lmasa ham, qandaydir kuchaytiruvchi rang bor, ayniqsa and tuned qatorida kelgan o‘tgan zamon noanalitik forma bilan taqqoslanganda, bu narsa yaqqol ko‘rinadi. “do” so‘zli kuchaytiruvchi konstruksiyani yana “and now” so‘zlari qo‘llab quvvatlaydi. O‘rta ingliz davrida “to do” yordamchi fe'l sifatida qo‘llanila boshlaydi. Yordamchi fe'l funksiyasida “to do” fe'li darak gaplarda kuchaytiruvchi so‘z sifatida qo‘llanila boshlandi. “to do” fe'li kuchaytiruvchi ma'nosini ham oldin, ham kechroq yozilgan asarlarda ko‘rina boshladi, ayniqsa ular har xil dinlarda (1) va huquqiy hujjatlarda (2) o‘z aksini topa boshladi:
1) And grant that all that do confess the Holy Name may agree in truth on
Holy word
2) I, said Notary, do hereby certify…
Sekin asta zamonlar o‘tishi bilan bu kuchaytiruvchi so‘zlar ham o‘z kuchini yo‘qota boshladi, va ularning o‘rniga yangi kuchaytiruvchi so‘zlar tilga kirib kela boshladi.
Hissiy sohadagi so'zlar va iboralar daraja bo'yicha emotsional xususiyatning intensivligi taqqoslanadi, iboralarning emotsional bo'lmagan komponentlari uchun esa boshqa semantik xususiyatlar ham hisobga olinadi. Darajani aniqlash xususiyatining intensivligi tabiiy va aniqroq doirasida amalga oshiriladi reyting shkalasi "ijobiy - salbiy". Masalan, the prospect of entertainment va a blaze of exhilaration, a sigh of sadness va a tinge of melancholy, to burst into tears va to retain discomfort.

1.2. Intensivlikni tilning turli sathlarida ifodalanishi.
Ekspressivlik matnida intensivlik tushunchasini ko‘pchilik tadqiqotlarda (Arnold 1975, Teliya 1996, va boshqalar) uchratish mumkin. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu ikki tushuncha o‘rtasida sinonimik bo‘lmasa ham, inklyuziv, ya'ni ichki munosabatlarni ko‘rsatishga harakat qiladi. Teliyaning fikricha, “ekspressivlik – bu hissiyotning emotsional jarayon yordmida kuchyishi ma'nosini belgilaydi”.
I.V.Arnoldning aytishicha, “Ekspressivlik – bu matn va matn qismi xususiyati bo‘lib, ma'noni kuchli intensivlik orqali namoyish qiladi”. Ekspressivlik va intensivlik xususiyatlarini “kuchaytirish” tushunchasi orqali aniqlash mumkin. Intensivlikning ekspressivlikka borib taqalishi shuni anglatadiki, nutqimizdagi ekspressivlik ko‘pchilik holatlarda uning intensifikatsiyasiga borib taqaladi va stilistik nuqtai nazardan o‘rganilayotgan birikmalar asosiy holatlarda kuchaytirishni talab qiladi.
Bundan tashqari, bu ikki kategoriya tilshunoslikning ichki kategoriyalari hisoblanib, birgalikda ular nutqning ifodali vaadabiy ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun pragmatik holat yaratadi va har ikkalasi ham faqatgina mahlumot berish vazifasini bajaribgina qolmay, yana ikkinchi tomondagi suhbatdoshga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ekspressivlik va intensivlikning formal aspektlari hm bir-biriga mos keladi. Har ikkala kategoriyada ham emotsionallik va baholash ko‘rsatkichlari mavjud. Intensivlikni namoyish qilish uchun til har xil usullarga tayanadi va fonetika, morfologiya, leksikologiya, sintaksis kabi aspektlar bilan chambarchas bog‘lanadi.
Bunday holatda intensifikatsiya asosan leksik birliklar bilan qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘rib chiqilganda, shu narsa namoyon bo‘ldiki, intensifikatorlar asosan ravish, fe'l va sifat so‘z turkumlari sifatida qo‘llaniladi. Intensifikatorlarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olimlar tomonidan juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin tadqiqotlarning asosiy qismi kuchaytirishning frazeologik usuliga qaratilgan. Yana shuni aytib o‘tish joizki, frazeologiyada intensivlik kategoriyasi faqatgina frazeologik birliklarning struktur-semantik o‘zgarishlariga qaratilgan va shu orqali bu birliklarning ma'nosi kuchaytirilgan.
Bundan tashqari yana shuni ta’kidlash kerakki, frazeologik birliklarning bunday qatlmi frazeologiya fan sifatida rivojlanayotgan paytda ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilmagan. “Frazeologik ma'no” atamasi 1964 yil bir-biriga umuman taaluqli bo‘lmagan ikki olim tomonidan fanga kiritilgan. (Arxangelskiy 1964,Kunin 1972)9
V.V.Vinogradov maktabining asosiy qism olimlari ma'noni ibora va mustaqil so‘z birikmalari asosida ko‘radi. Bunday yondashuv mustaqil so‘z birikmalari va frazeologik iboralar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan. Bu farq “ma'no” sifatida fanga kiritilgan. “Frazeologik ma'no”ning komponent tahlili aniq bir xulosani ko‘rsatib bera olmaydi. Chunki iboralar ma'nosining aniq xususiyatli tomoni olimlar tomonidan ham ko‘rsatilmagan.
Tilga “frazeologik ma'no” tahlilining appliktiv usuli ham kiritilgan. Bunda frazeologik birliklar so‘zma-so‘z emas, balki ma'no jihatidan tarjima qilinadi va bunday usul iboralarning hamma tillarda tushunarli bo‘lishiga ham yordam beradi. Applikativ usul asosan qiyosiy usul hisoblanib, bunda frazeologizm komponentlarining kuchini yo‘qotishi yoki yo‘qotmasligini aniqlash osonroq kechadi. Frazeologik ma'noning asosiy xususiyati asosan frazeologizmlarga xos qarama-qarshilikda, ya'ni ma'noning yaxlitligi va uning komponentlarga ajratilib tahlil qilinishi orasidagi tafovutda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Frazeologik ma'no tahlilining asosiy masalalaridan biri, bu semalarni, ya'ni frazeologik birlik tarkibidagi real va xayoliy birliklarning aniqlanishidir.
Nazariyada belgilanishicha, frazeologik birliklarda V.Gakning fikricha, har xil semalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro aniq munosbatlar orqali bog‘langan. Bularga arxisemalar (jinslarga xos ma'nodagi umumiy semalar); differentsial semalar va potentsial semalar mavjud. Intensivlikni so‘z semantikasining asosiy komponenti sifatida doimiy ravishda ta'kidlanganidek, I.Sternin yadroviy semani leksik birliklarning eng kuchli semasi sifatida ta'riflagan, va mana shu kuchli yadroviy sema intensivlik semasi sifatida ta'riflangan. Intensivlik semasi fikri Ye.Sheygal, I.G. Beruchashvili va I.Turanskiyning ilmiy tadqiqotlarida ham turli ko’rinishlari tadqiq qilingan. Intensifikatorlarning intensivligini belgilash maqsadida Ye.Sheygal “ichki intensiv” atamasini fanga kiritgan bo‘lsa, I.Turanskiy10 “intensema” tushunchasini kiritgan va bu tushuncha yordamida kuchli va kuchsiz frazeologik birliklarni ta'riflashga harakat qilgan. I.G. Beruchashvili o’zining nomzodlik dissertatsiyasida zamonaviy ingliz tilidagi nutq intensifikatorlarining system tahlilini amalga oshirgan.11
Emotsional-kuchaytiruvchi ma'nolarning o‘zgarishining ko‘p sabablari mavjud. Bunga sabab sifatida har xil holatlarni ko‘rsatish mumkin: ruhiy kechinmalar qonuniyatlari, dunyoqarashga nuqtai nazarni o‘zgartirish, boylikka boshqacha baho berish. Shu narsani nazarda tutish lozimki, yangi so‘zlar va ularning ma'nolari faqatgina unga bo‘lgan ehtiyoj tufayligina rivojlana boshlaydi. Budagovning fikricha, leksikaning rivojlanishi “bu tarixiy davrning har bir qismida o‘zgarishi va odamlarning o‘z fikrini mantiqiyroq, stilistik go‘zalroq va aniqroq qilib ifodalashga urinishidir”.
Til o‘zgarishi birinchi navbatda til tashuvchilari, hayot qonuniyatlari tomonidan aniqlanadi. Emotsional ma'no o‘zgarishining yana bir sababi, bu so‘zlarni ishlatish amaliyotiga borib taqaladi. So‘zlar mosligi doirasi o‘zgarmas yoki doimiy bo‘lmasligi sababli bu doirada yangi ma'nolarning paydo bo‘lishi sodir bo‘ladi. O‘z ma'nosi bo‘yicha neytral bo‘lgan so‘zlar intensifikator bo‘la oladi. Yana so‘zlar ishlatilish qonunining qarama-qarshi varianti ham bo‘lishi mumkin. Asosan his-hayajonli gaplarda intensivlik tez yo‘qoladi.
So‘z o‘z intensivlik kuchini yo‘qotib, rangsiz, ya'ni kuchsiz ma'noga ega bo‘lib qoladi. Eng kuchli ruhiy hissiyotni bildiruvchi so‘zlar ham astasekin o‘z kuchini yo‘qota boshlaydi, va oxirida umuman nutqda ishlatilmay qoladi, bunga sabab bo‘lsa, bu ularning o‘z his-hayajonini yo‘qotganligidadir. Haqiqatan ham, “awfully, dreadfully” so‘zlari hozirgi kunga kelib, o‘zining avvalgi kuchini yo‘qotgan. Bu bilan biz ularni kuchaytiruvchi leksika qatoridan chiqarilgan deb ayta olmaymiz. Ular faqatgina o‘zining effektiv kuchini yo‘qotgan va oddiy emotsional ma'no kasb etadi. Faqatgina kuchli his-tuyg‘uni ifodalovchi so‘zlargina sekinasta o‘zining intensivlik darajasini yo‘qota boshlaydi.
Avvallari “to annoy” fe'li “to harm”, “to injure” ma'nolarini anglatar edi. Vaqtning o‘tishi bilan bu fe'l o‘z kuchini yo‘qota boshladi va hozirda bu fe'l “to irritate” fe'liga sinonim hisoblanadi. Ba'zida har doim bo‘ladigan kontekst so‘zning ma'nosini shu darajada o‘zgartirib yuboradiki, avvaliga kuchli his-tuyg‘uni anglatuvchi so‘zlar keyinchalik og‘riqli sentimentallikni anglatishi mumkin. Masalan, shunday holat “weep, sob, thrill” va boshqa so‘zlar bilan yuz bergan. Ular “read that and weep”, “sob-stories”, “sob-stuff” kabi birikmalarda ko‘p ishlatilganligi bois o‘z intensivligini yo‘qotgan. “To thrill” fe'li avvallari qo‘shimcha aniqlovchiga muhtoj emas edi, chunki bu fe'lning o‘zi kuchli musbat his-tuyg‘uni anglatar edi. Keyinchalik bu so‘zni jurnalistlar ko‘p ishlatadigan bo‘lishdi. Mana shu ishlatishlar bahonasida bu so‘z o‘zining kuchi va his-hayajonini yo‘qotdi. Va hozirda jurnalistlarning bu so‘zni prefiks va aniqlovchilar yordamida qayta tiklamoqchi bo‘lgan harakatlari (A Thousand Super -Thrills) yaxshi natija bera olmayapti. Ko‘p emotsional bo‘yoq olgan so‘zlar o‘zining kelib chiqishini leksikaning funktsional chegaralangan stilistik qatlami doirasida boshlaydi. Yana bu so‘zlarning kelajagini oldindan aytish juda qiyin. Mana, masalan, J.Svift “mob”so‘ziga umuman qarshi chiqqan, lekin bu so‘z o‘sha paytda ishlatilishda davom etgan va o‘z chegaralarini yanada kengaytirgan. G.Filding bo‘lsa, bu so‘zni o‘zining asarlarining matnlarida ishlatib, “mob” so‘zini inkor aloqali vaziyatlarda qo‘llagan. J.Bayron bo‘lsa bu so‘zni “xalq, omma” ma'nosida ishlatgan va unga loqaydlik xususiyatini biriktirgan:

Yüklə 101,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin