O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Bitiruv malakaviy ishni bajardi: Darvishev Аnvarjon Olimjonovich
Bitiruv malakaviy ishi rahbari: A.Axunjonov Kafedra mudiri: ___________________ p.f.d. (DSc) F.G‘affarov Elektron malaka ishini topshirishga tavsiya etaman: BMI rahbari: A.Axunjonov PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “Innovatsion ta`lim texnologiyalari” kafedrasi “Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklar” mavzusidagi ELEKTRON MALAKA ISHI TAQDIMOTI Bitiruv malakaviy ishi mavzusi berilgan sana: ________ 2023-yil Bitiruv malakaviy ishi himoyasi belgilangan sana: _________ 2023 yil
Toshkent-2023 Talabalar amaliyoti ta`lim muassasalarining davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo`shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etiladi. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida o`qiydigan talabalar amaliyot o`tish uchun tegishli amaliyot ob`ektlariga yuboriladi. Amaliyotni tashkil qilish va o`tkazish uchun javobgarlik oliy o`quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o`tishini hisobga olib, oliy ta`lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob`ektlaridan tanlanadi. Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o`tadigan korxona yo`q bo`lsa, amaliyot ob`ektlari sifatida oliy ta`lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o`tish mumkin.
Ta`lim muassasasi:
-har yili, 1 dekabrdan kechiqmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob`ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o`tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob`ektlari bilan kelishib oladi;
-amaliyot rahbari tajribali professor, dosent va o`qituvchilardan tayinlanadi;
-fan-texnika va madiniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va unga o`xshash masalalar bo`yicha amaliyot ob`ektlari ma`muriyati ibaln birgalikda mutaxasislarning ma`ruzalarini tashkil etadi;
-talabalar va amaliyot ob`ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta`minlaydi;
-ob`ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o`tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.
Ta`1im muassasasidan tayinlangan amaliyot raxbari esa:
-talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish bilan ob`ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
-talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar(amkaliyot o`tkazish tartibi, xavfsizlik texnikasi qoidalari ko`rsatmalari berish va x.k.)ni o`tkazishni ta`minlaydi;
-talabalarning kafedra topshiriqlarida ko`zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
-amaliyot ob`ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me`yordagidek ta`inlanganligini nazorat qiladi;
-talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
-amaliyot yakunlari bo`yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;
-talabalar amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o`taganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko`rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida taqliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
Talaba amaliyot o`tashda:
-amaliyot dasturida ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarishi;
-amaliyot ob`ektining ichki mehnat tartib-qoidalariga bo`ysunishi;
-mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o`rganishi va qat`iy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo`yicha sinov topshirishi shart.
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob`ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta`lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to`ғrisidagi ma`lumotlar amaliyot ob`ekti bo`limlarining qisqacha izohi (sex, bo`lim, laboratoriya va boshqa), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining havfsizligi to`g`risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo`yicha xulosa va taqliflarni o`z ichiga olishi lozim.
Amaliyot yakunida talaba o`z hisobotini oliy ta`lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya tarkibiga o`tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o`qituvchi, oliy muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo`lsa, amaliyot ob`ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi. Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan kursga o`tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi. Amaliyot yakuni ta`lim muassasasining ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob`ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
O’quv amaliyotlarini yaxshilash maqsadida korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni sonini ko’paytirish.
Amaliy jihozlarni ko’zdan kechitib sentabrga tayorlash.
Ishlab chiqarish amaliyotini ikkiga bo’lib chiqarishni rejasini tuzish.
Avgust oyida xom-ashyoga talabnoma berib sentabrga tayorlash.
Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar E`tiboringiz uchun
raxmat!!!